Qiziqarli

Alibaba yolgʻiz insonlar kunida savdo rekordini oʻrnatdi

Alibaba yolgʻiz insonlar kunida savdo rekordini oʻrnatdi

Bu kuni Xitoyda yolgʻiz insonlar (yoki boʻydoqlar) kuni nishonlanadi. 24 soatli aksiya natijasida 38.3 milliard dollarda tovar sotildi. Dastlabki kuzatuvlarga koʻra, haridorlar sifatida yarim milliard insonlar nafaqat Xitoydan, balki butun dunyodan – Rossiyadan tortib Argentinagacha, xaridni amalga oshirdilar.

Alibaba yolgʻiz insonlar kunida savdo rekordini oʻrnatdi

Aksiya boshlanishidan 90 daqiqa oʻtmasdan Alibaba platformasidagi savdo hajmi 114 milliard yuanga (16.3 milliard dollarga) yetdi. Bu koʻrsatgich oʻtgan yilgi shu kun davomidagi savdo hajminig yarmidan ortigʻini tashkil etadi. 2018-yil11-noyabrda 30.7 milliard dollarlik savdo amalga oshirilgan boʻlib, bu oʻz navbatida 2017-yilgi koʻrsatgichdan 27% koʻproq. Boʻydoqlar kunida 5 kunlik Amerika savdo marafonidanda koʻproq mahsulotlar sotiladi. Joriy yili kutilayotgan marafon 28-noyabrdan 1-dekabrga qadar davom etadi. 

Boʻydoqlar kuni aslida Xitoyliklar uchun anʼanaviy bayram emas. “Jenmin Jibao” Xitoy nashriyotiga koʻra bu bayramni talabalar 1990-yili “avliyo Valentin kuniga”norozilik sifatida oʻylab topishgan. 11.11 sanasi bejizga tanlanmagan, raqamlar sehriga ishonadiganlar fikrlariga koʻra 11.11 soni yalangʻoch daraxt novdasini eslatadi. Xitoyda bu iborani yolgʻiz ayol va erkaklarga aytishadi. Alibaba bunday keng koʻlamli aksiyani 2009-yil 11-noyabrdan buyon oʻtkazib keladi. Bu anʼanani boshqa raqobatchi kompaniyalar oʻzlashtirib olishiga qaramasdan boʻydoqlar kunidagi aksiya aynan Alibaba bilan bogʻlanadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar