Bayramona va kundalik dasturxonlar qanday bo'ladi? Dasturxon tanlash va uni saqlash qoidalari
Bayramona va kundalik dasturxonlar qanday bo'ladi? Dasturxon tanlash va uni saqlash qoidalari
Dasturxon bizning xayotimizda katta ahamiyatga ega. Xar bir xonadonda dasturxonlarning bir necha turlari va hillari bor. Ularning har biri o’ziga xos maqsadda foydalanish uchun mo’ljallangan.

Asosan ,oppoq, kraxmalli, o’ziga xos yorqin ko’rinishdagi dasturxonlar katta yig’inlar uchun mo’ljallangan bo’ladi. Bayramlar uchun esa uncha katta bo’lmagan chiroyli katakli yoki bir xil rangdagi dasturxonni tanlash mumkin.  Dasturxonlar turli rang va rasmli, har xil shakl va sifatli, har xil narxli bo’ladi. Qoidaga muvofiq uy bekalari hayot davomidagi turli hil xolatlar uchun mo’ljallangan har xil dasturxonlarga ega bo’lishadi.

Alohida e’tibor talab qiluvchi tabiiy daraxtdan yasalgan stollar uchun uch qavatli dasturxon ishlatiladi.

Birinchi qatlam- issiqlik o’tkazmaydigan.  Masalan : yupqa paxmoq adyol, choyshab yoki oddiy gazeta.

Ikkinchi qatlam-  nam o’tkazmaydigan. Masalan:  klyonka. To’rli dasturxonlar uchun rangli klyonka tanlanadi yoki aksincha, dasturxonning rasmi alohida ko’rinishi uchun tanlanadi.

Uchinchi qatlam- dasturxon.

Shu tariqa dasturxonni  tuzash judayam qulay bo’lib, bunda dasturxon o’z o’zidan surilib ketavermaydi, idishlar qoqilmaydi.

Agar stolingiz eski yoki bayram dasturxoni uchun plastik qoplamadan foydalanmoqchi bo’lsangiz, bunday holatda ham klyonka to’shash sizga qo’l kelishi aniq. Stolingizda alohida ko’rinish paydo bo’ladi va ohirida stolni yig’ishtirish sizga qiyinchilik tug’dirmaydi.

Uzunligi polgacha bo’lgan dasturxonlar burmali bezatilgan, sun’iy gullar, maxsus lentalar bilan ishlov berilgan bo’ladi. Stol atrofida kutilmagan qiziqarli voqealar bo’lishi tabiiy hol. Masalan bayramona ko’rinishdagi dasturxoningizga biror ichimlik to’kilib ketdi yoki bo’lmasa, yig’ishtirish davomida dasturxoningizda yoqimsiz dog’lar paydo bo’lganiga ko’zingiz tushdi.  Xafa bo’lishga hojat yo’q, asosiysi bayramingiz chiroyli o’tdi.

Bayram tugagach, hamma idishlarni yig’ishtirib oling. Agar imkoningiz bo’lsa, dasturxonni qoqib,  yuvib tashlang, hech bo’lmaganda tog’oraga sovuq suv to’ldirib soling – yangi dog’lardan tezda halos bo’lasiz.

Chiroyli paxtali nozik ishlangan dasturxonlarning narxi qimmat bo’ladi. Yozilgan dasturxonni har bir bayramdan keyin tozalash , kraxmallash, dazmollash esa kattagina mehnat talab qiladi.  Shuning uchun bu kabi dasturxonlar katta bayramlar yoki alohida eng aziz mehmonlar uchun tanlanadi.

Sizning xonadoningiz mehmondo'st bo’lsa va har doim mehmonlar tashrif buyurib tursalar, ko’p vaqt va kuchingizni dasturxonni tartibga keltirishga sarflash bekor ketadi. Shuning uchun bu xolda oppoq, to’rli va 100 foiz sintetik dasturxon ishlating – uni yuvish ham, oqartirish ham oson bo’lib, har doim chiroyli ko’rinishda bo’ladi.

Bunday sintetik  dasturxonlar har xil ko’rinishda, rang va o’lchamda tayyor sotiladi. Bu kabi dasturxonni o’zingiz qo’l va ozgina fontaziyani ishlatib tiksangiz ham bo’ladi.  Bunda bayram stolingizni ortig’i bilan o’lchang.  Stolning o’lchami odatda oila a’zolari va mehmonlarning o’rtacha miqdori bilan o’lchanadi. Dasturxon esa stoldan har tomonlama hech bo’lmaganda  10sm katta bo’lishi kerak.

Nafis torli yoki qavariq to’rli, rasmli matodan judayam chiroyli dasturxon chiqadi. Setka, yengil naqshli, mayda xolli yoki mayda gulli matolardan ham foydalansa bo’ladi. Xonadonda mehmonlar uchun har xil rangdagi bir nechta dasturxondan ko’ra bitta katta dasturxon tutgan ma’qul yoki bo’lmasa bir nechta (2-3) bir xildagi dasturxonni tuting.  Bunda siz o’zingiz xohlagan o’lchamdagi dasturxonni tuzay olasiz.

Eslirgan, lat yegan, dog’ tushgan dasturxon hech qachon bayram dasturxoni bo’la olmaydi. Eski dasturxoningizni ro’zg’or ishlarida foydalanish uchun olib qo’ysangiz bo’ladi.  Shuningdek, ulardan kichik dasturxoncha yoki salfetkalar tikib qo’ysangiz bo’ladi

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook