Angliyalik erkak haroba eski minorani zamonaviy uyga aylantirdi

Latchingdong suv minorasi Essex grafligida (Buyuk Britaniya) 1930-yillarda qurilgan. 30 yilcha avval u oʻz faoliyatini toʻxtatdi va asta-sekin yemirila boshladi. 2013 yilda Mayk Tomas ismli ingliz uni sotib olayotganda butunlay yaroqsiz holga kelgan edi.

Minoraning yangi egasi bu eski chala vayrona holdagi tuzulmadan yaxshigina uy qurishni rejalashtirdi. Maqsadiga yetish uchun Mayk mablagʻini ayamadi. Minorani sotib olish unga 250 ming dollarga tushgan boʻlsa, taʼmirlash ishlariga yana 300 ming dollar mablagʻ sarfladi.


Uy sohibininbg aytishicha, u niyatiga yetdi. Uning uyi qarindoshlarining uyidan uzoq emasligi, ayni muddao.

Mayk Tomasning oʻzi muhandis-vodoprovodchi. Orzuidagi uyni yaratishda unga arxitektor qizi Xelen yordam berdi. Eski suv minorasini ikki qavatli dangʻillanma uyga aylantirishda oʻz ishining ustalari shugʻullanganliklariga qaramasdan, loyihani amalga oshirish oson kechmadi.

Zamonaviy uslubda taʼmirlangan uyda uchta mehmonxona, uchta yotoqxona, vannaxona, oshxona, taomlanadigan xona va kerakli narsalar saqlanadigan qoʻshimcha xona bor.

Eski qurilmalarni zamonaviy imoratlarga aylantirish bugungi kunda ommalashgan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



