Top 10: NASA kosmik agentligi tomonidan kashf qilingan har kunlik predmetlar

Kosmosga uchish uchun byudjet pullarini sarf qilib nima qilasiz? Bu koʻpgina mamlakatlardagi soliq toʻlovchilar orasida juda keng tarqalgan savol. Biz uchun boshqa sayyoralar hayoti qandoq hayratlanarli va istiqbolli tuyulishidan qatʼiy nazar, shubhachilar pullarni faqatgina Yer yuzidagi hayot bilan bogʻliq loyihalarga sarflash kerak deb oʻylashadi.

Biroq, bu odamlar, kosmos bilan bogʻliq ilmiy tashabbuslarga boʻlgan sarmoyalar doimiy ravishda jamiyat uchun sotib olinishi, va bu allaqachon bir qator foydali kashfiyotlar tomonidan namoyish etilgani haqida bilishmaydi.
Mutaxassislar baholashlaricha, NASA loyihalariga sarmoya qilingan har bir dollar, Amerika iqtisodiyotiga 7 $ dan 14 $ gacha pulni qaytaradi, va buni tekshirish mushkul emas. Olimlarga kosmosda tirik qolish bilan bogʻliq jiddiy masalalarni hal qilish payti kelganida, bu har doim Yer uchun ham juda foydali boʻladigan innovatsiyalar ishlab chiqilishiga olib keladi.
Ushbu maqolada siz NASA kosmik dasturi yordamida paydo boʻlgan bir atigi bir nechta ancha foydali kashfiyotlar bilan tanishasiz. Bir nazar soling! Bu perdmetlarda baʼzilari uyingizda yoki hatto tanangizda ham uchrashi mumkin…
10. Pataklar va tashqi tagliklar

Inson uchun birta kichkina qadam butun insoniyat uchun nafaqat katta qadam, balki patak uchun haqiqiy rivojlanish boʻlib chiqdi. Nasa ishlab chiqaruvchilari Apollon dasturi astronavtlari skafandri uchun ishlatgan texnologiyalari, krossovka ishlab chiqarishga tubdan taʼsir qildi, ayniqsa, sport poyabzalning yangi modellari uchun pataklar va tashqi tagliklar tuzilishiga taʼsir qildi.
NASA tomonidan yaratilgan rezina shakli texnikasi fuqarolik tashkilotlariga, hech qachon raketa va kosmolyotlarda uchmagan oddiy odamlar uchun oyoq kiyimi patak shakllarini yengillashtirgan. Astronaftlar uchun maxsus kashf qilingan izolyatsiyalovchi mahsulot endi sizning oyogʻingizni shu yerda, yaʼni Yerda himoyalash uchun xizmat qilyapti. NASA dagi muhandis Frenk Rudi (Frank Rudy) poyabzal sanoatchilari bilan kosmik agentlik yangiliklari toʻgʻrisida boʻlishdi, va taniqli Nike Air brendi krossovkalari uchun zarbaga chidamlilik va amortizatsiya konsepsiyasini taklif qildi. Insonni Oyga joʻnatgan ilm-fan sababli, butun dunyo boʻylab odamlar qulay poyabzalni kiyib, undan bahra olmoqdalar.
9. Uyali aloqa telefonlariga oʻrnatilgan raqamli fotoapparatlar va kameralar

Informatsion asrning eng qulay, foydali va taniqli yangiliklaridan biri – bu choʻntagimizga sigʻadigan mittigina kamera orqali rasmga olib, ularni bir-birimizga yuborishimizdir. Va, albatta, bu uchun ham aynan NASA ga tashakkur aytishimiz kerak.
Raqamli kamera konsepsiyasining oʻzi birinchi marta 1960-yillarda reaktiv dvigatellari bilan bogʻliq tadqiqotlar bilan shugʻullanadigan JPL (Jet Propulsion Laboratory) laboratoriyalarida ishlab chiqilgan. Aynan NASA ilmiy xizmatchisi Yudjin Lalli (Eugene Lally) birinchi boʻlib, harakatlanmaydigan obyektlarni rasmga tushirish uchun birta yaxlit sxemaga jamlangan rangli sensorlarni ishlatishni taklif qilgan.
1990- yillarda esa boshqa kompaniya, yaʼni JPL kosmik kemalar kameralarini ancha kichik hajmga keltirgan texnologiyani ishlab chiqdi. Ushbu innovatsiya shu bilan birga, surat sifatini, rasmga tushirish tezligini va uskuna batareykasi samaradorligini yaxshilashga yordam berdi.
Shuningdek, muhandislar kompakt kameralarni nafaqat teleskoplar uchun ishlatish mumkin ekanligini tushunib yetishdi. Mittigina fotoapparatlar insoniyat hayotining barcha sohalarida omadga erishdi, yaʼni veb-kameralardan boshlab, tibbiy endoskoplargacha, uyali aloqa telefonlari haqida gapirmasak ham boʻladi. Shuning uchun kelgusida, selfi qilayotgan vaqtingizda, bu imkoniyat uchun yana bir bor NASA ga raxmat ayting.
8. Bolalar oziqlanishi

Kichkina bolani oziqlantirish - qiyin masala, ammo astronaftni kosmos va vaznsizlik oʻrtasida oziqlantirish – yanada mushkul ish. Aynan shu uchun NASA Martek Biosciences Corporation kompaniyasini, uning mutaxassislari amerikalik kosmik dasturi astronavtlari uchun ozuqali aralashmalarni ishlab chiqishlari uchun ishga taklif qildi.
Ushbu kompaniya olimlari suvoʻtlari xususiyatlarini oʻrganish jarayonida, ikki xil yogʻli kislotani ishlab chiqaradigan, hamda onalarning suti tarkibida mavjud boʻlgan shtammni aniqlashdi. Ushbu tarkibiy qismlar bizning tanimizda tabiiy yoʻl bilan vujudga keladi, va bioximiklar, oxirigacha rivojlanmagan bolalar ratsioniga sunʼiy ravishda ushbu ozuqaning qoʻshilishi, ularga ona qornidan tashqari muhitda birinchi oylarda tirik qolishiga yordam beradi.
Shu sababli, agar siz doʻkonga bolalar ozuqasi uchun borsaningizda, shartli ravishda tarkibida DGK (dokozageksaenli kislota, Omega-3 sinfli yarimtoʻyimsiz yogʻli kislota) va AK (araxidonli kislota, Omega-6 toʻyimsiz yogʻli kislota) boʻlgan ozuqani xarid qiling. Hechkim sizning farzandingiz kosmonavt boʻladi deb vaʼda bermaydi, ammo kamida siz u NASA kosmik dasturining haqiqiy ishtirokchisi sifatida ovqatlanishi uchun xursand boʻlishingiz mumkin.
7. Protezlar

Protezlashtirish fikri bir necha asrlar oldin paydo boʻlgan, ammo aynan NASA agentligiga biz, ancha yengilligi va narxi ancha pastroq zamonaviy modellar paydo boʻlishi uchun minnatdor boʻlishimiz lozim. 20 asrning katta qismida sunʼiy protezlar gips va makkajoʻxori kraxmalidan tayyorlangan. Natijada yasaladigan protezlar juda ogʻir va moʻrt boʻlgan, va bu xususiyat ularni koʻpchilik invalidlar uchun noqulay qilgan.
Holatni oʻzgartirishni xohlagan Xarshbergerdagi ortopediya va protezlashtirish Markazi (Harshberger Prosthetic and Orthotic Center) yordam soʻrash uchun Djordj Marshall nomidagi kosmik uchishlar Markaziga (Marshall Space Flight Center) murojaat qildi. Tashqi konteynerlar va kosmik shatllar ishlab chiqaradigan NASA guruh olimlari uchun bir nechta sunʼiy qoʻl va oyoq protezlarini yasash juda oson vazifa boʻldi.
Marshall Markazi ishchilari Xarshenberger olimlariga rezervuarni isinishdan himoya qiluvchi, yengilligi va oʻta mustahkamligi bilan farqlanuvchi oʻz izolyatsion koʻpigini namoyish qildi. Protezchilar baxtiga, ushbu koʻpik sunʼiy oyoq va qoʻllar yasashda juda qoʻl keldi.
Protezlar ogʻirligi kamayishidan tashqari, yangi material, mahsulotga muhtojlar uchun, unga boʻlgan narxni tushirishga, hamda yirik masshtabli ishlab chiqarishni yo'lga tushirishga imkon berdi. Shifokorlar va kosmonavtlar hamkorligi haqiqiy siljish boʻldi va juda mushkul hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan oddiy insonlar muammosini ancha yengillashtirdi.
6. Memory koʻpigi (past elastiklik darajali modifikatsiyalangan koʻpikli poliuretan)

Bu aslida astronavtlar bellari va dumbalarini himoya qilish uchun moʻljallangan juda oddiy kashfiyot edi. Memory koʻpigini NASA olimlari, uchuvchilarning kosmik kemalari oʻrindiqlari yumshoqroq va qulayroq boʻlishi uchun yaratishgan. Hammasi astronavtlarning maksimal qulayligi uchundir.
Ushbu koʻpik poliuretan turning kashf qilinishidan keyin 1969 yilda, uning yaratuvchisi Charlz Yost (Charles Yost) oʻz kompaniyasiga asos soldi. Olim oʻz mahsulotidan tijorat foydasini olishni istadi va bu harakati bilan xato qilmadi. U oʻz texnologiyasini mujassamlashtirishda davom etdi (va bu uchun yaxshi pul topdi), va Yost sababli bugun biz Memory koʻpigidan hamma joyda, shuningdek, meditsina yotoqlari va motosiklchilar bosh kiyimidan foydalanmoqdamiz.
Natijada Yost kompaniyasi gʻalabari NASA agentligi tomonidan tan olindi, va u past narxlari va mahsulorning juda katta foydasi uchun AQSHning kosmik texnologiyalari fondi shuhrat zaliga qoʻshildi(US Space Foundation’s Space Technology Hall of Fame). Balkim, siz hozir ham oʻsha NASA tomonidan xushlangan, va birinchi marta kosmik uchishlar uchun foydalanilgan koʻpikli matrasda yotayotgandirsiz.
5. Djoystik

Videooʻyinlar paydo boʻlmasidan djoystiklar AQSH ning HSF harbiylari tomonidan samolyotlarni yerda qoʻndirish uchun ishlatilgan. Avvaliga ular ancha katta va noqulay edi, va albatta zamonaviy boshqarish pultlariga kam oʻxshardi. Natijada, djoystiklarni kosmik shattllarda oʻrnatishdi, va oʻz foydasini bu djoystiklar Apollon dasturi missiyasi vaqtida isbotladi.
Oʻyinli djoystikning oddiy modeli birinchi boʻlib 1969 yilda Sega kompaniyasi tomonidan yaratilgan Missile arkadali oʻyini chiqishi bilan bir vaqtda paydo boʻldi. Ushbu pult oʻyinchilarga oʻz uchish apparatlarini 4 tomonga uchishiga va qoʻshimcha tugma orqali jismlarni otishga imkon berardi. Biroq unda haligacha harbiy uchuvchilar havoda bir qator qiyin harakatlarni amalga oshirish uchun foydalanadigan funksional qismlar yoʻq edi.
Lekin bunday kichkina, sezgir va koʻp funksiyali zamonaviy djoystik qanday paydo boʻdi? Albatta, gap yana NASA kosmik ishlanmalari haqida ketadi. Djonson nomidagi Kosmik markazda (Johnson Space Center) astronavtlarni tayyorlash boʻyicha trenajorlarda oʻrnatilgan pultlarni oʻrganib chiqqandan keyin, Thrustmaster Inc. oʻyin kompaniyasi kosmik simulyatorlarda mavjud boʻlgan, boshqaruv pultlaridagidek texnologiyalarni oʻz ichiga olgan, oʻzining oʻta realistik djoystigini yaratdi. Innovatsiya oʻyin texnologiyalarini yangi darajaga chiqardi va yana bir marta NASA ning tijorat korxonalari bilan hamkorligi foydasini isbotladi.
4. Koxlear implantant

Har bir buyuk tashkilot singari NASA ham shunisi bilan ajralib turadiki, u eng yorqin aqlli insonlarni oʻziga jalb qiladi va ular oʻsishi va rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib beradi. Adam Kissia (Adam Kissiah), koxlear apparat yaratuvchisi, aynan shu kabi aqlllardan edi.
Kissia hozirgi zamonda butun duydo boʻylab onʼlab mingta kar va yomon eshituvchi insonlar ishlatadigan tibbiy uskunani yaratdi, biroq u tibbiyotga hech qanday aloqasi yoʻq edi va tibbiy taʼlimi ham mavjud emas edi. Oʻz eshitish apparatini u NASA da elektron uskunalar boʻyicha muhandis boʻlib ishlagan davrlarida ishlab chiqdi. Muhandislikdagi oʻz bilimidan foydalanib, olim oʻz eshitish qobiliyati muammosini yoʻqotishga harakat qildi.
Kissia shunchaki ovozni baland qiluvchi eski eshitish apparatlari kamchiliklarini tushunar edi. Buning oʻrniga uskuna quloqdagi notoʻgri ishlaydigan eshitish analizatorlari aylanib oʻtib, maʼlumotni toʻgʻridan-togʻri miyaga yuboradi. Kosmik muhandis yaratgan implantant, ovozlarni qabul qiluvchi va ularni toʻgʻri miyaga olib boruvchi elektrik impulslarga aylantiradigan kichik mikrofon sababli ishlaydi.
2003 yilda oʻz kashfiyoti uchun Kissia AQSH ning kosmik texnologiyalari boʻyicha Kosmik fondi shuhrat zaliga qabul qilindi, va oʻz misolida, qanday qilib bir sohadagi bilimlar boshqa sohada yordam berishini va odamlar hayotini yaxshi tomonga oʻzgartirish mumkinligini koʻrsatdi.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



