Qiziqarli

Dunyoning eng zaxarli ilonlari

Dunyoning eng zaxarli ilonlari

Taypanlar - juda zaharli avstraliyalik ilonlar aspidlar oilasiga mansub boʻlib, ularni ikki xil koʻrinishi bor: shafqatsiz ilon va taypan. Bu yetarli darajada katta ilon. Ularni chaqishi juda xavfli hisoblanadi, hatto dunyodagi zamonaviy ilonlardan ham xatarliroqdir. Hali zaharga qarshi dori oʻylab topilmagan paytda bu ilon chaqishidan 90% odamlar halok boʻlishgan.

Dunyoning eng zaxarli ilonlari

Shafqatsiz ilon uzunligi 1,9 m gacha boʻlishi mumkin. Uni quruq tekislik maydonlarida Avstraliya markazida u qurbaqalarga hujum qiladigan joyda uchratish mumkin. Shafqatsiz ilon zahri 100 kishini oʻldirishga yetadi. Taqqoslaganda uning zahri koʻbraning zahridan 180 marttda kuchli ekan.

Dunyoning eng zaxarli ilonlari

Taypan yoki qirgʻoq taypani – bu katta aspidlar vakili yomon feʼli bilan oʻtmishdoshidan ajralib turadi va eng agressiv ilonlardan hisoblanadi. Koʻpincha taypan ter tashlayotganda va koʻpayish vaqti kelganda xavfli hisoblanadi. Koʻpincha Avstraliyaning shimoli-sharqida va Yangi Gvineyada uchratish mumkin. Mahalliy aholini baxtiga, taypan aholining uylariga kamdan-kam yaqinlashadi, lekin, shunga qaramay uning chaqishidan har yili kimdir qiynaladi.

Qora mamba – Afrika kontinentining zaharli iloni. Uni savannada va Angola, Uganda, Zambiya, Janubiy Afrika, Botsvana, Keniya, Zimbabve oʻrmonzorlarida uchratish mumkin. Undan tashqari, bu ilon eʼtibordan past. U juda tez harakatlanuvchi va afrikaning agressiv iloni hisoblanadi.

Dunyoning eng zaxarli ilonlari

Uning uzunligi 2,4-3 m, alohida nusxasi uzunligi 4,5 m gacha. U bu nomni ogʻzi qora boʻlgani uchun oldi yoʻlidan chiqganini daxshatga soladi. Mamba bir martta chaqqandan keyin yana chaqishga oʻtadi. Tezlikka ega boʻlgan mamba koʻpincha oʻljasini ketidan quvlab boradi, pistirmada oʻtirmaydi. Mamba bir chaqqanida 400 mg zahar sochadi. Kattalarni oʻlimga olib keladigan dozasi 10-15 mg. Uning zahri falajlik va oʻlim olib keladi.

Dunyoning eng zaxarli ilonlari

Yoʻlbars iloni – aspidlarni yana bir vakili va Avstraliyada yashovchi ilon. Bu uncha katta ilon boʻlmasada juda zaharli. Uncha katta boʻlmagan hayvonni chaqqanda u darhol oʻladiradi. Xavf shundan iboratki u deyarli Avstraliyaning hamma hududida uchraydi va bu kontinentga eng koʻp joylashgan ilonlardir.

Dunyoning eng zaxarli ilonlari

Koʻzoynakli ilon, yoki hind koʻbrasi – juda chiroyli rang-barang ilon, 1,5-2 m gacha oʻsadi. Hindiston, Oʻrta Osiyo, Janubiy Xitoyda yashaydi. Koʻbra dunyoga kelishi bilanoq zaharli xisoblanadi. Koʻzoynakli koʻbraning zahrida toksinlar bor, u markaziy asab tizimini ishdan chiqaradi. Bir gram zahar oʻrtacha boʻlgan 140 ta itni oʻldirishga yetadi.

Dunyoning eng zaxarli ilonlari

Malay krayti – aspid oilasida eng xavfli ilon. Hech kimni yoqtirmasligi bilan ajralib turadi. U Avstraliya, Janubiy Osiyo va Malay arxipelagi orollarida joylashgan. Uning zahri – oʻldiradi va birinchi navbatda insonni bosh miyasiga taʼsir qiladi. Oʻlim tez kelishi mumkin va hatto falajlik asoratisiz.

Dunyoning eng zaxarli ilonlari

Jigar rang qirol, yoki mulga – juda zaharli ilon, Avstraliyaning har bir yerida uchraydi. Bu katta ilonning chaqishi inson hayoti uchun haqiqiy tahdiddir chunki chaqqandan keyin inson oʻladi.

Dunyoning eng zaxarli ilonlari

Burunli engidrina – hinda-tinch okeanining tropik qismida yashovchi zaharli ilon. U zaharli ilonlar turiga kirsa ham lekin tinchlik sevar xulqqa ega. Dengizda baliqchilardan uzoqroq yuradi. Bu ilon zahri koʻbraning zahridan 4-8 baravar kuchliroqdir. Insonni oʻldirish uchun 1,5 mg doza yetarli. Uning zahrida kuchli neyrotoksinlar bor.

Dunyoning eng zaxarli ilonlari

Qumli efa – zaharli ilon gadyuk oilasiga mansub. Bu kichkina ilon loyli va choʻllarda, daryo boʻyida va chakalakzorlar, butazorlarda hamda Turkmaniston, Oʻzbekiston va Tojikistonda, hamda Afrika, Aljir, Falastin, Eron, Arabiston va Indostonning janubiy qismida yashaydi. Inson bilan yuzma yuz kelganda shildiragan ovoz chiqaradi. Agar ilon chaqqandan keyin tirik qolsa ham u odam falaj boʻlib qoladi.

Dunyoning eng zaxarli ilonlari

Arlekinli, yoki sharqona aspid – zaharli ilon, shimoli-sharqiy Meksika, va AQSH ning janubi-sharqida yashaydi. Qizil, qora va ingichka sariq xalqaga ega. Bu ilonni chaqishi inson hayoti uchun juda xavfli hisoblanadi. Agar vaqtida yordam koʻrsatilmasa inson 20-24 soat ichida oʻlishi mumkin.

Dunyoning eng zaxarli ilonlari

Seylonli kufiya – eng agressiv zaharli ilonlardan biri. Tinch okeani qirgʻogʻida yashovchi bu ilon Amerikada mahalliy aholi orasida yomonligi bilan dong taratgan. Uning chaqishi insonga oʻlim olib keladi.

Dunyoning eng zaxarli ilonlari

Afrikali bumslang – juda zaharli ilon, janubiy va janubi-gʻarbiy Afrikada yashaydi. Uning zahri – toksinli: qonga kirishi bilan hujayralarni buzib yuboradi. Afrikalik bumslangni zahri koʻbra va gadyukani zahridan 2 martta xavflidir. Bu juda agressiv ilonlarga tegishli, ularga yaqin borib boʻlmaydi va tez harakat qilib boʻlmaydi – u oʻylamasdan hujumga oʻtadi.

Dunyoning eng zaxarli ilonlari

Qora ilon – bu katta ilon uzunligi 3 metrgacha boʻladi undan Avstraliya aholisi qoʻrqishadi, uning chaqishi insonni oʻldiradi. Zahar chiqarish boʻyicha “rekordsmen” ekan.

Dunyoning eng zaxarli ilonlari

Bushmeyster – zaharli katta ilon uzunligi 4 metrgacha, Janubiy Afrikada yashaydi. Bushmeyster zahri inson hayoti uchun xavfli, lekin oʻlim darajasi yuqori emas – 10-12 %. Falajlik holatiga soladi.

Dunyoning eng zaxarli ilonlari

Oddiy gadyuka – zaharli ilon haqiqiy gadyuka naslidan. Yevrosiyoda yashaydi. Uning chaqishi ogʻriqli lekin kamdan-kam holatda oʻlimga olib keladi. Tishlangan joyda gemorragik otek va nekroz boʻladi. Zaharlanish belgilari: bosh aylanishi, holsiz boʻlish, bosh ogʻrigʻI, koʻngli behuzur boʻlish, nafas yetishmaslik. Ogʻir vaziyatlarda distrofiya buyrak va jigarda oʻzgarishlar yuz beradi.

Dunyoning eng zaxarli ilonlari

Ruzel gadyukasi – Shri-Lankada keng tarqalgan. Zahari uncha kuchli boʻlmasada oʻta xavfli hisoblanadi. U yuradigan joylarda zaharga qarshi dorilar chiqarilmas ekan shuning uchun mahalliy aholini koʻplari halok boʻlishar ekan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar