Insoniyatga boʻlgan umidni qaytaradigan ilmiy tadqiqotlar

Hozirgi zamonda roʻy berayotgan mojarolar, jinoyatlar va kelishmovchiliklarni koʻrib turib, insoniyatga boʻlgan umidni yoʻqotish juda oson. Bunga qoʻshimcha qilib, zamonaviy ilm-fan insonning baʼzi yomon tomonlari tabiiyligini tez-tez isbotlab turibdi, va bunda jamiyat shunchaki ojizligi tuygʻusini yaratadi.

Ammo bu hammasi yomon degani emas. Ushbu maqoladagi tadqiqotlar koʻrsatishicha, odamzotda hali umid bor – olimlar insonda haliyam yaxshi va musbat xislatlar borligi haqida isbotlar topishda davom etmoqda.
1. Yolgʻon insonni kasal qiladi

Yolgʻon insonning har kunlik hatti-harakatining bir ajralmas qismi ekanligini taxmin qilsa boʻladi. Biroq, bizning organlarimiz yolgʻonga qanday reaksiya qilishidan, odamlar yolgʻon gapirish uchun yaratilmagan desa boʻladi.
Notr-Dam Universiteti olimlari tadqiqotlari manbasiga muvofiq, koʻpincha tez-tez yolgʻon gapiradigan odamlar kasalliklarni yolg'on gapirmaydiganlarga nisbatan ogʻirroq boshdan kechirishadi. Olimlar bunday fikrga, 10 hafta mobaynida 2 ta tajriba guruhlari orasida oʻtkazilgan kuzatishlarga qarab kelishdi. Bir guruhga yolgʻon gapirishdan tiyish uchun iloji boricha harakatlanish koʻrsatmasi berildi. Tajriba oxirida, hech qanday koʻrsatmalar berilmagan guruhda bosh ogʻrigʻi kabi ogʻriqlar va xavotirlanish xurujlari kuzatildi. 10 hafta davomida yolgʻon gapirmaslikka harakat qilgan guruh qatnashchilari oʻz sogʻliklari borasida nafaqat muammolarga ega boʻlishmadi, balki oʻz holatlarini ancha yaxshilashdi, hamda oʻzlarida atrofdagilar bilan munosabatda boʻlishda katta yutuqlarga erisha boshlashdi.
2. Musibatlar alturizm hissini uygʻotadi

Koʻplar yirik falokatlar roʻy bergan vaqtda, odamlar vahimaga tushib, faqat oʻzlarini qutqarishga harakat qilishlarini taʼkidlashadi. Shunga qaramasdan, olimlar ayni qarama-qarshi fikrga kelishgan. Odamlar favqulodda holatlarda nafaqat hayratlanarli tinchlikni saqlay olishga loyiq, va balki begonaning dardini eʼtibordan cheksiz qoldirmasdan, ularga yordam qoʻlini uzatishga moyildirlar. Ammo jinoyatlar va talonchilik haqiqatdan ham hozirgi ogʻir zamonlarda uchrasada, ularning foizi alturizm va yordam koʻrsatish holatlariga qaraganda foizi juda kichik.
Favqulodda holatlar odamlarda oʻzini qurbon qilish darajasini koʻtaradi va koʻpgina sinovlarni yengishga yordam berguvchi birdamlik tuygʻusini uygʻotadi. Aslida, inson miyasi eng boshidan boshqalarga yordam berishga programmalashtirilgan. Germaniyadagi Maks Plank nomidagi Evolyutsion Antropologiya Instituti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar, 18 oyli chaqaloqlar erkinlik bilan alturizm belgilarini namoyish etishadi, hatto ularni bundan oldin odamlar bilan shu kabi muomala qilishga hech kim oʻgatmagan boʻlsada.
3. Bolalarda ahloq asoslari soʻngdirilgan

Yels universiteti mutaxassislari tadqiqotlari intellekt- bolalarda bolaligidan mavjud boʻlgan yagona xislat emasligini koʻrsatmoqda. Ular nazariyasiga koʻra, bolalar yaxshilik va yomonlik asoslari bilan tugʻilishadi. Buni isbotlash uchun, olimlar kichkintoylarga qoʻgʻirchoqli spektaklning bir qismida qoʻgirchoqlar yaxshi ishlarni, boshqa bir qismda esa yomon ishlarni qilishgan. Keyin bolalarga namoyish qilingan spektakldan oʻyin uchun ularga yoqqan qahqamonni tanlash aytildi. Koʻpgina bolalar (10 tadan 8) “yaxshi” qoʻgʻirchoqlarni tanlashdi. Keyingi shartga olimlar har bir qoʻgʻirchoqning orqasiga shirinlikni yashirib qoʻyishdi, va kichkintoylarga xohlagan qoʻgʻirchoqdan u shirinlikni olishga ruxsat berishdi. Bogʻcha yoshidagi bolalarning koʻpisi shirinliklarni spektakldagi yomon qahramonlardan olishdi.
4. Biz sezgir va doʻstona boʻlishga programmalashtirilganmiz

Bizning miyamiz empatiyani namoyish etish uchun shunchalik moslashtirilganki, biz yaqin odamimizning dardini xuddi oʻz dardimizni sezgandek sezamiz.
Virdjiniya Universiteti tadqiqotchilari oʻz eksperimentlari qatnashchilarini ularga nisbatan elektrik tok urish zarbalarini qoʻllash bilan qoʻrqitishgan, va ularning reaksiyalarini MRT orqali kuzatishgan. Kutilganidek, qatnashchilar miya tomonida aktivlik koʻtarilishini sezishgan, va miya bu kabi tahdidlarga sezgir boʻlishi tabiiy. Bundanda kamroq kutilgan natija shu boʻldiki, xuddi shu kabi miya qismlarida, tadqiqotning boshqa qatnashchilari, birinchilarni kuzatib turgan doʻstlarda ham reaksiya qilish belgilandi. Bundan tashqari, sinalayotgan odam doʻstining qoʻlidan ushlaganda kamroq stressni boshidan kechirishi aniqlandi.
Olimlar taxmin qilishlaricha, bu kabi holat evolyusiya yoʻlida, shaxsiy aloqalarni mustahkamlash va tirik qolish imkonlarini oshirish uchun paydo boʻlgan, va bu har xil odamlar miyasi reaksiyasini sinxronizatsiyalashga yordam beradi.
5. Irimlar insoniyatga yordam beradi

Bu nomantiqiy tuyulishi mumkin, ammo irratsionallikka ishonch insoniyatga maʼlum bir foydani keltirdi. Bizning ot-bobolarimiz irimlari, masalan, baʼzi oʻsimliklarning moʻjizaviy xususiyatlariga ishonish balkim ularning haqiqiqatdan foydaliligini kuzatish natijasidir, faqatgina oʻsha paytda buni toʻgʻri asosda tushuntira olishmagan. Belgilarga ishonish, isbotlanganidek, baʼzi sohalarda tez-tez musbat natijalarga olib keladi. Bu oʻz tumorlarining antiqa kuchiga ishonadigan va shuning uchun omadga erishgan golf oʻyinchilari misolida koʻrsatilgan.
6. Otalar oʻz bolalari tarbiyasida aktiv ishtirok etishni intilishadi

Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi Markazi tomonidan tashkil qilingan va 4 yil davom etgan tadqiqot, otalar bolalarga gʻamxoʻrlik qilishda befarq boʻlishadi degan tushuncha gumon ostiga qoʻyildi. 4 mingga yaqin soʻralgan otalar orasida koʻpchilik oʻzlarining doimiy otalik burchlarini, yaʼni taglikni almshtirish, uy ishlarini qilishga yordam berish va shunchaki bola bilan iliq munosabatba boʻlish kabilarni bajarishlarini aytishdi. Bu erkaklarning 90% ga yaqini oʻz otaliklarini omadli deb hisoblashadi.
Otalik gʻamxoʻrligini oʻrganishda olingan maʼlumotlarni unchalik obyektiv emas desa boʻladi, va bu sohadagi boshqa tadqiqotlar natijalari bir birini logik jihatdan toʻldirib turadi, va bu yana bir marta otaning yonida boʻlishi bolani sogʻlomroq va tarbiyalangan boʻlishini isbotlaydi.
7. Yaxshi hatti-harakatlar yanada boshqa yaxshi hatti-harakatlarni keltirib chiqaradi

Uorton Biznes Maktabi professori Adam Grantning gaplariga qaraganda, ishlashni davom ettirishga undaydigan kuchli sabab natijaga boʻlgan shaxsiy qiziqish emas, balki, bu ish boshqalarga maʼlum yordam berashini bilishdir.
Ushbu gapni isbotlash uchun, Grant davlat aloqa markazi xodimlarining harakatlarini oʻrganib chiqdi. Ularga, talabalik tashkilotlar foydasiga hadya qilaoladigan, salohiyatli homiylarga qoʻngʻiroq qilish vazifasi berilganida, butun markaz ishining samaradorligi ancha koʻtarildi. Natijada, hisoblarga koʻra, shunchalik yaxshi maqsadni poylagan holda, agentlar telefonda ikki barobar koʻp vaqtni oʻtkazishdi va odatdagidan uch barobar koʻproq pul yigʻishdi.
Yana bit eksperiment koʻrsatdiki, qutqaruvchi boʻlib ishlaydigan odamlar, ishga ancha koʻproq harakat va xohish bilan qarashadi, agar bundan oldin hayotlarni qutqarish va yordam berish holatlari haqida maʼlumot oʻqishsa.



Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



