Qiziqarli

Jiddiy oqibatlarga olib kelgan xaritalardagi top-10 ta xatolar

Jiddiy oqibatlarga olib kelgan xaritalardagi top-10 ta xatolar

Xaritalardagi xatolar baʼzan, nafaqat alohida odamlarga balki, butun millatlar uchun ham jiddiy muammolar keltirib chiqargan. Xaritalardagi noaniqliklar tufayli odamlar butun bir uylarini yoʻqotadilar, sugʻurtalari bekor boʻladi, qoʻriqxonalar yerlari yoʻqolib ketish havfi ostida qoladi va harbiy konfliktlarda yutuq yoki magʻlubiyat hal boʻladi.

Sizning oldingizda topografik xatolar odamlar va davlatlar hayotida hal qiluvchi rol oʻynagan tarixiy va zamonaviy vaziyatlar. Ularda xaritalar aniqligi kritik darajada muhim boʻlgan.

Jiddiy oqibatlarga olib kelgan xaritalardagi top-10 ta xatolar

Amerika revolyusiyasidan avval va keyin bu qitʼaning u qadar yaxshi boʻlgan xaritalari kam boʻlgan edi. Buning natijasida harbiy xaritalar jang olib borilayotgan joylarning oʻzida, otishmalar ostida tuzilib, ular boʻyicha armiyalar joylarda moʻljal olganlar va boʻlajak harakatlarini rejalashtirganlar. Bu chizmalarning aniqligiga butun urushning yakuni bogʻliq boʻlgan.

Richard Braun va Pol Koen (Richard Brown, Poul Cohen) larning yodga olishlari boʻyicha, baʼzi xaritalar urush boshlanishi sababi boʻlganlar. Territorial pretenziyalar bilan bogʻliq konfliktlarga tortilgan mamlakatlar koʻpincha oʻz daʼvolarini muajaroli yerlarga xaritalarga asoslanib qoʻyar edilar. Ular xaritalarda u yoki bu mintaqaning egasi koʻrsatilar edi. Djon Mitchel (John Mitchell) tomonidan tuzilgan shunday bir xarita fransuzlar, hindular va britaniyaliklar oʻrtasidagi urushga sabab boʻlgan. Braunning soʻzlariga koʻra, Mitchellning chizmalari aynan britaniyaliklarning hududiy pretenziyalarini demonstrasiya qilish maqsadida qildan edi.

Buning ustiga Britaniya ofiserlari tomonidan u joylga kelishlari bilan tuzilgan xaritalar tipografiya toʻgʻrisida va daryolarning oʻtilishi haqida noaniq boʻlgan tasavvurlarni toʻgʻrilar edi. 1759 yilda franko-hindular urushining avjiga chiqqan vaqtida kapitan Djeyms Kuk (James Cook) general (James Wolfe) ning qoʻshinlarini Luisberg, Yangi Shotlandiyadan Kvebek (Louisburg, Nova Scotia, Quebec) ga yuborishi kerak edi. Yaʼni, Avliyo Lavrentiy (St. Lawrence River) boʻylab, taxminan 1 600 kilometr pastga tushirishi kerak edi. Avval bu suv yoʻli kemada oʻtish uchun yaroqsiz deb hisoblangan. Bu mavjud boʻlgan hududning xaritasida koʻrsatilgan edi. Biroq, Kuk ishlarning real aholiga koʻra, tuzatishlar kiritgan. Bu Britaniya kemalariga, fransuzlar noaniq xaritalar sabab hattoki, urunib ham koʻrmagan, suzib oʻtishning imkonini bergan. Natijada Wolf Kvebekni qoʻlga olgan.

