Aleksandr Pushkin haqida 10 ta fakt

Bugun sizga, taxminimiz boʻyicha Aleksand Sergeevichning oʻzi keng ommaga bildirmagan, biografiyasining bir qancha faktlarni taqdim qilamiz.

1. Pushkin esini 4 yoshida tanigan. U bir necha marotaba sayrga chiqqan kunida yer qimirlagani va ustunlarning tebranib turganini koʻrganini aytib bergan edi. Moskvadagi oxirgi zilzila esa aynan 1803 yili qayd etilgan edi.


2. Aytganday, taxminan oʻsha vaqtlarda Pushkinning imperator bilan birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtgan edi. Kichkina Sasha, oʻsha kuni u bilan baravar sayrga chiqqan Aleksandr I ning oti tuyoqlari ostida qolishiga sal qolgan edi. Xudoga shukurkim, Aleksandr I otini toʻxtatib qola olgan va goʻdak shukastlanmagan. Yagona xazilakamiga emas qoʻrqib ketgan odam bu Pushkinning enagasi edi.

3. Mashxur litseyga esa, maʼlum boʻlishcha, Pushkin tanish bilish orqali kirgan ekan. Litseyni vazir Speranskiyning oʻzi tashkil etgan ekan. Oʻquvchilar yigʻimi juda kichik - atigi 30 nafar odamni tashkil etgan. Biroq Pushkinning juda taniqli va isteʼdodli amakisi - Vasiliy Lvov Pushkin boʻlgan edi. U Speranskoy bilan shaxsan tanish boʻlgan edi.



4. Bitiruv kechasi uchun tayyorlangan, aʼlochi oʻquvchilar roʻyxatida, Pushkin oxiridan ikkinchi boʻlgan.
5. Litseyda Pushkin birinchi bor sevib qolgan. Uning yutuqlari roʻyxatini oʻqishdan koʻra, u haqida odamlarning fikrlarini oʻqish qiziqroq. Masalan, uning akasi Pushkin koʻrinishi unchalik ham yaxshi emas, boʻyi past boʻlganini, lekin nima uchundir ayollarga yoqqanini aytgan. Bu narsa, Pushkin ham sevgan, Vera Aleksandrovna Nashokinaning taʼsirli xati bilan ham tasdiqlanadi: "Pushkin juda jingalak sochli shaten, moviy rang koʻzli va ajablanarli yoqimtoy edi". Darvoqe Pushkinning akasining oʻzi uni kimdir qiziqtirsa, u juda ham oʻziga rom etadigan boʻlib qolishini tan olgan edi. Boshqa tomondan, agarda Pushkin zerikkan va qiziqmagan hollarda, u zerikarli va chidab boʻlmaydiga boʻlib qolgan va uning nutqi sust boʻlgan ekan.

6. Pushkinning birinchi dueli litseyda yuz bergan ekan. Umuman olganda esa, uni duelga 90 marotabadan koʻproq chaqirishgan ekan. Pushkinning oʻzi yuz ellik marotabadan koʻproq otishishni taklif qilgan. Sababi esa bir chaqaga arzimaydiga boʻlishi mumkin edi - masalan, Pushkin mayda chuyda narsalar haqida boʻlgan bahs mobaynida kutilmaganda kimnidir pastkash deb atab yuborishi mumkin edi. Va bu oʻz oʻzidan otishish bilan yakunlanar edi.



7. Yana Pushkinda qarta qarzlari boʻlgan edi va ular juda jiddiy edi. Lekin u deyarli doim ularni toʻlash uchun mablagʻ topardi, biroq qandaydir ushlanib qolishlar yuz bergabda u oʻz kreditorlariga yovuz epigrammalar yozib, daftarlarda ularga karikaturalar chizardi. Kunlardan bir kun shunday bir varoqni topib olishgan va juda katta janjal boʻlgan.
8. Ha, xorijliklar Pushkin haqida mana nima yozadilar. Aniqlanishicha, Evgeniy Onegin - bu umuman birinchi rus romani ekan (sherlarda boʻlsa ham). Shunday deb, 1961 yilning taxriridagi "Britaniya ensiklopediyasi" da yozilgan. Huddi oʻsha yerda Pushkindan avval rus tili badiy adabiyot uchun umuman yaroqsiz boʻlgan deb yozilgan.

9. Aytganday, Rossiyada 1912 va 1914 yillarda Pushkinning sheʼrlar toʻplamlari chiqqan edi. Ular xozir biografik noyoblikka aylanishgan. Toʻplamni tuzuvchi allaqanday V. Lenin boʻlgan, soʻz boshini esa, A. Ulyanov yozgan. Lenin - nashirchi Sitinning taxallusi boʻlgan edi (uning qizini Elena deb atashar edi), adabiyotshunos Ulyanov esa familiyadosh boʻlgan xalos.
10. Va soʻz oxirida qiziqarli fakt. Toʻgʻrisini aytganda u Pushkinning biografiyasiga u qadar taaluqli emas. Efiopiyada bir necha yil avval Pushkinga haykal oʻrnatilgan edi. Chiroyli marmar postamentda esa "Bizning shoirimizga" degan yozuv yozilgan edi.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



