Angar ichidagi ajoyib tropik kurort

Ekzotikali tropik dam olishni planlashtirganingizda hech Germaniya haqida oʻylaganmisiz? Zumrad lagunalar, soyali palmalar, shishadek toza suv va ajoyib yogʻochli chaylalar haqida oʻylaganingizda bu aqlingizga keladigan birinchi mamlakat boʻlmasa kerak-a?

Hozirgacha shunday edi.

“Tropik orollar” kurorti oʻz ichiga sakkizta futbol maydonini yoki gorizontal holatdagi Eyfel minorasini sigʻdira oladigan bahaybat angar ichida joylashgan. U shunchalar balandki xattoki Nyu-Yorkdagi ozodlik xaykali ham butun boʻyi bilan sigʻib ketgan boʻlardi.

Sunʼiy kurort Germaniyaning Bradenburg shahrida, Berlindan 60 km janub tomonda joylashgan, shu sababli issiq ustki kiyimlaringizni choʻmilish kiymlariga almashtirishingiz uchun bor yoʻgʻi bir soat yoʻl yurasiz.

Ayni paytda ushbu kurort sayyoramizdagi eng ulkan inshootlardan biri hisoblanadi – 5,5 million kub metr – va bu yerda dunyodagi eng katta tropik oʻrmon joylashgan. Bu yerda 30 000 dan ziyod daraxtlar va butalarning turlari oʻsadi, xattoki, banan daraxtlari ham bor.

Bu yerda sunʼiy dengiz, uzun sunʼiy plyaj va butun yil davomida +26 C darajada iqlim ushlab turiladi – juda sovuq ham, juda issiq ham emas. Bu yerda Angkor-Vat ibodatxonasi va anʼanaviy Tay uylar qurilgan

Ob-havo haqida oʻylash shart emasligi bilan birga, siz kurortga qachon kelish haqida ham oʻylamasangiz boʻladi, chunki u butun sutka davomida ishlaydi.

Tunggi soat 3 da choʻmilmoqchimisz? Muammosiz! Shunchaki esingizda tursin, bu vaqtda ham siz yolgʻiz boʻlmaysiz.





Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



