Foydali

Sochlarni ortiqcha yogʻlanishiga qarshi kurashda qoʻl keladigan maslahatlar

Sochlarni ortiqcha yogʻlanishiga qarshi kurashda qoʻl keladigan maslahatlar

Garchi, bizni noqulay ahvolga solsa, yoki sochimizning jozibasini oʻgʻirlab qoʻysa ham, sochning yogʻlanishiga qarshi kurashish u qadar qiyin emas. Quyida uy sharoitida, tabiiy usullarda sochni bu muammodan xalos etish amallari bilan sizni tanishtiramiz.

Sochlarni ortiqcha yogʻlanishiga qarshi kurashda qoʻl keladigan maslahatlar

Pomidor suvida terini tozalash va toʻyintirish xususiyatiga ega pH moddasi mavjud. Bu sharbatni bosh va sochga yaxshilab surib, bir necha daqiqa uqalab, 20-30 daqiqa qoldirgan, keyin juda oʻtkir boʻlmagan shampun bilan yuvgan maʼqul. Mazkur muolajani haftada 2 marta amalga oshiring.

Sochlarni ortiqcha yogʻlanishiga qarshi kurashda qoʻl keladigan maslahatlar

Oziq-ovqat sodasi sochdagi nohush hidga qarshi kurashib, yogʻlilik miqdorini keskon kamaytiradi. Har uch choy qoshiq suvga bir choy qoshiq oziq-ovqat sodasini solib aralashtiring. Tayyor pastani suvda chayilgan sochga surting. Soʻngra 5 daqiqa davomida dam berib, suvda chaying. Bu muolajani haftada 1 marotaba qoʻllagan maqsadga muvofiq.

Sochlarni ortiqcha yogʻlanishiga qarshi kurashda qoʻl keladigan maslahatlar

Olma sirkasi soch uchun zarur boʻlgan pH vitamin bilan taʼminlab, yanada jilodor va yorqin boʻlishiga xizmat qiladi. Olma sirkasi bosh terisini tozalab, hid chiqaruvchi barcha elementlarni tozalaydi. Bir choy qoshiq suvga ikki choy qoshiq miqdorida olma sirkasi qoʻshib, tayyor suyuqlik bilan bosh va sochni chaying. Bir necha daqiqadan keyin boshni yuving. Huddi shu suyuqlikka atirgul, lavanda, yoki boshqa oʻsimlik moylarini qoʻshib, tayyor boʻlgan suyuqlikni sochga purkash va bir necha daqiqadan soʻng yuvib tashlash ham sochdagi yogʻlilik darajasini kamaytiradi.

Sochlarni ortiqcha yogʻlanishiga qarshi kurashda qoʻl keladigan maslahatlar

Limon sharbati ham teri, ham soch uchun benihoya foydali xususiyatlarga boy. U sochni nafaqat qazgʻoqdan tozalaydi, balki sochni silliq va nafis koʻrinishga keltirib, unga hushboʻylik ham bagʻishlaydi. Limon sharbati bosh terisidagi infeksiyalarga ham qarshi foydali vosita. Ikki dona limonni bir stakan suvga aralashtirib, shampun bilan yuvilgan sochni mazkur sharbat bilan chaying. Bir necha daqiqalardan keyin sochni yuving. Bu foydali muolajani haftada bir yoki ikki marotaba qilsangiz boʻladi. Agar boshingizda zamburugʻli infeksiyalar boʻlsa, bir dona limon sharbatini bir piyola qatiqqa aralashtirib, boshga suring va 30 daqiqadan keyin yuvib tashlang. Limon sharbatini turli oʻsimlik moylari bilan ham aralashtirib, tungi uyqudan avval bosh va sochga surib, tongda yuvib tashlash ham foydali. Bu muolajani haftada 2-3 marotaba amalga oshiring.

Sochlarni ortiqcha yogʻlanishiga qarshi kurashda qoʻl keladigan maslahatlar

Asal va dolchinda bakteriya va bosh terisidagi zamburugʻlarga qarshi kurashuvchi vitaminlar bor. 2 choy qoshiq qaynatilgan suvga 1 choy qoshiq dilchinni aralashtiring, 30 daqiqa dam bering. Soʻng aralashmaga 1 choy qoshiq asal qoʻshing. Tayyor malhamni boshga surib, 45 daqiqaga qoldiring. Avvaliga suv va 10 daqiqadan keyin shampun bilan yuvib tashlang.

Sochlarni ortiqcha yogʻlanishiga qarshi kurashda qoʻl keladigan maslahatlar

Sochni yuvishdan avval zaytun moyi bilan soch va boshni uqalash sochni yorqinlashtirib, undagi hidning oldini oladi.

Sochlarni ortiqcha yogʻlanishiga qarshi kurashda qoʻl keladigan maslahatlar

Piyoz sharbati tarkibida ham infeksiyalarga qarshi faol kurashuvchi vositalar mavjud. Piyoz sharbatini bosh va sochga surib, 30 daqiqadan soʻng shampun bilan chayib tashlang.

Sochlarni ortiqcha yogʻlanishiga qarshi kurashda qoʻl keladigan maslahatlar

Aroq yordamida sochdagi hidlardan qutulish va sochni tezroq oʻsishiga erishish mumkin. Bir choy qoshiq aroqni yarim litr suvga qoʻshib, yuvilgan sochga seping. Uni yuvib tashlash shart emas. Haftada bir marotaba ushbu muolajadan foydalanish maqsadga muvofiq.
Shuningdek, yogʻli sochlardan xalos boʻlish uchun muntazam sochni yuvish, yostiq va sochiqni tez-tez almashtirish, sogʻlom ovqatlanish, koʻproq suv ichish, salisil organik va sulfat kislotalarga boy boʻlgan shampunlardan foydalanish, piyoz va sarimsoqpiyoz kabi oʻtkir hidli maxsulotlar isteʼmolini kamaytirish, sochni yuvgach yaxshilab quritish, sochni hadeb tarayvermaslik tavsiya etiladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar