Qiziqarli

Yer haqida ishonish qiyin boʻlgan 10 ta fakt

Yer haqida ishonish qiyin boʻlgan 10 ta fakt

Bizning Olamimiz eng hayratlanarli va sehrli yaratma, Yer esa – ushbu ulkan sirli olamning kichkina qismi hisoblanadi.

1. Vulqonli togʻ tizmalari Yerni oʻrab olgan

Yer haqida ishonish qiyin boʻlgan 10 ta fakt

Oʻrta-okeanlik tizmalar – bu Yerning tektonik plitalari orasidagi bazalt lavasi otilishi natijasida hosil boʻlgan yirik vulqonlar tizimidir. Bunday otilishlar litosferadagi eng “yosh” yer qobigʻini hosil qilgan. Oʻrta-okeanlik tizmasi (60 ming km) yerni shunchaki oʻrab olgan va baʼzi bir qiziq tabiat hodisalarini keltirib chiqaradi. Masalan, muzdek ocean suvi vulqon yoriqlari ichiga kirganida, u 400 gradusgacha isib ketadi va havoga kulrang va qora rangdagi favvora singari otilib chiqadi, va ular “qora chekuvchilar” nomini olgan. Aytgancha, sayyoraning asosiy vulqonlik aktivligi, ayni shu tizim boʻylab joylashgan.

2. Olov sovuqni, muzni va muzlikni yaxshi koʻradi

Yer haqida ishonish qiyin boʻlgan 10 ta fakt

Antarktidaning qattiq shamollari va quruqligi tez tarqaladigan yongʻinlar sababi boʻlishi mumkin. Antarktidada yongʻinni toʻxtatish esa juda muammoli, chunki suv bir zumda yaxlab qoladi. Stansiyalar bir-biridan uzoq masofada joylashgan, va oʻzaro yordamni kutish koʻp vaqtni oladi, shu sababli odamlar yongʻinga qarshi xavfsizlikka katta eʼtibor berishadi. Sabab statistic tok kuchida. Past namlik va qattiq shamollar uning paydo boʻlishiga olib keladi, va atigi bir dona statistik uchqun bir-ikkita yogʻilgini yonib ketishiga va yong'in paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari Antarktidada Erebus togʻI ham bor, bu dengizdek katta va issiq lavali harakatdagi vulqon xohlagan paytda yonib ketishga tayyor.

3. Zilzilalar – kam uchraydigan hol emas

Yer haqida ishonish qiyin boʻlgan 10 ta fakt

Yerda zilzilalar yilida kamida 500 ming marta sodir boʻladi, odamlar buning faqat beshdan bir qismini sezishadi. Kam taʼsirli va bilinmas zilzilalar kunida 8 ming martalab vujudga keladi. Sezib boʻladigan zilzilalar esa yilida 55 ming marta sodr boʻladi. Oʻrtacha va qattiq zilzilalar (5.0 -8.9 ballik) buzilishlarga olib keladi (qariyb yilida ming marta). Bu masshtabdagi zilzila vaqtida 1556 yilda Xitoyda 800 mingdan ortiq fuqaro halok boʻlgan. 10 balldan balandroq zilzilalar hozirgi kungacha kuzatilgani yoʻq.

4. Yer yadrosi xuddi Quyosh kabi qizib turadi

Yer haqida ishonish qiyin boʻlgan 10 ta fakt

Yer uch qavatdan iborat. Tashqarida joylashgan yadro eritilgan holida turadi, ammo markazda u ancha zich. Keyingi qavat – bu qattiq zamindan iborat (Yer hajmining 84%) mantiyadir. Eng ustki qavat – hayot mavjud boʻlgan, juda mayin qobiq. Yadro eng kam oʻrganilgan va ungacha yetish qiyin boʻlgan qism hisoblanadi; tashqi yadro qalinligi 2300 km, temperaturasi Selsiy boʻyicha 3900 gradusdan ortiqroq, va asosan temir hamda nikel moddasini oʻzida saqlaydi. Ichki yadro esa temir moddasining eritmasi boʻlgan, 1207 km qalinlikdagi aylanani tashkil qiladi. Ushbu shar sayyoraning himoyalovchi magnit maydonini quvvatlaydi, uning temperaturasi esa – Selsiy boʻyicha 6100 gradusni, yaʼni quyosh bilan taqqoslana olinadigan temperaturani tashkil qiladi.

5. Katta ogʻirlik Yer yuzasining buzilishiga olib kelishi mumkin

Yer haqida ishonish qiyin boʻlgan 10 ta fakt

2002 yilda Uedella daryosiga Antarktidaning “Larsen B” shelfli ulkan muzligi yiqilib tushdi. Uning maydoni 3250 kv.km ni tashkil qiladi, qalinligi – 220 m, ogʻirligi – 720 mlrd tonna. Shunchalik tez yoʻqolib ketish uchun juda katta ogʻirlik. Yerosti togʻli va lava oqimlaridagi oʻzgarishni keltirib chiqarish uchun kerakli boʻlgan kuchli siljish edi u, va shu bilan birga qoʻshni vulqonlarni ham “xavotirga soldi”. Agar Antarktidadagi barcha muzlik erib ketsa, okean darajasi 60 km ga koʻtariladi. Aytgancha, Atlantidaning ustki qavati qalin muzli plastlar bilan bosilgan, va ular shunchalik ogʻirki, qitʼadagi yer yuzining katta qismi hozirda dengiz sathidan pastroqda turibdi.

6. Okeanning 95 % ga yaqini haligacha oʻrganilmagan

Yer haqida ishonish qiyin boʻlgan 10 ta fakt

Suv Yer yuzasining 71% ni egallasada, biz atigi 5% ni oʻrganganmiz. Quyosh nuri faqat 275 m gacha yorita oladi, qolgan qora boʻshliq esa oʻrganilmagan boʻlib qolaveradi. Unda millionlab turdagi hayot shakllari mavjud, ammo ularning koʻpisi, biz ulargacha yetib olishimizga qadar oʻlib ketish ehtimoli bor, chunki okean kislotaligi 30% ga oshdi va bu korall riflarini vayron qiladi va ayrim hayot turlarini halok qildiradi. Yana insoniyat har yil dunyo okeaniga 180 mln toksik chiqindilarni tashlaydi. Guama oldidagi Marian chuqurligi okeaning eng chuqur qismi (10 900 m) sanaladi. Bir tasavvur qilib koʻringchi, hali oldindagi kashfiyotlar shunchalik koʻp.

7. Gravitatsiya darajasi – oʻzgaruvchan qiymat

Yer haqida ishonish qiyin boʻlgan 10 ta fakt

Gravitatsiya hamma joyda bir xil deb oʻylaysizmi? Javob xato. Masalan, Yerdagi eng past darajadagi gravitatsiya Gudzon boʻgʻizida (Kanada) joylashgan. Farq katta emas va sezilarli emas, ammo zamonaviy texnologiyalar uni belgilab oladi. Eng keng tarqalgan nazariya buning hammasi Muz davriga olib kelyapti deb taʼkidlaydi. Muz qalqoni eriganida, u gravitatsion maydonga oz boʻlsada taʼsiri oʻtkazgan. Ushbu muz qobigʻi Kanadaning katta qismini va Shimoliy Amerikaning bir qismini egallagan. Xuddi shu holatning oʻzi janubiy qutbda ham sodir boʻlmoqda. Oxirgi yillardagi muz erishi u yerdagi gravitatsiyaning oʻzgarishiga olib keldi.

8. Pangeya Ultima yaqinlashmoqda

Yer haqida ishonish qiyin boʻlgan 10 ta fakt

Pangeya – bu 250 mln yil oldin mavjud boʻlgan, hozirgi barcha yettita qitʼani bir butunga birlashtirgan yagona materikdir. Yana 250 mln yildan soʻng Pangei Ultima vaqti yetib kelsa kerak, va u qadimgi Pangeyadan qattiq farq qiladi. Olimlar bashorat qilishlaricha, Kaliforniya Alyaska bilan birlashadi. Oʻrtayer dengizining katta qismi Afrikalik tektonik plitasining bir qismi hisoblanadi, va shundan kelib chiqib, Afrika Yevropaga ulkan togʻli tizmani hosil qilib birlashadi degan fikr mavjud. Tektonik plitalarning urilishining natijalarini tushunish uchun Alplarga bir qarang. Yer yuzida yagona qitʼa shakllanishini siklli, yaʼni har 500-700 mln yilda amalga oshyapti, va biz hozir shu siklning oʻrtasida turibmiz.

9. Shimoliy va Janubiy qutblar joylari bilan almashib turadi

Yer haqida ishonish qiyin boʻlgan 10 ta fakt

Bunday almashinuv tabiiy sikl hisoblanadi. Bu oʻtmishda sanoqsiz martalab sodir boʻlgan, va kelajakda ham sodir boʻladi. Vulqonli yorishmalar oʻtmishda joy almashinuvi bundan 780 ming yil oldin sodir berganligi haqida dalolat beradi. Bizning sayyoramiz atrofidai magnitli aktivlik oʻsha sikl yaqinda yana sodir boʻlishi haqida darak beradi. Yer atrofidagi magnit maydon bizni radiatsiyadan saqlaydi, lekin u bashorat qilinganidan ham tezroq oʻzgaryapti, baʼzi joylarda kuchsizlanib, boshqa joylarda kuchlanib ketmoqda. Maydon tashqi yadro harakatiga bogʻliq: kuchsiz harakat magnit maydonni kuchsizlantiradi, tez harakat uni kuchlantiradi. Hozirgi aktivlik jarayon hozirga paytda boshlanganini bildirishi mumkin, ammo bu jarayon yuzlab yillardan soʻng tugashi aniq.

10. Yer aslida, ancha kichik

Yer haqida ishonish qiyin boʻlgan 10 ta fakt

Yer Quyoshdan kichikroq, ancha kichik. Quyosh yuzida Yer kabi sayyorlardan 109 tasi sigʻishi mumkin, ichida esa boʻsh boʻshliqsiz toza hajmni inobatga olganda, bidagi sayyoralardan 13 milliontasi sigʻishi mumkin. Hatto, faqatgina sferik shaklni hisobga olsak ham, Quyosh ichida 960 mingda Yer sigʻishi mumkin. Bundan tashqari, Quyosh Yerdan 333 ming marta ogʻirroq. Endi esa Quyoshdan 500 marta katta boʻlgan Betelgeyze yulduzini tasavvur qilib koʻringchi! Xulosa qilib aytganda, bizning sayyoramiz – Olamdagi kichkina bir nuqtacha xolos.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar