Agar ari chaqib olsa. Ari, asalari, tukli ari yoki qovogʻari chaqib olgan taqdirda birinchi yordam koʻrsatish

Oddiy sariq arini umrida hech boʻlmasa bir marta uchratmagan insonni topish juda qiyin. Agar shunday odamni bilsangiz uni ari bilan tanishtirishning eng oddiy usuli - kichginagina bir boʻlak xom goʻsht yoki bir piyola suvga ikki qoshiq shakarni aralashtirib ochiq joyga qoʻyib qoʻying. Ari oʻzini koʻp kuttirmaydi. Asalari, tukli ari, qovogʻarilar esa oddiy arilarga nisbatan kamroq uchraydi.



Shuni doim esda tutish lozimki, ari chaqqandan keyin badaningizdan uning nishini izlab vaqt oʻtkazishning keragi yoʻq, chunki u nishni badaningizda qoldirmaydi, agaruni oʻz badaningizga “pechatlab” qoʻymagan boʻlsangiz, albatta. Ammo asalari chaqib olgandagi holat mutlaqo boshqacha kechadi. Asalarining nishida kertikliklari bor. U chaqqan paytda nishi badaningizda qolib ketadi. Shuning uchun ham uni chiqarib tashlash kerak. Bu juda oson, eng asosiysi - yaraga infeksiya kirib qolmasligi uchun uni, va shu bilan birga asalari nishini olish asbobini dezinfeksiya qilib tashlash kerak. Buni yara uchun vodorod perekisi,suv bilan chatishtirilgan nashatir spirti, yod, spirt eritmasi yordamida, asbob (masalan pinset) uchun esa oddiy tibbiy etil spirti yordamida amalga oshirish mumkin.
Juda muhim! Zaharni siqib chiqarishga urinmang, chunki salga yaraga infeksiya kiritib qoʻyish mumkin.

2. Endi, nish chiqarib tashlangandan soʻng, zaharni organizmga tarqalib ketishiga toʻsqinlik qilish, shuningdek allergik reaksiyaning oldini olib, uni vujudga kelishiga yoʻl qoʻymaslik zarur.
— umumiy toksik reaksiya paytida jabrlangan iloji bor qadar koʻproq suyuqlik ichishi tavsiya etiladi. Eng afzalrogʻi — shirin toza suv, issiq shirin choy;
— Shishib ketgan joyga sovuq suv toʻldirigan grelka yoki nam sochiq qoʻyilgani maʼqul, buzaharning organizmga singishini ancha sekinlashtiradi;
— Birparcha matoni oziq-ovqat sodasi eritmasi (1 stakan suvga 1 choy qoshigʻi) bilan hoʻllab chaqib olingan joyga 15-20 daqiqaga qoʻyish kerak.
— Yaraga qoʻyilgan suvga ivitilgan oqqand boʻlakchasi zaharni chiqarib tashlashga yordam beradi.
—“Klaritin”, “Suprastin” yoki shunga oʻxshash boshqa dori moddalar qabul qilinishi bilan allergik reaksiyaning oldi olinadi.
— Chaqib olingan joyga sovuq kompress yoki matoga oʻralgan muz eng kamida 30 daqiqaga qoʻyilishi kerak. Shu bilan birga yaraga spirtga yoki suv bilan chatishtirilgan sirkaga ivitilgan matodan kompressni ham qoʻysa boʻladi;
— Limon sharbatidan kompress tayyorlash ogʻriqni bartaraf qilib shishib ketishni pasaytiradi;
— hushboʻy kalliziya damlamasi bilan aroqdan kompress tayyorlash mumkin;
— chaqib olingan joyga kesilgan piyozbosh, pomidor yoki sarimsoq piyozni qoʻyish;
— yarachaga kesilgan olmani qoʻyish;
— yarachaga maydalangan yoki chaynalgan yangi uzilgan petrushka (kashnichsimon koʻkat) barglarini qoʻyish;
— chaqib olingan joyga suvga ivitilgan Validol tabletkasini qoʻyish;
— Dimedrol qabul qilish. Bu dori moddasini faqat agar shish juda katta boʻlib ketsa, yaʼni allergik reaksiya boshlangan boʻlsagina qabul qilish zarur;
— soda bilan suvdan tayyorlangan boʻtqachani chaqib olingan joyga qoʻyish. Qizarishniham, boʻrtishni ham, ogʻriqni ham qoldiradi;
— yarachaga kalanxoe yoki zupturum bargini qoʻyish;
— chaqib olingan joydagi teriga kalendula yoki zupturum eritmasini surtish. Ularni dorixonada sotib olish mumkin;
Muhim! Alkogol mutlaqo toʻgʻri kelmaydi, chunki ushishlar va solqishlarni badtar kuchaytirib yuboradi.
Arterial qon bosimining keskin tushib ketishini oldini olish uchun, jabrlangan kishiga kordiaminning 20-25 tomchisini berish mumkin.
Muhim! Hasharotlarning chaqishiga allergiyasi bor kishilar yozda oʻzi bilan birga allergolog tomonidan allergik kasallikka egabemor “pasporti”ni olib yurish tavsiya etiladi. Bunday hujjatda bemorning ismi, familiyasi va otasining ismi, uningyoshi, uy adresi, telefon raqami, diagnoz, bemor tekshirishdan oʻtgan allergologik kabinetning telefon raqami va pardaqanotlilar tomonidan chaqish hodisasi roʻy bergan holdagi birinchi zaruriy yordam choralari yozilgan boʻladi. Bundan tashqari shpris va “pasport”da koʻrsatilgan dori moddalar ham kerak boʻladi, albatta. Biroq, anafilaktik shok holati yuz bergan taqdirda zudlik bilan “Tez tibbiy yordam”ni chaqirish yoki jabrlangan kishini eng yaqin tibbiy muassasaga yetkazib qoʻyish zarur.

Ari yoki boshqa chaqagʻon hasharotning chaqishidan keyin agar anafilaktik shok (oʻta kuchli allergik reaksiya) boshlangan taqdirda asoratlar yoki oʻta mushkul vaziyatni oldini olish uchun quyidagi choralarni koʻrish zarur:
1.Jabrlangan kishini tor kiyimdan xalos qilish va toza havo bilan taʼminlash.
2. 2 kubikli shprisga bir ampula (1 ml) adrenalin olinadi. Shundan keyin jabrlangan kishining yelkasiga 0,5 ml inʼyeksiya qilinadi. Shpris bekitilib har ehtimolga qarshi adrenalin bilan birga bir chetga olib qoʻyiladi.
3. 5 kubikli yana bir shprisga 3 ampula deksametazon (3 ml) olinib boshqa yelkaga inʼyeksiya qilinadi.
4. Agar alomatlar 15 daqiqada yoʻqola boshlamasa-yu, allergik reaksiya kuchayib borsa,qolgan 0,5 ml adrenalin inʼyeksiya qilinadi.
5. Shu bilan birga 2 tabletka “Tsetrina”, “Suprastin”, “Klaritin” yoki shu kabi boshqa antigistamin dori modda ichilishi kerak.
6. Chaqib olingan joyga sovuq kompress qoʻyilib jabrlangan zudlik bilan tibbiy muassasaga yetkazilishi kerak.
7. Agar anafilaktik shokning alomatlari qaytadan paydo boʻla boshlasa (qichshish kuchaysa, nafas olish qiyinlashsa) yana 3 ml “Deksametazon” mushaklar ichiga kiritiladi.
8.Shifokorlar yetib kelguniga qadar “Ari chaqqanda birinchi yordam” boʻlimida taʼriflab berilgan choralarni amalga oshirish mumkin.
Muhim! “Deksametazon”ning nojoʻya taʼsiri bor, shuning uchun ham ushbu dori moddasiga ilova qilingan qoʻllanma bilan yaxshilab tanishib chiqish zarur.
9.Shiddatli ravishdagi anafilaktik shokning rivojlanishi paytida yurak toʻhtab qolsa, sunʼiy nafas oldirish va yurakning toʻgʻri boʻlmagan (yopiq) massaj qilishni boshlash kerak.

Shuni esda tutish zarurki, arilar hech qachon odamga sababsiz hujum qilmaydi. Ular faqat himoyalangan paytda, yoki oʻziga nisbatan tajovuzni sezgan paytida chaqadi. Albatta, odam boshi uzra yoki yuzi atrofida ari gʻoʻngʻillab turishi juda yoqimsiz. Shunda aksariyat odamlar arini haydab yuborish maqsadida qoʻlllarini siltay boshlaydi. Ari esa insonning bu harakatini oʻziga nisbatan tajovuzkorlik sifatida qabul qiladi, shuning uchun ham, himoyalanishning chorasini qoʻllaydi va chaqib oladi.

Asalarilar oddiy aridan farqli oʻlaroq hech qanday sababsiz ham chaqishi mumkin. Asalarilar ter hidiga oʻta chidamsiz, bu esa chaqish hodisalarining 99 foizidaularning hujumga oʻtishiga olib keladi. Bundan tashqari, asalari chaqqan paytda, zahardan tashqari boshqa asalarilarni “shu nishonga qarab olgʻa!” tarzidagi signal sifatida undovchi maxsus moddani ham chaqqan joyga quyadi. Shuning uchun ham, agar issiq kunda asalari uyalarining yaqinida yursangiz-u, Sizga bitta asalari hujum qilsa, asalari xoʻjaligidan iloji bor qadar tezroq uzoqlashishga harakat qiling.

Hech qachon vahimaga tushmang va qoʻllaringizni keskin siltamang, ayniqsa ari yoki asalarini oʻz qoʻlingiz bilan urib oʻldirishga urinmang. Hech boʻlmaganda hasharotni sochiq, roʻmol, gazeta oʻrami yoki boshqa narsa bilan urib yerga tushirish mumkin. Biroq buni ham eng oxirgi chora sifatida qoʻllash tavsiya etiladi. Bunday holda tutilgan eng toʻgʻri yoʻl - shunchaki oʻgirilib bir chekkaga oʻtib olish.

Gohida ari, asalari, tukli ari yoki qovogʻari eng kutilmagan hollarda chaqib olishi mumkin, masalan, motosiklada shlemsiz harakatlangan paytda ularga oʻz yuzingiz bilan kelib urilsangiz, ularning yerda joylashgan uyiga bosib olsangiz, yoki yopiq gul nima uchun qimirlayotganini tekshirshga urinsangiz. Nima boʻlganida ham vahimaga yoʻl qoʻymang. Buning oʻrniga vaziyatga hushyorlik bilan baho bergan holda muammoni hal qilishga kirishing.
Muhim! Agar badaningizdagi chaqib olingan haddan ziyod shishib ketayotganligini payqab qolsangiz, harorat oshib borayotgan boʻlsa yoki boshqa keskin alomatlar vujudga kelayotgan boʻlsa vaziyat oʻta murakkablashib ketmasdan darhol shifokorga murojaat qiling. Ari chaqishiga yengil-yelpi qaramang. Shuni esda tutingki, har yili akulalar, zaharli ilonlar, meduzalar, yirqich hayvonlarning tajovuzidan koʻra arilar, asalarilar, tukli arilar va qovogʻarilarning chaqishidan bir necha barobar koʻproq odam hayotdan koʻz yumadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



