Adolf Gitlerning fojiali yakun topgan ishqiy munosabatlari


Tarixda Adolf Gitler haqida bir-biriga zid maʼlumotlar tarqalgan: kimdir uni erkak sifatida mukammal boʻlmagan desa, yana kimdir u mutlaqo sogʻlom boʻlganligini ta;kidlaydi. Gitlerning ishqiy munosabatlariga guvoh boʻlganlarning aytishlaricha, uning ayollar bilan boʻlgan ishqiy munosabatlarining koʻpchiligi fojiali yakun topgan. Adolf aniq nechta ayollar bilan ishqiy munosabatda boʻlganligi maʼlum emas, biroq ulardan beshtasi fyurerning hayotida muhim oʻrin tutganlar.

Fransuz qassobining qizi Gitlerning birinchi maʼshuqasiga aylandi. 1916 yilda yosh Adolf Gitler Gʻarbiy frontda yefreytor darajasida xizmatini oʻtayotgan davrida 18 yoshli Sharlotta bilan uchrashgan. Sharlotta Adolf ijarada yashagan xonadon egasining qizi boʻlgan, u bilan ishqiy munosabatlar bir yil davom etgan. Biroq Adolf harbiy xizmat taʼtiliga ketib, sevgilisining yoniga boshqa qaytmadi.

Qizigʻi shundaki, kuyov qochib ketganidan koʻp oʻtmay, yosh fransuz ayol farzandli boʻldi va unga Jan-Mari, deb ism qoʻydi. Jan-Marining oʻzi fyurerning oʻgʻli ekaniga amin edi va buning belgisi sifatida fyurerga oʻxshab, bir umr qoʻngʻiz moʻylov qoʻyib yurdi. Gitler oʻgʻlini tan olmadi, genetik tahlil qilish esa maʼlum sabablarga koʻra imkonsiz edi.

1926 yilda Bavariyada siyosatchi sifatida tanilib ulgurgan Adolf Gitler Berxtesgadenlik tikuvchining 16 yoshli qizi bilan tanishadi. Aytishlaricha, uning oʻzi sayr vaqtida yosh xonimga murojaat qilib, uchrashishni taklif qilgan. Qizning otasi milliy sotsializmning ashaddiy raqibi boʻlgan va sotsial-demokratik partiyaning yigʻilishlarida qatnashgan. Bu narsa munosabatlarga jozibadorlik berib turar edi.
Adolf oʻzini "Janob Boʻri" deb tanishtirdi va qizni “Mushukcha" va "yoqimli qizcha", deb atadi. Ehtimol, Mariya 37 yoshli siyosatchiga qattiq koʻngil qoʻygan, shuning uchun hamu Gitlerning itiga nisbatan qilgan shafqatsizligini kechirgan va restoranda oʻzining vegetarianligiga urgʻu bergan holda goʻshtli taomlar haqidagi jirkanch izohlariga chidagan. Fyurer balogʻat yoshiga yetmagan Reyter bilan yaqin aloqada boʻlmagan, deb aytiladi. Siyosatchining siyosiy raqiblari uning ishqiy munosabatlari orqali saylovchilar oldida qoralashga uringandilar. Shu sababli 1928 yilda ular ajralishdilar.
Gitlerdan ayrilish yosh xonim uchun qiyin kechdi – Mariya hatto oʻz joniga qasd qilishga ham harakat qildi. 1931-1933 yillarda, muvaffaqiyatsiz nikohdandan soʻng, Reyter Adolfning maʼshuqasiga aylandi va ularning munosabatlari erkakning joniga tegmaguncha davom etdi.

1929 yilda Berlinga Gitlerning yoniga beva qolgan opasi 21 yoshli qizi bilan birga keldi. Qizning ismi Geli Mariya Raubal boʻlib, u juda goʻzal, bokira va bolalardek begʻubor edi. Qizning qattiqqoʻl oʻgay togʻasi boʻlmish Adolf poytaxtning joʻshqin hayot tarzi yosh qizning boshini aylantirib qoʻyishiga yoʻl qoʻymadi – Gitler gʻayritabiiy ishtiyoq bilan Gelining har bir qadamini kuzatib, xushtorlarning hech birini yoniga yoʻlatmadi, qizning barcha harakatlarini nazorat qilib bordi. Fyurening hayotida Yeva Braun paydo boʻlganida, uning jiyaniga qiziqishi susaydi, ammo endi qiz uni rashk qila boshladi.

1931 yil 18 sentyabrda oʻz xonasida Geli Raubalning jasadi topilgan. Qizning qoʻli Gitlerning “Valter” toʻpponchasini siqib turar edi, undan otilgan mashʼum oʻq qizning hayotiga nuqta qoʻygan edi. Siyosatchining qarindoshi oʻlimini oʻz joniga qasd qilgan, deb ovoza qilishdi, biroq koʻpchilik zamondoshlarning fikriga koʻra, qizni togʻasi otib oʻldirgan boʻlishi mumkin. Gap shundaki, oxirgi paytlarda Raubal suyukli yoridan ayrilganiga koʻnikdi va oshiqlaridan biri, Gitlerning shaxsiy haydovchisi – Emil Moris bilan uchrashishga roziligini bildirdi. Qizning homiladorligini bilib qolgan Adolf gʻazab ustida uni otib qoʻygan boʻlishi mumkin, degan taxminlar bor. Gelining oʻlimi boʻlajak diktatorni chuqur qaygʻuga botirib, yiqitib qoʻydi – hattoki uning oʻzi ham oʻz joniga qasd qilishni rejalashtirdi, ammo butun insoniyatning baxtiga qarshi afsuski, fikrini oʻzgartirdi.

Yuniti Mitford Buyuk Britaniyalik oqsuyak xonim, 1935 yilda Gitlerning hayotiga kirib kelgan. Qiz sevimli insonining gʻoyalarini astoydil qoʻllab-quvvatlar va shu bilan birga Germaniyaning dunyo hukmronligi Buyuk Britaniya bilan boʻlishishi kerak, deb hisoblar edi.

Yunitini Adolf “Valkiriya”, deb atar edi. U bu ayolga oʻziga ishonganday ishongan hamda uning fikrlarini ham inobatga olgan. 1939 yil 3 sentyabr kuni, Buyuk Britaniya bilan Germaniya oʻrtasida harbiy harakatlar boshlanganida, Mitford oʻzini otib oʻldirishga harakat qildi – boshiga qarab oʻq uzdi, biroq omon qoldi. Tirik qolgani bilan oʻq qizning boshida qolib ketdi va 1948 yilda uning toʻsatdan vafot etishiga sababchi boʻldi.

Fyurer rasmiy nikohdan oʻtgan yagona ayol bu Yeva Braundir, garchi nikoh oʻlimlaridan bir necha soat avval tuzilgan boʻlsa ham. Gitler Myunxendagi oddiy oʻqituvchining 17 yoshli qizi Yeva Braun bilan 1929 yilda tanishgan, ammo ularning munosabatlari 1931 yilda, Geli Raubalning fojiali oʻlimidan soʻng boshlangan. Siyosatchi bilan yashash Yevaga koʻpam zavq keltirmadi – Adolf uylanishga shoshilmas va alohida xonada yotardi. Arxitektor A. Spererning taʼkidlashicha, Fyurer Yevaga oʻziga xos surbetlik bilan munosabatda boʻlgan va faqat sayr vaqtidagina uni doʻst sifatida qadrlagan. Sevib qolgan ayol uchun qiyin kechayotgan munosabatlar uning muvaffaqiyatsiz amalga oshmay qolgan oʻz joniga qasd qilish harakatlaridan keyin qisqa vaqtgagina yaxshilanar edi – bu borada Braun “yaxshigina mutaxassis” edi. Biroq hech narsaga qaramay 1945 yilning 29 aprel kuni Yeva bilan Adolf turmush qurishdi va ertasi kuni birgalikda oʻz jonlariga qasd qilib, vafot etishdi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



