Qiziqarli

Deyarli tekin: uyni 1 evroga xarid qilish mumkin boʻlgan 10 ta joy

Deyarli tekin: uyni 1 evroga xarid qilish mumkin boʻlgan 10 ta joy

Baʼzan u yoki bu shahar hukumati oʻz aholi yashash joylarini farovonligini har qanday yoʻl bilan boʻlsada oshirishga harakat qiladilar. Eng oddiy va shu vaqtning oʻzida ajoyib usullardan biri - bu koʻchmas mulkni ramziy narxga sotuvidir. Biroq, xarid vaqtida siz sotuvchilarning oldinga suradigan shartlariga rozi boʻlishingiz kerak boʻladi.

Deyarli tekin: uyni 1 evroga xarid qilish mumkin boʻlgan 10 ta joy
Deyarli tekin: uyni 1 evroga xarid qilish mumkin boʻlgan 10 ta joy

Chexiya chegarasi yaqinida joylashgan Avstriyaning qishlogʻi Rappottenshteyn hukumati 2009 yili aholi sonini oshirish boʻyicha ajoyib yoʻl tutdilar: barcha xohlovchilar uchun 1 evro evaziga 800 yoki 900 kvadrat metr oʻlchamidagi yer uchastkasini xarid qilish imkoni berilgan edi.

Biroq, quyidagi shartlar mavjud edi: yer uchastkasini olgan oila juftligi yoki yolgʻiz odamlar yaqin oʻn yil mobaynida xech boʻlmasa bir nafar farzandli boʻlishlari, hamda yaqin uch yil mobaynida yer uchastkasida uy qurishlari lozim edi. Agarda bu shartlar buzilsa, yangi yer egalari 12 ming evro miqdorida jarima toʻlashlari kerak boʻladi.

Deyarli tekin: uyni 1 evroga xarid qilish mumkin boʻlgan 10 ta joy

Kalvados departamentidagi Shan-dyu-Bul fransuz shaharchasida uy qurish uchun yer uchastkalarini kvadrat metrini atigi 1 evroga (ajratiladigan joylar oʻlchamlari 1000 kvadrat metrga yaqin) xarid qilishni taklif etgan edilar. Aksiyaning maqsadi shu aholi yashash punktida aynan aholi sonini oshirish edi. 2010 yil holatiga ular 400 kishidan kam boʻlgan edi, hamda ularning aksar qismi inglizlarni tashkil qilar edi.

Biroq, bu taklif "jiddiy niyat" li xaridorlar uchun haqiqiy boʻlib, bu yerda doimiy yashash uchun oʻrnashib, uy qurish uchun sarmoya qilishga qaror qilganlar uchundir. Millati va fuqaroligi ahamiyat kasb etmaydi, muhimrogʻi oilada farzandlar borligi.

Deyarli tekin: uyni 1 evroga xarid qilish mumkin boʻlgan 10 ta joy

Staffordshir grafligidagi Kobridj shahri hukumati tashlandiq uylarga ikkinchi hayot berishga va shaharni yangilashga harakat qilmoqdalar. Shaharda 1 evro narxga bir necha oʻnta uylar bor.

Biroq, bu ramziy narx boʻlib, u boʻlajak uyga kapital qoʻyilmalarining boshlanishi hisoblanadi. Chunki koʻchmas mulkni kelajakda 30 ming fint sterling miqdorida toʻlovlari sharti bilan sotiladi. Bu summaga uyning kelajakda qilinadigan taʼmiri yoki uning tiklanishi kiradi. Yoki yangi egalarda uyni qayta tiklash uchun omonatlari borligini tasdiqlovchi hujjat kerak. Koʻchmas mulkni besh yil mobaynida sotish mumkin emas.

Deyarli tekin: uyni 1 evroga xarid qilish mumkin boʻlgan 10 ta joy

Liverpulning Enfild nomli tumani tanazzulli hisoblanadi. Garchi, aynan shu yerda afsonaviy "Liverpul" futbol klubining huddi shu nomli uy stadioni joylashgan boʻlsa ham. Bu yerda uylar shundoq ham suv tekinga sotiladi. Lekin, shahar munisipalitetining maxsus taklifi boʻyicha ikki qavatli uyni atigi 1 evroga xarid qilish mumkin.

Bunday dasturning maqsadi - eskirgan uylarni chiroyli uylarga oʻzgartirishdir. Sotuvdan avval shahar hukumati uylarni qauta tiklash boʻyicha eng qiyin ishlarni amalga oshiradilar. Biroq, uylarni xarid qilish uchun Buyuk Britaniya fuqarosi boʻlib, Liverpulda ishlab, istiqomat qilish lozim.

Deyarli tekin: uyni 1 evroga xarid qilish mumkin boʻlgan 10 ta joy

Bu kommuna Italiyadagi Pemont hududidagi Alessandriya provinsiyasida joylashgan. Sotuvga qoʻyilgan uylar besh vodiy oʻrab olgan joyda joylashgan. U vodiylarni rohiblar uzoq vaqtlardan beri egallab keladilar. Karrega-Ligure hukumati quyidagi loyihani poselokning boʻshab qolishi bilan kurash uchun ishga tushurdilar. Bu Italiyaning dengiz sathidan 950 metr balandlikdagi eng kam aholi sonili poseloklaridan biridir. Bu yerlar juda aʼlo darajali ekologiyasi bilan taniqli.

Turar joyni faqat ekologik xom ashyo ishlatgan holda tiklash mumkin boʻladi. Shuningdek, yangi egalar binoning tashqi koʻrinishining autentikligini saqlab qolishlari lozim. Uylarning stili avvalgi qurilganga tashqi koʻrinishi jihatidan toʻliq mos kelishi kerak.

Deyarli tekin: uyni 1 evroga xarid qilish mumkin boʻlgan 10 ta joy

Bu italiyan qishlogʻida turar joyni ramziy narxga xarid qilib olish mumkin. Bu deyarli barcha aholi katta shaharlarga ish va imkoniyatlar qidirib koʻchib oʻtishga harakat qilishlari bilan bogʻliq. Kommuna hukumati Gandjiga yangi hayot berish uchun hamda, aholi sonini oshirish maqsadida kim oshdi savdoga 20 ta uyni 1 evroga qoʻydi.

Biroq, yodda tutish lozim, sotuvga qoʻyilgan uylarning ahvoli juda ham ayanchli. Koʻchmas mulkni oʻz mablagʻlari hisobiga tiklashga toʻgʻri keladi. Sisiliyada har qanday koʻchmas mulkni rasmiylashtirish 6000 evro turadi. Hamda, boʻlajak mulkdor Gandjidagi uyni sotib olganda, uni yaqin besh yil mobaynida taʼmirdan chiqarishga majburdir.

Deyarli tekin: uyni 1 evroga xarid qilish mumkin boʻlgan 10 ta joy

Tinch okeanidagi mitti oril (bu Buyuk Britaniyaning dengiz ortidagi hududi) oʻz aholisi sonini oshirishni shu qadar qattiq istamoqdaki, hattoki u yerga koʻchib kelishni xohlaganlar uchun bepul yerni taklif qilmoqda. Bu yerda 2015 yil hattoki, gomoseksual nikohlarga ruxsat berildi. Orolning aholi soni 1930 yillardagi pik darajasi, 200 kishidan pasayib kelib, xozirgi kunda 56 rezident koʻrsatkichigacha keldi.

Pitkern oroliga koʻchib oʻtmoqchi boʻlgan odam mustaqil boʻlib, oʻz biznesi bilan shugʻullanishi kerak. Chunki, u yerda ish topish juda mushkul. Shunga qaramay, hukumat qiziqqan tomonlarni oʻz hisibidan qurish kerak boʻlgan, uyni qurish uchun bepul yer bilan taʼminlab berishga tayyor. Hamda, oʻzining toʻlov qobiliyati borligini tasdiqlovchi hujjatlarni, bankdan hisobida kamida 30 ming Yangi Zelandiya dollarlari borligi haqidagi koʻchirmani, taqdim qilish lozim. Dastlabki hisobga koʻra, orolda 160 kvadratdagi uyning qurilishi va mebellanishi 150 ming Yangi Zelandiya donlariga aylanadi. Shu bilan birga, Pitkern orili dunyodagi eng borish qiyin boʻlgan joylardan biri ekanini hisobga olish kerak.

Deyarli tekin: uyni 1 evroga xarid qilish mumkin boʻlgan 10 ta joy

Belgiya bilan chegaradagi kichik qishloqda uylar ramziy narx, 1 evroga sotilmoqda. Dasturning maqsadi - tumanga yangi hayot berish. Lekin, bino ayanchli ahvolda boʻladi. Rekonstruksiyani oʻz mablagʻlari hisobiga oʻtkazish kerak boʻladi, hamda besh yil davomida uyni sotish mumkin emas.

Deyarli tekin: uyni 1 evroga xarid qilish mumkin boʻlgan 10 ta joy

Yaponiya aholisi juda koʻp va zichligi barchaga maʼlum. Lekin, bu yerlarda ham yoshlar megapolislarga oqib kelib uzoqda joylashgan hududlarni deyarli boʻsh qoldirmoqdalar. Xokkaydoning gʻarbiy sohilida hukumat yer uchastkalarini bepul tarqatishga majbur. Faqat bir shart bor: uch yil mobaynida uy qurish va unda rasman istiqomat qilish kerak.

Deyarli tekin: uyni 1 evroga xarid qilish mumkin boʻlgan 10 ta joy

Italiya oroli Sardiniyada 1 evro evaziga uy sotib olishni Ollolai shahri va Nulvi kommunasi hukumatlari taklif qilmoqdalar. Xaridorga yagona talab - bu shartnoma rasmiylashtirilgandan soʻng, bir yil mobaynida binoni toʻliq taʼmir qilish. Bu esa, 20 ming evrodan kam boʻlmagan summaga aylanadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar