Yangi yil dasturxoni uchun meva bezash borasidagi 5 super taklif

Qadah ichidagi kesilgan meva boʻlaklari mutlaqo orginal koʻrinish hosil qiladi.
Kerakli masalliqlar:
Kivi
Qulupnay
Uzum
Apelsin
Mandarin
Tayyorlanishi:
Kivi oʻrtasidan ikkiga boʻlingancha uzun koʻrinishda maydalab chiqiladi. Meva boʻlaklari qadah chetlariga teriladi, ular butun yuza qismini qoplab olishi kerak. Qolgan mevalar oʻrta kattalikda maydalab chiqilgach, oʻzaro aralashtiriladi va qadahning ichiga toʻldirib qoʻyiladi.
Desertni tayyor koʻrinishga keltirish uchun qadah cheti limon sharbati bilan namlab olinadi va shakarga botiriladi. Keyin esa shakarning ortiqcha qismi silkitib tashlanadi.

Yorqin rangli kanape Yangi yil dasturxonini bezabgina qolmay, bolajonlarga behad maʼqul keladi.
Kerakli masalliqlar:
Banan
Qulupnay
Olma
Kivi
Tayyorlanishi:
Mevalar oʻrta kattalikda maydalab olinadi va birin-ketin tayoqchalarga tahlab chiqiladi. Agar barcha meva boʻlaklari bir hil oʻlchamda boʻlsa desert yanada ham chiroyli koʻrinishga kiradi. Bundan tashqari mevalarni turli shakldagi qoliplar yordamida kesishingiz ham mumkin.

Kerakli masalliqlar:
Olma
Sabzi
Kivi
Uzum
Qulupnay
Tayyorlanishi:
Olmaning oʻrta qismi olib tashlangach, ichiga archilgan sabzi joylashtiriladi. Bu archaning asos qismini tashkil qiladi. Qolgan mevalar toʻrtburchak shaklda kesiladi. Meva boʻlaklari tishkovlagichlar yordamida sabzi yuzasiga mahkamlab chiqiladi. Archaning asosiy bezagi boʻlmish yulduzcha esa qulupnaydan tayyorlanadi.

Kerakli masalliqlar:
Yashil uzum
Olma
Malina
Qulupnay
Banan
Zaytun donalari
Tayyorlanishi:
Yashil olmalar boʻlaklab olinadi va tekis likop ustiga archa shaklida joylashtirib chiqiladi. Boʻsh qolgan qismlar uzum donalari bilan toʻldiriladi. Qolgan mevalar esa archa oʻyinchoqlari vazifasini oʻtab beradi.

Kerakli masalliqlar:
• Limon
• Banan
• Qalampirmunchoq
Tayyorlanishi:
Istalgan turdagi mevalar boʻlaklab chiqiladi va idish ustiga solinadi. Banandan sichqonchaning quloqlari kesib olingach, limon ustiga mahkamlab qoʻyiladi. Qalampirmunchoqdan esa koʻzlar va burun shakli hosil qilinadi. Tayyor bezak mevalar yoniga joylashtiriladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



