Smartfoningizdagi fotolar uchun ajoyib makkorliklar

Internetda har kuni rasmlarni chiroyliroq qilish uchun koʻplab maslahatlar va fokuslar chiqariladi, ularning baʼzilar shunchalar oddiyki, oʻzingning aqling yetmaganiga hayron qolasan kishi.
Garnitura

Garniturani smartfoningizga ulang, kamera ilovasini yoqing va suratga oling.
Tiragich

Bir necha odam bilan selfi qilish qiyin: kimdir ekranga sigʻmaydi, yoki rasmga olish qiyin. Nima ham derdik, xattoki monopod ham oʻzini baʼzida oqlamaydi. Nima qilish kerak? Keraksiz plastik boʻlagini oling, uni shunday buklangki egri joyiga smartfoningiz sigʻsin. Mini-garnitura yoki taymerni ishlatib suratga oling.
Kichik sayyora

Fotolarga qiziqarli effekt berish uchun turli ilovalardan foydalaning. Masalan, RollWorld ilovasi istalgan kadrdan mini sayyora yasashi mumkin.
Suv osti syomkasi

Suv ostida sur'atga olish kameradan koʻra smartfonda qulayroq, sizga xatto maxsus qoplama ham kerak boʻlmaydi. Telefonni bo'sh stakanga soling, stakanni esa suvga, ana sizga foto.
Qaytargich

Portret fotolar baʼzan qoʻshimcha yorugʻlik talab qiladi. Buning uchun istalgan yorugʻlik qaytargich qoʻl keladi. Quyosh nurini qaytargich yoki oddiy folgani ishlating. Nur qaytaruvchi material soyali qismlarni yoritishi yoki rasmga blik qoʻshishi mumkin.
HDR

HDR – bu rasm va videolar bilan ishlaydigan texnologiya boʻlib, yorqinlik diapazoni standart opsiyalardan baland. HDR funksiyasi turli yorqinlikdagi bir necha rasmlarni birlashtiradi. Bu rasmni tiniqroq va yorqinroq koʻrsatadi.
Havo sharini ishlating

Sizga qimmat moslama kerak emas, shunchaki telefoningizni sharga yopishtiring. Geliy bilan toʻldirilgan katta shar oling. Unga smartfonni mahkamlang va uzun, qalin ip bogʻlang. Fotoni taymer yordamida qilish mumkin.
Makrosyomka

Makrosyomkani oddiy smartfonlarda qilish qiyin, biroq yoʻli bor, shunchaki qoʻlbola obyektiv yasash kerak xalos. Linzani istalgan lazerli koʻrsatkichda yoki karmon fonarida topish mumkin. Uni qisqich bilan smartfonga yopishtiring. Endi ajoyib rasmlar yaratishingiz mumkin.
Quyosh koʻzoynagi polyarizator sifatida

Quyoshdan himoya koʻzoynaklar fotoni bliklardan ozod qiladi, suvni yorqinroq va osmonni tiniqroq koʻrsatadi.
Blik qoʻshish

Sizga yarim koʻrinadigan qogʻoz boʻlagi kerak boʻladi. Uni obyektiv chetiga joylashtiring va yorqin blik hosil qiling. Shu bilan birga siz kamalak effektini ham qilishingiz mumkin
Boshqa surʼatlardan foydalaning

Smartfonda ajoyib kollaj yaratish mumkin. Internetda mos qiziqarli rasm toping va uni ochib, smartfonni yuzingizga qoʻying. Ushbu fokus natijasi, sizning fantaziyangizga bogʻliq.
Moʻjiza yaratuvchi kichik makkorlik

Oddiy oʻchirgʻichni telefon kamerasini tozalashga ishlating. Bu rostdan ham yordam beradi. Ushbu qiziqarli makkorliklar va fokuslar surʼatlaringizni noodatiy va ajoyib qiladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



