Apple yiliga ikkita yangi iPhone modellarini chiqaradi

Apple 2020- yilda yangi iPhone telefonlarining chiqarishni odatiy jadvalidan chetga chiqishi mumkin. Bu haqda J.P Morgan analitik kompaniyasi mutaxassislari xabar berdi.
Xususan,2021-yilda Apple yilning birinchi yarmida bitta iPhone modelini chiqaradi va yana bitta model – ikkinchi yarmida. Shunday qilib,kompaniya asta-sekin oʻz smartfonlariga oʻzgarishlar kiritishi mumkin.
Xuddi shu hisobotda tahlilchilar iPhone 12 modelining bashoratlari bilan oʻrtoqlashdilar. Shuning uchun, biz soʻnggi uch yilda boʻlgani kabi birdaniga uchta emas, balki torta modelni koʻrishimiz mumkin. Toʻrtalasi OLED displey va 5G moduliga ega boʻladi, ammo faqat ikkita premium modeli mmWave texnologiyasi (maʼlumotlar uzatish tezligini oshiradi) bilan taminlanadi. Ekran oʻlchamlari 5,4, 6,1(ikkita smartfonda) va 6,7 ni tashkil qiladi. Byudjet modellarida ikkitali kamera boʻladi, eng zoʻr modellarga uchinchi modul qoʻshiladi.
Shuningdek,J.P. Morgan, iPhone 8 asosida byudjetli smartfonning 2020-yil bahorda chiqarilishi haqidagi avvalgi mish-mishlarni tasdiqladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



