Avto

Amalga oshmay qolgan loyihaning tarixi (12 fotosurat)

Amalga oshmay qolgan loyihaning tarixi (12 fotosurat)

“Kuzov shisha toladan qilingan, bu tajriba namunasining umumiy vazni 330 kilogrammga teng, odamlar uni oddiy avtomobilni boshqarish bilan samolyot sifatida boshqarishlari ham mumkin”, — deb yozgan F. Berrouz Kolton National Geographic jurnalining 1948 yil fevral oyidagi ushbu fotosurat chop etilgan nashrida. 

Amalga oshmay qolgan loyihaning tarixi (12 fotosurat)

Biroq hamma mashinada ham ertami-kechmi benzini tugaydi va bu Conv Air Car mashinasining uchinchi parvozida sodir boʻldi. Uchuvchi tirik qoldi, ammo bu “avtolyot”ning ishlab chiqarish loyihasi amalga oshmay qolib ketdi.  

Amalga oshmay qolgan loyihaning tarixi (12 fotosurat)
Amalga oshmay qolgan loyihaning tarixi (12 fotosurat)

 

Samolyotni avtomobil bilan bitta narsaga aylantirish gʻoyasi aqlli onglarga ancha erta kelgan, hali endigina ikkala transport vositalari ham dastlabki qadamlarini tashlayotgan payti edi bu. Bu duragayning dastlabki loyihasi1917 yilga tegishli, ammo u uchuvchi avtomobildan koʻra koʻproq yerda yuruvchi aeroplanni eslatar edi. 

Amalga oshmay qolgan loyihaning tarixi (12 fotosurat)

Qanchalar gʻalati tuyulsa ham ishchan uchuvchi mashinaning yaratilishiga aynan aviakonstruktorlar yaqinlashgan. Balki buning sababi, baribir aviatsiya texnikasini yerda yurishga oʻrgatish avtomobilni uchishga oʻrgatishdan koʻra ancha osonroq boʻlganidadir. Bugungi kunda bu yogʻi bizga qorongʻu. 

Amalga oshmay qolgan loyihaning tarixi (12 fotosurat)

1940 yilda Consolidated-Vultee kompaniyasi (Convair debham ataladi) aerokar loyihasining amalga oshirishga kirishadi – muxandis Teodor P. Xoll iloji bor qadar yengillashtirilgan avtomobilning tomida bir motorli tashuvchi samolyotni qotirib qoʻyishni taklif etgan. Uning fikricha bu yer yuzasida yuradigan mashinani uchuvchi vositaga aylantirishi mumkin boʻlgan emish. Bu safar avtomobil – xaqiqiy avtomobil, unga oʻrnatilgan samolyot ham basavlat koʻrinishga ega boʻlgan. 

Amalga oshmay qolgan loyihaning tarixi (12 fotosurat)

AQSHning ikkinchi jahon urushiga kirishi ushbu model ustida ish olib borishni toʻhtatib qoʻygan. Bu ishlarga 1946 yilda qaytilgan va shu tarzda birinchi tajriba namunasi yaratilgan. Avtokarning dastlabki parvozi 1946 yilning 12 iyul kunida amalga oshirilgan. Prototip Model 116 (NX90654) bir soat parvoz qilib 72 kilometrga 5 litr yoqilgʻi sarflagan holda yaxshi natija koʻrsatgan. 

Amalga oshmay qolgan loyihaning tarixi (12 fotosurat)

Mashina jami 66 marta sinov tajriba parvozlarini amalga oshirgan va Sonvair kompaniyasining rahbariyati Conv Air Caraerokarining seriyali namunasini ishlab chiqarilishi toʻgʻrisida eʼlon berishga shoshilgan.Bu oʻrnatilib yechiladigan planyoriga ega, quvvati 190 ot kuchiga teng boʻlgan Lycoming O-435C dvigatellik, ikki kishi uchun moʻljallangan sedan boʻlgan. Yoʻl rejimida mashina 25,5 ot kuchiga ega boʻlgan Crosley benzin dvigateli yordamida harakatga keltirilgan. Mashina bir soatdan ortiqroq parvoz eta olishi mumkin boʻlgan. Qanotlarining umumiy kengligi 12,3 metrga teng boʻlgan. 

Amalga oshmay qolgan loyihaning tarixi (12 fotosurat)

Samolyot koʻrinishidagi ustki qavatni boshqarish avtomobil salonining ichidan amalga oshirilgan. Mashina turar joyida qanotlarning ostiga ustunlar qoʻyilgan, ular yechib olinib, mashina oddiy engil avtomobilga aylangan. Nazariy jihatdan bunday qilib deyarli har bir avtomobilni samolyotga aylantirish imkoni mavjud edi. Buning uchun qanotlarning oʻlchamlari bilan samolyot qismidagi motorning quvvatini moslashtirilsa bas. Uchish zarurati boʻlmagan paytda planyor yuqorida koʻrsatilgan tarzda yechib olinib, pritsepga tahlab qoʻyilar edi. 

Amalga oshmay qolgan loyihaning tarixi (12 fotosurat)

 

Xollning loyihasiga oʻsha davrda Consoli dated-Vultee(Convair) kompaniyasining bosh muxandisi boʻlib ishlagan mashhur ixtirochi Uilyam Bushnell Staut yashil chiroqni yoqib bergan edi. 1947 yilning 15 noyabr kuni Model 118 (NX90850) birinchi marta havoga koʻtarildi. Oradan uch hafta oʻtib yoqilgʻi uzatish tizimining ishdan chiqishi tufayli Conv Air Car qulab tushib,chilparchin boʻlib ketdi, lekin uchuvchi Roben Snodgrass tirik qoldi. Ommaviy axborot vositalarida shov-shuv koʻtarilib ketdi. Oldindan loyihani moliyalashtirishga rozilik bildirgan sarmoyadorlar oʻzlarini orqaga tashladilar. 1948 yilning yanvar oyida mashina qayta tiklangan va sinov parvozlari yangilangan edi, ammo koʻp oʻtmay Conv Air Car ustidagi olib borilayotgan ishlar toʻhtatilgan.

Amalga oshmay qolgan loyihaning tarixi (12 fotosurat)
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar