"Alanga oʻlkasi"ga sayohat qilishni istaysizmi?

Mamlakat Kaspiy dengizining qirgʻogʻida joylashgan. Respublika aholisi 9,8 million kishini tashkil qiladi. Boku - mamlakatning poytaxti boʻlibgina qolmay, uning eng yirik shahri hamdir. Odamlar orasida rus tili keng tarqalgan, yoshlarning aksariyat qismi ingliz tilida ham osonlikcha muloqot qila oladi. Ozarbayjon Respublikasi Eron, Turkiya, Rossiya, Gruziya hamda Armaniston bilan chegaradosh. Sharqiy tomondan esa uni Kaspiy dengizi oʻrab turadi.

Qadimda Buyuk Ipak Yoʻlining muhim nuqtalaridan biri boʻlgan mamlakat koʻplab millatlar va sivilizatsiyalarni oʻz bagʻrida saqlagan betakror hudud edi. U hamisha oʻlka odamlari, olimlar, shoirlar, sayohatchilar, tarixchilar, bir soʻz bilan aytganda daholari ila dong taratib kelgan. Ushbu hudud haqidagi qadimgi qaydlarni Gerodot, Strabon, Klavdiy Ptolomey asarlarida uchratish mumkin.
Oʻlkada 7500 dan ortiq tabiiy, arxeologik va tarixiy yodgorliklar mavjud. Koʻpchilikka maʼlumu mashhur boʻlgan "Qiz minorasi" ham aynan Ozarbayjon hududida joylashgan.

Oʻlkaning "Alanga yurti" deya nom olishiga sabab qadimda bu yerda ibtidoiy otashparastlar istiqomat qilgani bilan bogʻliq.
Bu zamonaviy arxitektura kompleksi boʻlib, uni yangi va rivojlanayotgan Ozarbayjonning timsoli sifatida yaxshi bilishadi. Inshoot oʻzida olov koʻrinishidagi ulkan shishali binolarni aks ettirgan. Tun paytida bino yuzasida turli chiroqlar nuri jilolana boshlaydi va binolarni olov koʻrinishiga keltiradi. Ushbu binoning rangdor nurlarini Bokuning istalgan burchagidan turib kuzatish mumkin.



"Icheri Shexer" qaʼlasi tarkibidan oʻrin olgan qadimgi va sirli bino Boku shahrining timsollaridan biri sanaladi. Inshoot, shu bilan birga Ozarbayjon arxitekturasining oʻziga xos timsoli hamdir. Aytishlaricha, bir zamonlar bu yer zardushtiylar ibodatxonasi boʻlgan ekan.



"Icheri shexer" Bokuning eng qadimiy turarjoy kvartali sanaladi. Hudud bugunga qadar yaxshi holatda saqlangan tarixiy devorlar bilan qurshalgan. Maʼlumotlarga koʻra, bu yerda odamlar bronza davridan beri istiqomat qilishadi. Ayni paytda bundan yuz, hattoki ming yillar avval qurilgan uylarda ham odamlarni koʻrish mumkin. Bu yerning tosh koʻchalarida vaqt xuddi toʻxtab qolgandek tuyuladi.




Mazkur saroy XV asrda bunyod etilgan. Bu yerda Shirvonning hukmdorlari istiqomat qilganlar. Bino qizil, tillarang va jigarrang tusda nur taratadi. Bundan tashqari hududda shohlar maqbarasi, saroy masjidi, Devonxona hovlisi, Sayyid Yaxyo Bokuviy maqbarasi ham bor.



Mazkur karvonsaroy bir zamonlar Buyuk Ipak Yoʻli hududida joylashgan. Savdogarlar, ish beruvchilar, sayohatchilar, olimlar oʻzsafarlari paytida mana shu yerda toʻxtab hordiq chiqarishgan va safarning keyingi qismi uchun kuch yigʻib olishgan. Ayni paytda karvonsaroy ichida mehmonxona faoliyat olib boradi, binoning yana bir qismi esa muzey sifatida ishlatilmoqda. Karvonsaroy devorlari chidamli va qalin toshdan tiklangan, arkali darvozalar keskin holatlarda qattiq yopilgan va bino ichidagi odamlarning xavfsizligini taʼminlagan.



Zamonaviy futuristik koʻrinishiga ega boʻlgan mazkur bino ichida muzeylar, kongress markazlari, ofislar, koʻzgazma galereyalari joylashgan boʻlib, bir soʻz bilan uni mamlakatning madaniy faxri sifatida tilga olsa arziydi. Markaz 2014 yilda eng yaxshi dizayn yoʻnalishida halqaro mukofotga sazovor boʻlgan. Bino 2006 yilda Ozarbayjon madaniyati, anʼanalari, tili va tarixini rivojlantirish maqsadida barpo qilingan.



1. Ozarbayjonning pul birligi boʻlmish manat dizayni ustida yevro dizaynini yaratgan ijodkor ish olib borgan. Shu sababli ham ushbu ikki valyuta bir-biriga oʻxshab ketadi.
2. Mamlakatning 50% hududi togʻlar bilan qoplangan.
3. Geografik jihatdan mamlakatning ayrim hududlari Sharqiy Yevropaga tegishlidir.
4. Ozarbayjonda oʻsadigan 240 hil oʻsimlik turini dunyoning boshqa hech bir burchagida uchrata olmaysiz.
5. Ozarbayjon hududida 350 ta loyli vulqonlar joylashgan.
6. Mamlakat aholisining yarmidan koʻpi Boku shahrida yashaydi.
7. Ozarbayjon aholisining 99% i Islom diniga eʼtiqod qiladi.
8. Mamlakatda palovni 50 hil koʻrinishda tayyorlash usullari mavjud.
9. Sobiq sovet ittifoqidagi birinchi sirk Ozarbayjonda ochilgan.
10. Boku shahrida 77 nafar millat vakillari hayot kechirishadi.

Ozarbayjon taomlari oʻzining turli-tumanligi, toʻqtutarlik sifatlari bilan dong taratgan. Ular orasida shashliklar va tandirda pishiriluvchi taomlar juda ham mashhur. Ozarbayjonliklar qoʻy goʻshtidan tayyorlangan taomlarni sevib isteʼmol qilishadi. Oʻlka odamlari nachinkali blinchiklarni "Kutab" deya ataydilar. Kutab pishirish vaqtida nachinka sifatida sabzavotlar, qovoq hamda goʻshtdan foydalanish mumkin. Ozarlar odatda bir piyola choy ustida suhbat qurar ekanlar, ermak sifatida murabbo tanovul qilishadi.
Ozarbayjon odamlari nonga hurmat borasida huddi oʻzbeklar kabi ish tutadilar. Ular nonni shunchalar yaxshi koʻrishadiki, tasodifan yerga tushurib yuborsalar, darhol qoʻllariga olib, uni oʻpib qoʻyishni unutishmaydi.



Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



