Foydali

Annang qabilasining semizlikka intilgan kelinlari toʻydan avval qanday sinovdan oʻtishadi?

Annang qabilasining semizlikka intilgan kelinlari toʻydan avval qanday sinovdan oʻtishadi?

Annang soʻzi mahalliy tildan tarjima qilinganda "Yaxshi gapiruvchi odamlar" degan maʼnoni beradi. Bu esa ularning tillari juda yaxshi rivojlanganidan darak. Yovvoyi Afrika sharoitlaridan kelib chiqadigan boʻlsak, mazkur qabila ular orasida soʻzlashuv madaniyati bilan ajralib turadi. Aynan shu sababli ham Annang qabilasi qurolli mojarolarga aralashishmaydi. Ular barcha muammolarni yaxshi gap va tinchlik yoʻli bilan hal qilishadi. 

Annang qabilasining semizlikka intilgan kelinlari toʻydan avval qanday sinovdan oʻtishadi?

Qabilada tajribali jangchilar tayyorlanadi, ular oʻz mahoratlaridan ovqilish vaqtida foydalanadilar. Ushbu tajribali jangchilar shunchalar abjir boʻladilarki, qoʻshni qabilalar ularga bas kela olmasliklarini yaxshi bilishadi.

Annang qabilasi vakillari qoʻshnilari orasida oʻzlarining ajoyib toʻy anʼanalari bilan ajralib turishadi. Ular umrlari davomida bir marta oila qurishadi va toʻylari ham tartibli holatda oʻtkaziladi. 

 Ushbu qabila vakillari uchun nikoh haddan tashqari muqaddas tushuncha. 

Annang qabilasining semizlikka intilgan kelinlari toʻydan avval qanday sinovdan oʻtishadi?

•       Mazkur qabila erkaklari faqatgina ota boʻlib, farzand koʻrgach, ulgʻaygan hisoblanadi. Ana shundan keyingina  unga uylanish huquqi beriladi. Erkak umri davomida faqat bitta ayolga uylanishi va u bilan umrining oxiriga qadar hayot kechirishi kerak.

•       Agar qabila ayollaridan birining eri vafot etadigan boʻlsa, u beva holatida ham erli ayol hisoblanadi va qayta oila qurishi mumkin boʻlmaydi. Agar ayol takror oila qurishga qaror qiladigan boʻlsa, marhum eri uning sadoqatsizligi uchun ayolni oʻzi bilan narigi dunyoga olib ketishi mumkin ekan.

Annang qabilasining semizlikka intilgan kelinlari toʻydan avval qanday sinovdan oʻtishadi?

Qabila qizlari ota-onalari tomonidan qattiq tarbiya qilinadi. Ularning ahloqi va tarbiyasi haqida qabila kattalari hamisha qaygʻuradilar. Annang qabilasi qizlari faqat ota-onalarining ruxsati bilan, ular rozilik bergan inson ila oila qurishlari mumkin. Agar ota-onalari rozi boʻlmasalar, u tanlagan insoniga hech qachon turmushga chiqa olishmaydi. 

Annang qabilasining semizlikka intilgan kelinlari toʻydan avval qanday sinovdan oʻtishadi?

Unashtiruv marosimidan keyin qizlar maʼlum vaqt davomida kichik kulbalarga qamab qoʻyiladi. Bu yerda boʻlgʻusi kelinchaklar toʻylariga qadar toʻyib ovqatlanishlari va imkon qadar semirishlari kerak. Shu sababli ham ularga kun davomida dam olib yotish va kamroq harakat qilish buyuriladi, haddan tashqari koʻp ovqat isteʼmol qilishlari nazorat etib boriladi. Agar kelin haqiqatan semira olsa, toʻy kuni belgilanadi, agar semirishni uddalay olmasa, uni kasal deya hisoblaydilar va unashtiruv bekor qilinadi.

Annang qabilasining semizlikka intilgan kelinlari toʻydan avval qanday sinovdan oʻtishadi?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar