Volterman – aqlli hamyon, uni ogʻirlamoqchi boʻlganni rasmga tushiradi.

Voltermandagi eng ajablanarlisi – hamyonga oʻrnatilgan, mittigina kamera. Agar hamyonni oʻgʻirlashsa unda “yoʻqotilgan tizim” yoqiladi, va kamera shu lahzada rasmga olishni boshlaydi, hamyoni oʻgʻirlamoqchi boʻlgan barchani.


Shunda rasm birdaniga biriktirilgan smartfonga joʻnatiladi, buning bilan nafaqat hamyon qayerda ekanligini real vaqt davomida kuzatish mumkin, balki oʻgʻri shahsiy narsalarni kovlayotganini ham. Buni SIM-karta yordamida amalga oshirish mumkin boʻldi, bu Voltermanni veb-sayti orqali telefonni kuzatish imkonini ham berdi.

GPS-maʼlumotlarni joʻnatish va rasmlarni serverga joʻnatishni toʻlovi Volterman qiymatini ichida boʻlsa ham, hamyon Wi-Fi tarqatish nuqtasi sifatida boʻlishi mumkin, bu esa qoʻshimcha toʻlov.

Kompaniyani takidlashicha, hamyon avtomatik tarzda 98ta davlatda mahalliy tarmoqlarga ulanadi, lekin hozirgi vaqtda aniq tariflar maʼlum emas. Lekin baribir, birlamchi hisob kitoblarga asosan, harajatlar oddiy roumingdan arzonroq boʻladi (1 GB uchun 15 AQSH dollari).

“Aqlli hamyonni” imkoniyatlar qatorini kiritilgan quvvat bloki yakunlaydi, undan smartfonni kabel orqali quvvatlash mumkin, yoki simsiz yoʻli bilan, agar mobil qurilmada bunday imkoniyat boʻlsa.

Volterman uchta turli oʻlchamda chiqariladi: katta boʻlmagan model kart-holder shaklida $ 98 turadi va 200 mAs akkumulyatoriga ega; oddiy hamyon $ 135 turadi va 2600 mAs akkumulyatori bilan; yoki kattaroq boʻlgan yoʻl hamyoni bor 5000 mAs akkumulyatori bilan $ 157ga, u koʻp miqdordagi kreditkalar, naqd pul va pasportni saqlash uchun moʻljallangan.

Qoʻshimcha toʻlovga simsiz quvvatlash qurilma sotib olish mumkin ($ 29) yoki hamyonni terisiga oʻz ismini yozdirish mumkin ($ 19). Hozir Volterman intellektual hamyoni Indiegogoda mablagʻ yigʻish kompaniyasini oʻtmoqda. Birinchi yetkazib berish, shu yilni Rojdestvosiga rejalashtirilmoqda.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