Jiddiy oqibatlarga olib kelgan xaritalardagi top-10 ta xatolar

1815 yil 18 iyunda Napoleon Bonapart Vaterloo yonidagi jangda xaritadagi xato sababli magʻlub boʻlgan. Dokumentalist Frenk Ferrand (Frank Ferrand) ning fikriga koʻra, Napoleon oʻz artileriyasini notoʻgʻri yoʻnalishda yuborgan va Angliya, Prussiya va Gollandiya chegatasidan juda ham uzoqqa olib ketgan. Qomondon jang strategiyasini ishlab chiqayotib noaniq xaritaga ishongan. Bu nima uchun uning jangchilari landshaft bilan tanish boʻlmay hamda jang vaqtida moʻljaldan adashgan boʻlganlarini tushuntirib beradi. Tarixchi Ferrandning fikriga koʻra, bu Fransiyaning magʻlubiyatini aniqlab beruvchi faktorlardan biri boʻlgan.

Hisoblardagi xato tufayli, Mon-Sen-Jan (Mont-Saint-Jean) fermasi, strategik joy, xaritada oʻz real joylashividan bir kilometr narida boʻlib chiqqan. Shu sabab ham fransuz armiyasi toʻplari notoʻgʻri yoʻnalishda joʻnatilgan edi. Ustiga ust notʼgʻri xaritada mavjud boʻlmagan yoʻl koʻrsatilgan edi. Chizma belgiyalik illyustrator va tarixchi Bernard Koppens (Bernard Coppens) tomonidan tiklangangan edi. U qonga burkangan, hududning original chizmasini Bryussel harbiy muzeyida topgan edi.

Jiddiy oqibatlarga olib kelgan xaritalardagi top-10 ta xatolar

2006 yil iyulida Isroil armiyasi Janubiy Livanda joylashgan nishonni bombardimon qilish uchun xaritadan nusxa oldilar. Xaritadagi xato tufayli BMT posti Xezbolla izdoshlari lageri deb identifikasiya qilingan edi (Hezbollah, siyosiy partiya, terroristik guruh). Natijada 4 nafar xalqaro kuzatuvchilar oʻldirilgan edi. Isroil hukumati oʻz "chuqur taziyalari va chinakkam afsuslari" ni izhor qiladilar.

Mark Regev (Mark Regev), Isroil tashqi ishlar vazirligi kotibi fojea xaritalarni nusxasini olayotgan vaqtda noaniqliklar tufayli yuz berganini tan oldi. Nusxalarda BMT postlari joyidan siljigan boʻlib tushgan. Shu sababli 2006 yil 26 iyulda Xitoy, Avstriya, Finlyandiya va Kanadalik kuzatuvchilar yuqori aniqlikdagi moʻljalga olish bombalar bilan oʻldirilgan edi. Hezbolla lageri esa, bu vaqtda BMT binosidan atigi 180 metr masofada joylashgan boʻlgan.

Jiddiy oqibatlarga olib kelgan xaritalardagi top-10 ta xatolar

2010 yil noyabrida Nikaragua armiyasi sobiq sandinist komandiri Eden Pastora (Eden Pastora) boshchiligida Karib sohili yaqinidagi San-Xuan (San-Juan) daryosini kesib oʻtdilar. Harbiylar Nikaraguaga janubda chegaradosh boʻlgan Kosta-Rika (Costa Rica) ga bostirib kirishdi va oʻz bayroqlarini, ikkala hukumatlarning taʼkidlashiga koʻra, bir vaqtning oʻzida ularning ikkoviga ham tegishli boʻlgan, Kalero (Calero) oroliga oʻrnatdilar. Muajaro Google Maps Kaleroni aynan Nikaragua chegaralari hududida joylashtirilgani bilan ham chuqurlashgan edi. Komandir Postora hattoki, internetda onlayn-xaritalarda ham bu yerlar uning mamlakatiga tegishli ekanini taʼkidlagan. 1948 yildan boshlab Kosta-Rikaning oʻz armiyasi yoʻq, lekin uning hukumati oʻsha vaqtda orolda bor boʻlganlarga qoʻshimcha qilib, tartibni saqlash uchun 150 nafar polisiyachilar va tartibni saqlash otryadlarini yuborgan edi.

BMT ning aralashuvi yordamida muajaro yuridik yoʻl bilan hal boʻlib, urushga aylanib ketishga ulgurmadi. Xalqaro sud Kalero va uning botqoqlik yerlari Kosta-Rikaga berilishi kerakligini tasdiqlab hukm chiqardi. Chunki, bu respublika orol joylashgan hududlarda suverenitetga ega. Bundan tashqari, Sud Nikaraguaga Kosta-Rikaning kemaliga bu mamlakatlar chegaralari boʻylab harakatlanishi huquqini buzganlari uchun tanbeh berdi. BMT Xalqaro sudi uning qarorlari majburiy tartibda tomonlar bajarishi uchun yetarli darajada vakolatga ega emas. Biroq, Nikaragua tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Sezar Vega (Cesar Vega) uning mamlakati BMT avtoritetini tan olishini va "sud qaroriga amal qilishi" ni aytib oʻtdi.

Jiddiy oqibatlarga olib kelgan xaritalardagi top-10 ta xatolar

AQSH Harbiy Dengiz Flotining fikriga koʻra, amerikalik USS Guardian tralchisi Filippin riflari hududida sayozlikka navigasion xaritadagi xato sababli oʻtirib qolgan. Avariya 2013 yil 16 yanvarda Tubbataxa (Tubbataha) rif atolliga katta talofot olib keldi. U yerlar Korral uchburchagidagi dengiz bioturfaligining unikal markazi deb tan olingan va qoʻriqxona zonasida joylashgan. Filippin hukumati, amerikaliklar filippin yoki xalqaro qonunlarni buzmaganliklarini aniqlash uchun, insidentning izchil tekshiruv oʻtkazilishini talab etganlar.

Natijada AQSH Harbiy Dengiz Floti korall rifiga 2 345 kvadrat metr maydoniga talofot keltirgani aniqlandi. Buning uchun amerika hukumati filippin qirgʻoq soqchilariga Tubbataxi hududidagi uning bazasini yangilash uchun 2 million dollar kompaniya toʻlashiga toʻgʻri keldi. Filippin hukumati bu mablagʻlar atollning reabilitasiyasiga va riflarni qoʻriqlash tadbirlari, hamda bu hududlarning monitoringi tizimlarini, kelajakda oʻxshash hodisalarni oldini olish uchun, mukammalashtirishga sarf qilinishini taʼkidladilar. Amerika tralchisi kapitani va bu harbiy kemaning boshqa ofiserlari avariyada aybdor deb topilgan edi. Maxsus komissiyaning fikriga koʻra, ular standart navigasion proseduralarga rioya qila olmagan va ularning kemalari atollga urilgan va sayozlikka oʻtirib qolgan.

Jiddiy oqibatlarga olib kelgan xaritalardagi top-10 ta xatolar

Apple Maps navigatorining koʻrsatmalariga amal qilgan holda, avstraliyalik avtomobilistlar Myurrey-Sanset (Murrey-Sunset National Park) oʻrtasida yoʻqolib qolganlar. Avvaliga ularning borishlari kerak boʻlgan punktlari, ularni ilova olib kelgan va ular yoʻqolib qolgan joydan 72 kilometr masofada joylashgan, Mildura viloyat shaharchasi boʻlgan edi. 2012 yil dekabrida hattoki, polisiya bu mobil navigatoridan sayyohlar foydalanmasliklari haqida ogohlantirish tarqatgan edi. Hukumat xabar berishicha, Apple Mapsni ishlatilishi "hayot uchun havfli" boʻlishi mumkin.

Rasmiy Avstraliya geografik maʼlumotnomasi elektron xaritadagi xatolar uchun masʼuliyatni bir qismini tan oldi. Modomoki, Apple Maps foydalanadigan nomlar va koordinatalar roʻyxati oʻz ichiga ikkita Mildiralarni oladi. Ularning birinchisi haqiqiy shahar (surʼatdagi pushti rang nuqta), ikkinchisi esa, - uzoqlikdagi qoʻriqxona oʻrtasidagi lokasiya (xaritadagi qizil nuqta). Ilova bogʻdagi Mildurani viloyat shaharchasi deb qabul qildi va avtomobilistlarni oʻrmonga olib keldi. Apple Maps proektining bosh direktori Tim Kuk (Tim Cook) ham xatoni tan oldi va uni toʻgʻirlashga vaʼda berdi.

Jiddiy oqibatlarga olib kelgan xaritalardagi top-10 ta xatolar

Yaqin vaqtlarga qadar, deyarli yuz yil davomida Kanadaning rasmiy xaritalari Shimoliy qutubning hududlarining bir qismini Kanada tarkibiga qoʻshgan edilar. Bu kabi daʼvolar xalqaro qonunga ziddir. U qutub bilan chegadosh mamlakatlar, oʻzlarining eng shimoliy qirgʻoqlaridan, oʻz hududiy suvlari sifatida faqat 370 kilometr okeanga daʼvolarini qoʻyishlari mumkin ekani haqida gapiradi. Bu chiziqdan tashqarida joylashgan barcha narsalar rasman xalqaro suvlardir.

Kanada oʻz daʼvolarini eskirgan srktorlar nazariyasiga asoslanib qoʻygan edi. Unga asosan Arktika okeani uchburchak uchastkalarig boʻlingan edi. Ularning kesishish markaziga esa, Shimoliy qutub joylashgan. Bu nazariya Kanada tomonidan rasmiy qavatlarda xech qachon tan olinmagan. Biroq, eski xaritalar mamlakat hududini 200 000 kvadrat kilometrga koʻpaytirganlar. Ularning katta qismi okeanni oʻz ichiga olgan edi. Bu qoʻshimcha maydon, deyarli butun Buyuk Britaniyaning hududiga teng.

2013 yil dekabrida, ehtimol, huddi oʻsha kartografik xato asosida, Kanada hukumati Shimoliy qutubda oz suverenitetini eʼlon qilmoqchi boʻldilar. Shunga muvofiq, Shimoliy qutubning barcha boyliklari va neftni ham oʻz ichiga olgan tabiiy resurslariga ham egalik qilmoqchi boʻldilar. Kanadaning yangilangan hududi mamlakatning maydonini 1,2 million kvadrat kilometrga koʻpaytirgan boʻlar edi. Biroq, bu zonaga Kanada oʻz huquqlarini eʼlon kiliahdan avval, u yerda topografik tadbirlar oʻtkazishlari kerak. Unga qoʻshimcha, kontinental shelf boʻyicha BMT ning komissiyasi Kanadaning daʼvolariga rozi boʻlsa ham, bu qaror faqatgina tavsiya xarakteriga ega boʻlib qoladi. Har, Arktikaga oʻz daʼvolari bor boʻlgan boshqa mamlakatlar oʻrtasida muzokaralar jarayonini boshlanishini inisiasiya qiladi. Bunday masalalarni yechishga juda koʻp yillar talab etilishi mumkin.

Jiddiy oqibatlarga olib kelgan xaritalardagi top-10 ta xatolar

XX asr oxiri XXI asr boshlarida sodir etilgan topografik xatolar Afrikaning Liama Katanga qoʻriqxonasi hududidagi yovvoyi tabiatiga xozirgacha havf solmoqda. U Kongo demokratik respublikasi hududida joylashgan. Qoʻriqxona zonasining chegaralarining noaniqligi natijasida, ular xaritadan 50 kilometrga gʻarbiy yoʻnalish boʻyicha surilib qolgan. Endi davlat himoyasida boʻlishi kerak boʻlgan oʻsimlik va hayvonlar deforestasiya zonasining oʻrtasida qolib ketish havfi ostida qoldi. Bu holatdan xulosa shuki, bogʻlar hisobi va aniq kartografiyalash hamda chegaralarni toʻgʻri qoʻyilishi unikal ekotizimlarni va ularning bioturfaligini saqlab qolishda ahamiyatli rol oʻynaydi, deb xalqaro tabiatni asrash jamiyati WCS vise-prezidenti Djeyms Deytsh taʼkidlaydi.

Deforestasiyaga moyil hududlarda bugungi kunda unikal tirik organizmlar yashaydilar. Ular yashnayotgan joylari oʻrmonsizlansa, yoʻqolib ketish havfi ostidadirlar. Masalan, bogʻda 1 400 ta shimponzelar yashaydi. Hamda, yaqinda hujjatlashtirilgan Dorstenia Iuamensis oʻsimligi turi oʻsadi. U fan uchun osilib oʻsadigan paporotnikning yangi turi. Djeyms Deytsh hududning eski xaritalariga tuzatishlar kiritish va Luama Katanganing tabiiy rezervasiyasini himoyasi masalalarida qatʼiy turibdi.

Jiddiy oqibatlarga olib kelgan xaritalardagi top-10 ta xatolar

AQSH favqulotda vaziyatlarda boshqaruv federal agentligining qoshidagi maʼlumotlar berish markazi FEMA "rasmiy ommaviy suv toshqinlari haqida maʼlumotlar manbaasi", suv toshqinlaridan milliy sugʻurtalash dasturini qoʻllash uchun yaratilgan. Uning informasion xaritalari uch sababdan muhim. Birinchidan, ular hayotlarni saqlab qolishi kerak. Ular suv toshqinlari havfini baholarini berishlari va kerak boʻlganda potensial havfli zonalarni tark etishni tavsiyalarini berishi kerak. Ikkinchidan, ular obshinalarga suv toshqinlari vaqtilarida umumiy harakatlarini rejalashtirish va koordinasiya qilishga yordam beradi. Uchinchidan, sugʻurta kompaniyalari ularni koʻchmas mulk egalari uchun suv toshqinlaridan sugʻurta stavkasini aniqlashda qoʻllaydilar.

Biroq, FEMA davlat dasturining aholini suv toshqinlaridan himoyalash maqsad va missiyalari kartografik xatolar sababli havf ostida qoladi. Aynan shu, xozir Massachusets shtati, Rochester shahrida (Rochester, Massachusetts) yuz bormoqda. FEMA ning yangi xaritalaridagi koʻpgina xatolarga qaramay, Rochester hukumati bu informasion rejalarni suv toshqinlaridan milliy sugʻurta dasturi uchun qonuniy deb tan olishga majburdirlar. Agar, shahar administrasiyasi federal agentlikning xaritalarini qabul qilishdan bosh tortsa, koʻplab uy egalari sugʻurtasiz qolish havfi ostida qoladilar.

FEMA ning oxirgi xaritalari eski va noaniq rejalarga asoslandan, natijada yangi chizmalar ham yana xatolar bilan qilinmoqda. Agentlikning vakili Lorell Farinon bu xaritalarning baʼzi maʼlumotlari mantiqqa toʻgʻri kelmasligini tan oladi. Shahar soveti aʼzosi Ben Beyli ham bu xaritalar umuman xatoligiga qoʻshiladi.

Jiddiy oqibatlarga olib kelgan xaritalardagi top-10 ta xatolar

2016 yili ishchilar xato sababli boshqa uyni demontaj qilganlar. Buyurtma ijrochilari ular roʻy bergan hodisada aybdor emasligini taʼkidlaydilar. Ularning aytishlaricha, xato Google Maps hodimlari tomonidan qilingan. Demontaj jamoasi Google Maps ning kartografik resurslariga ishongan edilar. Uylarning raqamlari identik boʻlgan, lekin binolarning oʻzlari har xil koʻchalarda joylashganlar. Xatoni tushuntirish uchun buzilgan uy egalariga demontaj kompaniyasining hodimlari Google Maps surʼatining nusxsini yuborganlar. Unda aynan ularning ikki qavatli kottedjlari koʻrsatilgan edi. Koʻrsatkich 7601 Calypso Drive manzili boʻyicha uyni koʻrastgan, lekin uni Cousteau Drive koʻchasidagi 7601 uyni manzilini yozib koʻrsatgan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar