Qiziqarli

Amal Klunidan ajoyib ofis uslubi: Undan oʻzlashtirish mumkin boʻlgan 6 qoida

Amal Klunidan ajoyib ofis uslubi: Undan oʻzlashtirish mumkin boʻlgan 6 qoida

 

Amalning muvaffaqiyat choʻqqisiga qadar yetib kelishi koʻringani kabi oson boʻlmagan. Uning yutuqlari ayoldagi mehnatsevarlik, oʻziga boʻlgan ishonch, aql va ish samaradorligining mahsulidir. Bir paytlar Gollivudning eng mashhur boʻydoqlaridan boʻlgan va sohibjamol qizlarni koʻrganda har narsani unutadigan Jorj Kluni ham Amal bilan tanishganda uning jozibasi-yu aqli qarshisida tasliq boʻldi. 2014 yili juftlik munosabatlarinikoh rishtalari bilan mustahkamlandi. Biroq Amal Gollivud yulduziga turmushga chiqqandan keyin ham oʻzidagi mehnatsevarlik odatidan voz kechmadi, halqaro masalalarni hal qilish va sevimli ishi bilan mashgʻul boʻlishda davom etdi. Bundan tashqari u oʻzi bilmagan holatda moda olamining nufuzli shaxslaridan biriga aylandi.

Amal Klunidan ajoyib ofis uslubi: Undan oʻzlashtirish mumkin boʻlgan 6 qoida

Agarsiz ham ofis uslubini zerikarli kostyum-yubkalar, klassik koʻrinishdagi koʻylaklar va oq-qorarangdan iborat deboʻylasangiz, Amalning kundalik obrazlariga diqqat qaratishni maslahat beramiz.U Jorj Kluniga turmushga chiqishidan avval ham hamkasblari orasida oʻzidagi nozik did va kiyinish madaniyati bilan alohida ajralib turgan. Uning betakror obrazlari esa ofis uslubining faqatgina jiddiy dress-kod emas, keng imkoniyatlar ekanligini isbotlab beradi. Demak bugun Gollivud erkatoyi  Jorj Klunining yuragini band etgan sohibjamoldan uslubiy koʻrinishga hos odatlarni oʻzlashtiramiz. 

Amal Klunidan ajoyib ofis uslubi: Undan oʻzlashtirish mumkin boʻlgan 6 qoida

 

Kundalik obrazlarning odatiy ranglardan iborat ekanligi haqidagi tasavvur sizniqoʻrqitib ham, chalgʻitib ham qoʻymasin. Misol uchun toʻq sariq rangli libosda sud zaliga tashrif buyurgan Amalning oʻziga ishongan va jiddiy qiyofasi juda chiroyli koʻrinadi. Eng qizigʻi, bu kabi yorqinlik ortiqcha bezaklarsiz holatda haqiqatan jiddiy obraz yaratish uchun yordam bera olarkan. Bir hil gammadagiranglardan iborat boʻlgan toʻplamlar esa har kun tongda libos tanlash uchun ketadigan vaqtingizni tejaydi, shu bilan birga doim goʻzal va jozibali koʻrinishingiz uchun yordam beradi. Yorqin rang bir deganda kishi eʼtiborini ham jalb qiladi, albatta, shu sababli fakturalar uygʻunligi, qoʻshimcha aksentlar va ortiqcha aksesuarlar haqida oʻylashingiz  uchun hojat qolmaydi. 

Amal Klunidan ajoyib ofis uslubi: Undan oʻzlashtirish mumkin boʻlgan 6 qoida

Ofis uslubi asosini tashkil qiluvchi bluza, nimchali koʻylaklar, klassik bichimdagi yubka va shimlar har bir garderobdan topilsa kerak. Ammo bu kabi garderobga qora rangli futbolkani qoʻshish ham mumkin. Futbolkada ortiqcha tasvirlar va yozuvlar boʻlmasligi juda muhim. Uni asosiy garderobingizga qoʻshib qoʻyish orqali bir deganda ikki quyonni urishingiz mumkin. Odatiy liboslar bilan kiyilganda ofis uslubini yaratgan futbolka casual uslubidagi liboslar bilan romantik koʻrinish hosil qiladi. 

Amal Klunidan ajoyib ofis uslubi: Undan oʻzlashtirish mumkin boʻlgan 6 qoida

Zamonaviy koʻrinishdagi mikro-sumkalar va turli bezaklar bilan boyitilgan klatchlar haqiqatan chiroyli hamda oxirgi tendensiyalarga mos koʻrinishi aniq. Ammo ishbilarmon ayollar uchun ichiga bittagina pudra va telefondan boshqa narsa sigʻmaydigan bu kabi buyumlar mos kelmaydi. Ular uchun noutbuk, turli papka va muhim hujjatlarni solishga moʻljallangan sumkalar kerak. 

 

Bu oʻrinda sizga katta hajmli va barcha buyumlaringizni sigʻdirish imkoniyatiga ega sumkalar qoʻl keladi. Amal Kluni obrazlarining aksariyat qismi ham aynan shunday sumkalar bilan toʻldirilgan. Eng ajoyib jihati shundaki, bu turdagi sumkalarni bitta mavsumdan keyin uni uloqtirish ham shart emas, ular hamisha urfda boʻlgan va shunday boʻladi ham. Agar siz ham ishlaydigan ayollar sirasiga kirsangiz, bu turdagi sumkalardan bir juftini oʻzingizga "sovgʻa" qilish haqida unutmang.

Amal Klunidan ajoyib ofis uslubi: Undan oʻzlashtirish mumkin boʻlgan 6 qoida

Klassik bichimdagi kostyumlar har qanday ofis dress-kodining ajralmas qismini sanaladi, Amal Kluni ham bu borada uddaburonlik bilan ish olib boradi. unng ish kostyumlariga qaragan paytingizda turli-tuman hamda qiziqarli bichimlar bilan toʻqnash kelasiz. Bu turdagi bichimlar ish paytida ham zamonaviy koʻrinishingizni taʼminlab beradi.

 

Koko Shanel uslubidagi tivit kostyumlar deysizmi, keng palatso shimlarining kalta nimcha bilan uygʻunligimi, katak gulli vayoʻl-yoʻl liboslarlar deysizmi - barchasi mukammal holatda va oʻz oʻrnida tanlangan.

 

Bundan tashqari Amal Kluni obrazlari orasida keng shimlar bilan birga kalta nimchalar va qora kostyumlar bor ekanligini ham koʻrasiz. Kristian Dior uslubidagi mazkur uygʻunlikda yelka chiziqlariga katta ulgʻu berilgan. Eng qizigʻi, bu turdagi libosning yuqori qismini alohida, shimini alohida kiyish ham mumkin. 

Amal Klunidan ajoyib ofis uslubi: Undan oʻzlashtirish mumkin boʻlgan 6 qoida
Amal Klunidan ajoyib ofis uslubi: Undan oʻzlashtirish mumkin boʻlgan 6 qoida

Yorqin printlar va ofis uslubi bir biriga mos kelmaydigan tushuncha degan tasavvurda boʻlsangiz, qattiq adashasiz. Buning eng ajoyib yechimlarini esa Amal Kluni obrazlari orqali topishingiz mumkin. U oʻzining ish uslubidagi liboslarini yorqin printlar va gulli naqshlar bilan mohirona uygʻunlashtira oladi. Eng muhimi, bu borada oltin oʻrtalikni topa bilishdir, ana shu chegaradan oʻtib ketmaslik uchun esa turfa printga ega liboslarni bir hil rangdagi va klassik uslubdagi ust-bosh bilan kiyish, ortiqcha aksessuarlardan voz kechish va oddiygina tufli bilan kifoyalangan maʼqul.

Amal Klunidan ajoyib ofis uslubi: Undan oʻzlashtirish mumkin boʻlgan 6 qoida

 

Ofisdagi kundalik yumushlar ayrim paytlarda insonni shunchalar holdan toydirishi mumkinki, tushlik yoki 5 daqiqalik hordiq uchun ham vaqt ajratish muammo boʻlib qoladi. Bu kabi vaziyatlarda esa qulay poyabzalning oʻrni juda katta. Biroq ofis uslubidagi deyarli barcha liboslarni baland poshnali tufli bilan kiyish kerak boʻlsa-chi? U holatda oʻzingizga qulay boʻlgan balandlikdagi, qalinroq poshnalarga diqqat qaratavering. Bu oʻrinda Amalning obrazlarini yana bir bor koʻzdan kechirsangiz arziydi. 

 

Bugungi kun trendlari behad turli-tumandir, ular orasidan oʻzingizga keraklisini tanlab olish ham katta muammoga aylanmaydi. Ishingiz boshingizdan oshib yotgan boʻlsa ham, oʻzingizga ishongan holatda qadam tashlash uchun qulay poyabzal yordami kerak ekanligini unutmang.

Amal Klunidan ajoyib ofis uslubi: Undan oʻzlashtirish mumkin boʻlgan 6 qoida
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar