Garri Potter haqida qiziqarli faktlar
Aladakidavra!!!

Barchamiz Garri Potter sarguzashtlarini maza qilib tomosha qilganmiz va keyinchalik ham qayta ko’rishimiz aniq. Lekin sahna ortida qanday ajoyib va kichik sirlar yashiringanini hamma ham bilavermaydi. Quyida siz uchun qiziqarli bo’lishi mumkin bo’lgan Joan Rouling asari asosida suratga olingan Garri Potter ko’p qisimli filmi haqida ba’zi faktlarni keltirib o’tmoqchimiz.

Tasodifmi?

Tasodifmi?

Garri Potterning tug’ilgan kuni 1980 yil, 31 Iyul. Joan Roulingning ham tug’ilgan kuni 31 Iyul, faqat 1966 yil.

Qari, lekin yosh

Qari, lekin yosh

“Garri Potter va sirli xona” qismidagi Yig’loqi Mirtel rolini ijro etgan aktrisa 37 yoshda bo’lgan. Hogvarts studentlarini ijro etganlar orasida eng yoshi kattasi.

@#*!

@#*!

Roulingning asarida Ron Vizli personaji juda ko’p so’kinardi, lekin nashriyotchi bunday tusda so’zlashishni yosh o’quvchilar uchun noo’rin deb topdi.

J.K. – Just Kidding! (shunchaki hazil)

J.K. – Just Kidding! (shunchaki hazil)

Erkak o’quvchilarni jalb qilish uchun Roulingning nashriyoti unga haqiqiy ismi o’rniga initsiallarini qo’yishni taklif etdi. U J.K. ni tanladi – “K” uni buvisining ismi, Ketlin. Shunga qaramasdan “Ketlin” yoki “K” uning qonuniy ismi emas.

Spoyler xabar

Spoyler xabar

Faqatgina Proffessor Sneypni o’ynagan aktyor Alan Rikman, o’z obrazining keyingi taqdirini bilgan, chunki Rouling unga aytib qo’ygan.

Harakat qilibdiku!

Harakat qilibdiku!

Tom Felton boshida Garri Potter va Ron Vizli rollariga nomzodlik qilgan, lekin uni Draco Malfoy roliga olishgan.

Hayratlanarli

Hayratlanarli

Garri Potter haqidagi faktlar orasida eng lol qoldiradigani, J. Rouling kitob yozish orqasidan milliarder (dollarda) bo’lib ketgan birinchi inson.

Garri Potterning ikkinchi filmida ishlatilgan uchar avtomobil, rekvizitlar orasidan o’g’irlab ketilgan. Uni 7 oydan keyin, politsiyaga qilingan anonim qo’ng’iroqdan so’ng qayerdaligi topilgan.

Haqiqiy omadsizlik

Haqiqiy omadsizlik

Garri va Ron medalyonni sindirishni eplay olmagan va bu sahnada rolini to’g’ri o’ynolmaganligi sababli Salazar Slizerin medalyonini 40 marta qayta yasashga to’g’ri kelgan.

Rolga kirishish

Rolga kirishish

Filmning asosiy uch qahramoni bilan yaqindan tanishish maqsadida, film direktori Aldonso Cuaron har biriga o’zi haqida insho yozishni topshirgan. O’zlarining obrazlariga mos ravishda, Emma Watson 16 varroqli insho, Daniel Radcliffe oddiy bir betli insho yozgan. Rupert Grint esa, xatto, urinib ham ko’rmagan. Mana buni haqiqiy kasting desa bo’ladi!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations