Oʻzlarining jozibadorliklari bilan ayollarni maftun qilgan taniqli turk akterlari



Tugʻilgan sanasi 24 dekabr 1984 yil/32 yosh Burji – togʻ echkisi Tugʻilgan joyi – Istambul
Quv qarashi bilan koʻpgina ayollarni oʻziga rom etgan moʻylovdor Burak Ozchivit bugungi kunda Turkiyaning eng maftunkor erkak akteri hisoblanadi. Bir oz avval bu aktyorning ashaddiy muhlislari armonda qoldilar – Burak boʻydoqlik hayoti bilan hayrlashib, aktrisa Faxri Evjega uylandi. Juftlik “Choliqushi” filmining suratga olish jarayonida tanishgan edi. Darvoqe, bu film Ozchivitning akterlik faoliyatidagi “Muhtasham 100 yil” serialidan keyin ikkinchi xiti boʻlib qoldi. Akter karyerasidagi uchinchi oʻrinni esa “Qora sevgi” nomli oʻtkir syujetli serial oʻrin olgan. Burak Ozchivitning muhlisalari esa ekranlardan hamon koʻzlarini uzolmay turibdilar, sababi oʻtkir dramatik syujet emas, akterning koʻzni qamashtiruvchi husnidir.


Tugʻilgan sanasi 26 iyun 1981 yil/36 yosh Burji – qisqichbaqa
Adnan Koch bizning roʻyxatdagi koʻpgina hamkasblari kabi “Muhtasham 100 yil” seriali orqali tomoshabinlarga tanildi. U serialda Bahrom- pasha obrazini talqin qilgan. Undan keyin Adnan rossiyalik va turk kinochilari bilan hamkorlikda suratga olingan “Sharq-Gʻarb” nomli muhabbat haqidagi serialda shifokor obrazini ijro etdi. Shu yerga kelganda eng qalbi qattiq muhlisalar ham tan berdilar. “Muhtasham yuz yil” serialiga dosh bera olgan ayollar Kochning navbatdagi rolini tomosha qilar ekanlar, uni qattiq sevib qolganliklarini ham bilmay qoldilar.


Tugʻilgan sanasi 30 aprel 1970 yil/47 yosh Burji – savr Tugʻilgan joyi - Istambul
Mana oʻsha dongʻi ketgan va muhlislarini “Muhtasham yuz yil” serialiga ipsiz bogʻlab qoʻygan Sulton Sulaymon. Koʻpchilik muhlisalar aynan Halit Erkenchning jozibasi va maftunkorligi sababli televizor ekranlariga yopishib qoldilar. Tabiiyki, Ergench eng turk akterlarining ichida eng isteʼdodlilaridan biridir, uning hisobida kin ova seriallarda oʻynagan 30 dan ortiq rollari bor. “Muhtasham yuz yil” serialidan tashqari Halit yana bir qator filmlarda suratga tushdi. Uning ijrosidagi rollarni koʻrishni istasangiz, “Ming bir kecha” hamda “Mening vatanim –bu sen” nomli koʻp qismli romantik dramalarni yoki “Qizil Istambul” nomli toʻliq metrajli filmlarni tomosha qilishingiz mumkin. Bu kartinalarda ham Halit Ergench jozibali va maftunkor.


Tugʻilgan sanasi 13 fevral 1988 yil/29 yosh Burji – Dalv Tugʻilogan joyi - Istambul
Gyurbey Ileri qora koʻzli hamda oʻtkir nigohli barno yigit. U ham jozibadorligi bilan “Muhtasham yuz yil” seriali muhlisalarining qalbini zabt eta oldi. Akter serialda Sulaymon shoh hamda Hurramning birinchi oʻglining obrazini ijro etgan. Syujet davomida shoxning katt oʻgʻli chechak bilan kasallanib, ogʻir azoblar bilan jon berayotganida muhlislarning bari boʻzlab yigʻlaganlar. Ilerining filmografiyasi hali uncha uzun emas, ammo uning oʻzi ham hali 30 ga chiqqani yoʻq. Agar Gyurbeyni boshqa rollarini koʻrishni istasangiz, unda “Taqiq”, “Taqdirim bitilgan kun” yoki “Qushlar qanotidagi muhabbat” nomli seriallarni tomosha qilishingizni tavsiya qilamiz.


Tugʻilgan sanasi 27 oktayabr 1983 yil/33 yosh Burji – Chayon Tugʻilgan joyi - Adana
Quvonch Totlitugʻ “Taqiqlangan muhabbat” hamda voqea tavsilotlari XX asrning boshlaridagi Rossiya imperiyasida boʻlib oʻtadigan “Kurt Seit va Aleksandra” nomli seriallarning yulduzidir. Uni koʻpinch Bred Pitt hamda Devid Bekxemga oʻxshatishadi. Buning ajablanarli tomoni yoʻq, axir moviy koʻzli bu oq-sariqdan kelgan bolaning haqiqiy turk ekanligini bir qarashda bilish qiyin. Milan va Nyu-Yorkning podiumlari uni quchoq ochib kutub oldilar. Hozirda akter “Dovyurak va sohibjamol” serialida suratga tushmoqda.


Tugʻilgan sanasi 8 may 1975 yil/42 yosh Burji – Savr Tugʻilgan joyi - Istambul
Mehmet Gunsur nafaqqt akter, balki model hamdir. Bu uning jozibadorligi va maftunkorligini yana bir bor taʼkidlaydi. Akter 14 yoshida suratga tusha boshladi. “Bahorda ochilgan gul” serialidagi epizodik roldan keyin unga kattaroq rolni ishonib topshirishdi va u “Turk hammomi” kartinasida suratga tushdi. Mahalliy OAV unga kelajagi porloq akter, deb baho berdilar va yanglishmadilar. Navbatdagi “Paxta dalasining malikasi” hamda “Muhtasham yuz yil” seriallari sababli Gunsur nafaqat Turkiyada, balki dunyoning koʻpgina mamlakatlarida mashhur boʻldi. Sulton Sulaymon hamda Mohidavronning oʻgli rolini oʻynar ekan, otasi tomonidan qatl qilinganida barcha muhlisalarni yigʻlatdi.


Tugʻilgan sanasi 28 sentyabr 1986 yil Burji – Tarozu Tugʻilgan joyi – Eskishahar
Ezgin Ozturk – “Muhtasham yuz yil” dagi navbatdagi barno yigit. Taʼkidlab oʻtish kerak, bu serialning asosiy muhlislari – ayol kishilar. Shahzoda Salimning maftunkorligi ularni shaydo qilib qoʻygan. Ungacha Ozturk “Aybsiz aybdor” daramasida suratga tushgan boʻlib, u yerda ham Salim ismli yigit obrazini oʻynagan. Ozgunning oxirgi ishtirok etgan loyihasi – “Gyonulni esga ol” seriali boʻlib, u bir necha erkaklar orasidan oʻziga yor tanlashi kerak boʻlgan yetim qiz haqida hikoya qiladi. Tomoshabin ayollar albatta Ozturkni qoʻllab-quvvatlaydilar.


Tugʻilgan sanasi 13 dekabr 1978 yil/38 yosh Burji – Oʻqotar Tugʻilgan joyi - Istambul
Okan Yalabik “Muhtasham yuz yil” serialida Pargala Ibrohim-pasha obrazini talqin qilgan. U Sulton Sulaymonning yaqin doʻsti boʻlgan, lekin shunga qaramay u tomonidan qatl qilingan. Teleekrandagi raqiblar hayotda ham jozibadorliklari boʻyicha musobaqa olishar edi. Bundan tashqari Okan Yalabichning “Ov mavsumi” filmidagi qotillikni tekshiruvchi detektiv roli hamda ikki qoʻshni – Turkiya bilan Gretsiya oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar haqida hikoya qiluvchi “Kuz ogʻrigʻi” nomli siyosiy dramasidagi ishtiroki muvaffaqiyatli chiqqan.


Tugʻilgan sanasi 23 sentyabr 1990 yil/26 yosh Burji – Sunbula Tugʻilgan joyi - Istambul
Chagʻatoy Ulusoy roʻyxatimizdagi boshqa hamkasblari kabi akterlik kasbi bilan birga modellik faoliyatini ham olib boradi. Buning ajablanarli tomoni yoʻq, axir Ulusoy jozibali, maftunkor boʻlganligi uchun ayollarni oʻziga ohangraboday torta oladi. Uning eng taniqli rollari “Yovvoyi asal” filmidagi meʼmor-talaba hamda “Toshqin” serialidagi qashshoqlikdan chiqib, boy odamlar ommasiga kirib kela olgan yigit obrazlaridir. Hamma shu roʻyxatdagi akterlar kabi Chagʻatoy Ulusoyning ham “Muhtasham yuz yil” serialiga bogʻliqligi bor, albatta. Akter ushbu serialning davomi boʻlgan “Kesem imperiyasi” serialida bosh rollardan birini ijro etdi.


Tugʻilgan sanasi 21 iyun 1992 yil/25 yosh Burji – Egizaklar Tugʻilgan joyi - Alanya
Ekin Koch akter hamda musiqachi, oʻzining eng birinchi rolini toʻrt yil avval “Sizga bir sir aytaman” serialida oʻynagan. Bu uning uchun yaxshi boshlanish boʻldi, axir toʻrt yildan keyin u “Muhtasham yuz yil” ning davomi boʻlgan “Kesem Imperiyasi” serialida bosh rollardan biriga tasdiqlandi. Koch oʻz vazifasini aʼlo darajada bajardi – serialda u qoʻrquvdagi oʻziga ishonmagan oʻspirindan dushmanlariga nisbatan shavqatsiz boʻlgan Usmoniylar imperiyasining podshosi – Sulton Ahmadga aylandi. Tabiiyki, u muhlisalari qalbidan joy oldi, axir qattiqqoʻllik va hokimiyat ayollarni oʻziga rom etuvchi omillardan biridir.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



