Foydali

Arazlardan halos boʻlish usuli bormi? Oʻtmishni qanday qilib qoʻyib yuborish mumkin?

Arazlardan halos boʻlish usuli bormi? Oʻtmishni qanday qilib qoʻyib yuborish mumkin?

Hafagarchilikni kechirib oʻtmishni qoʻyib yuborishdan oldin, keling, bundan buyon aqlliroq boʻlish uchun u nima tufayli paydo boʻlishini oʻylab koʻramiz.

Hafalik hissiyoti, u bilan birga dil ogʻrigʻi, qaygʻu yoki gʻazab, jaholat, oʻch olish istagini oʻzini oqlamagan kutishlar vujudga keltiradi. Buning hammasiga sabab biz oʻzimizni boshqarish bilan oʻz hayotimizni rejalashtirish, unining xotirjamligi uchun maʼsuliyatni, bizni baxtli yoki baxtsiz qilish imkonini kimlargadir berib qoʻyishimizdir.

Arazlardan halos boʻlish usuli bormi? Oʻtmishni qanday qilib qoʻyib yuborish mumkin?

Hafa qiluvchi butunlay begona yoki yaqin hamda sevimli insonimiz boʻlishi mumkin. Darvoqe,eng kuchli hafagarchilikni biz alohida eʼtiborimizni qaratgan, demakki, biz ulardan koʻp narsani kutgan odamlar vujudga keltirishi mumkin.Odatda, ahamiyati kam boʻlgan,masalan koʻchada uchyradigan begona odamlarga nisbatan, oʻz hafaligini izhor etish qiyin emas. Eng eʼtiborlisi shuki, biz yaxshi munosabatlarni saqlab qolishimiz istagidagi yoki ular biz uchun obroʻli boʻlgan odamlarga nisbatan hafalikni izhor etish yoki uni hatto tan olish koʻproq qiyin. Bunday hollarda nima boʻladi?

Arazlardan halos boʻlish usuli bormi? Oʻtmishni qanday qilib qoʻyib yuborish mumkin?

Samimiy boʻlmagan va tashqariga chiqarib tashlanmagan emotsiyalar insonning oʻziga yoʻnaltiriladi. Ruhshunoslikda bu autoagressiya deyiladi, yaʼni inosn hamma narsada oʻzini ayblay boshlaydi, bu esa oʻz bahosini pasaytirib yuborib muvaffaqiyatli boʻlish qobiliyatiga juda yomon taʼsir qiladi.

Bunday hollardaeng toʻgʻri yoʻl – hafa qilgan odam buni oʻzi fahmlashiga umib qilmay oʻzingizdagi hissiyotlar toʻgʻrisida aytish. Ranjishga nima sabab boʻldi?Har bir voyaga yetgan inson dunyo tuzilishining oʻz boshidagi “harita, tarhi” bilan yashaydi. Masalan, odamlar orasida ezgulikka ezgulik bilan javob berishi kerak, deb tahmin qilinadi. Biroq, bu fikrdan keyin, ezuglikka javoban ezgulik kutilsa, buni ezgulik deb boʻlmaydi. Bu birinchidan, ikkinchidan esa, ranjish xiyonatdan kelib chiqadi. Bizning manfaatlarimizga nisbatan xiyonat qilinadi, lekin, kim tomonidan? Buni tan olish naqadar ogʻir boʻlsa ham, birinchi navbatda - oʻzimiz tomondan.  

Arazlardan halos boʻlish usuli bormi? Oʻtmishni qanday qilib qoʻyib yuborish mumkin?

Agar siz oʻzingizni baxtli qilishdek muqaddas majburiyatingizni  boshqa kishi yuklayotgan boʻlsangiz va u sizning baxtingiz uchun va farovonligingiz uchun qoʻlidan kelgan hammasini qilish kerak boʻlsa, unda oʻz ehtiyojlaringiz toʻgʻrisida boshidanoq oʻzingiz qaygʻurishingiz yaxshiroq emasmi? Oʻzini baxtiyor his etgan odam boshqa odam ungan javoban nima qilishiga ancha kamroq ahamiyat beradi. Paulo Koelo aytganiday “Bolalar ota-onasini xursand qilishi uchun oʻz orzusidan voz kechadi, ota-onalar esa bolalarini xursand qilish uchun hayotning oʻzidan voz kechadi” 

Natijada kim baxtli boʻladi? Faraz qilaylik, siz oʻzingizni baxtiyor qila olishga qodirsiz va bu sharafli majburiyatni boshqa, siz “baxtli” qilgan insonga ishonib beryapsiz. Birovni baxtli qilib, shu paytning oʻzida oʻzini baxtli qila olmaslik sal gʻalatiroq tuyuladi, toʻgʻri emasmi? Demak, agar siz kimnidir baxtli qila olsangiz – demak, oʻzingizni ham albatta, baxtli qila olsaiz.  

Arazlardan halos boʻlish usuli bormi? Oʻtmishni qanday qilib qoʻyib yuborish mumkin?

Shuning uchun, uni qanchalar mehribon boʻlishiga qaramay oʻzga qoʻllarga ishonib berib qoʻymasdan oʻz baxtimizning egalari, yaratuvchilari va shifokorlari ham oʻzimiz boʻlishimiz kerak.

Kimgadir yaxshilik qilish paytida - eng muhimi, evaziga biror narsadan umidvor boʻlish  emas, aksincha, kimgadir yordam berish qoʻlimizdan kelgani uchun xursanchilikni xis etish (bu haqda uning oʻzi soʻragan boʻlsa undan ham yaxshiroq).

Agar ijobiy his-tuygʻular boʻlmasa, biz kimlargadir "ha" deb, oʻzimizga  "yoʻq" desak, unda buni qilishning nima keragi bor? Xafa qilib qoʻyish qoʻrquvidanmi? Biror qimmatliroq narsani yoʻqotib qoʻyish qoʻrquvi tufaylimi? .. Burch tuygʻusi tufaylimi?

Arazlardan halos boʻlish usuli bormi? Oʻtmishni qanday qilib qoʻyib yuborish mumkin?

Agar siz xafa qilib qoʻyish hadigi tufayli rad javobini berishdan qoʻrqsangiz, pirovardida oʻzingiz hafa boʻlib qolishingiz ehtimoli juda yuqori. Imkoniyatlarni boy berish qoʻrquvi tufayli "ha" deb aytsangiz –buni oʻz manfaatlaringizga zarar yetkazgan holda qilasiz, demak, shubhali narsalardan umidvorlik evaziga haqiqatdan ham biror qimmatli narsani yoʻqotasiz.

Va nihoyat, inson oʻzining oldidagi oʻz vazifasi – qalbi buyurganday qilib oʻz hayotiy yoʻlidan borgan holda baxtli boʻlishdir. Baxtli odamlar alohida zoʻr berishsiz boshqalarni baxtli qila oladi. Boshqalar tasodifiy ravishda ulardan minnatdor boʻlmasligi, (noshukurligi) juda ham kam hollarda ularning taʼbini xira qilishi, yoki umuman  qilmasligi mumkin.Yetuk shaxs birovning his-tuygʻulari uchun masʼul emasligini tushunadi, ammo boshqalar ham bu insonning his-tuygʻulari uchun javobgar emas. U oʻzqadriyatlari va axloqiy tamoyillariga muvofiq harakat qilishi va oʻzxatti-harakatini baholashi mumkin va ayni paytda boshqalarga ham xuddi shu huquqni beradi. Aniqrogʻi beradi emas, bunday ularning bunday huquqlarini inkor etmaydi. 

Arazlardan halos boʻlish usuli bormi? Oʻtmishni qanday qilib qoʻyib yuborish mumkin?

Shuning uchun ham, u qalbning ichidagi narsalarni qiladi va birinchi navbatda u shod-hurramlikni oʻziga, oʻz tamoyillariga xiyonat qilmaslikda, deb biladi. Ehtimol, bunday yondashuv ayrim kishilar uchun juda gʻalati koʻrinadi, ammo chuqur oʻylab koʻrsangiz, bu eng oqilona va toʻgʻri yondashuv ekanligini tushunib yetasiz. Yaxshilik qilish uchun yaxshilik qiling. Boshqa odamning hayotini salboʻlsada baxtliroq qilmoqchi boʻlsangiz - buni oʻsha insonning javobi uchunemas, balki uning oʻzi uchun  qiling. Chunki,bu harakatingiz uchun eng oliy mukofot – oʻzingiz oldingizdagi oʻzingizning harakatlaringiz bilan qoniqish hissi. Oʻz bahtimizning yaratuvchilari va egalari boʻlib biz oʻzimizga boʻlgan xotirjam ishonchni hosil qilamiz, oʻz-oʻzimizni hurmat qila boshlaymiz va kelajakdagi oʻz muvaffaqiyatimizga ishonamiz.

Aks holda inson toʻgʻrisda gapirilganida, ota-onalar, kattalar, uning oʻz hayotida oʻzidan ham muhimroq boʻlgan kimgadir bogʻliq boʻlgan yosh bolalarcha xatti-harakatlar toʻgʻrisida gap boradi. Binobarin, uning qalbida huzur-halovat, ertangi kunga ishonch yoʻq va boʻlishi ham amri mahol, har doim qilgan ishining toʻgʻriligiga shubha va ikkilanishlar mavjud boʻladi. Uning baxti - kim boʻlsa ham, boshqa odamga bogʻliq, lekin faqat oʻziga emas. 

Arazlardan halos boʻlish usuli bormi? Oʻtmishni qanday qilib qoʻyib yuborish mumkin?

Yoqmagan narsaga javoban arazlash odati, odatda erta bolalikdan shakllanadi. Bu davrda yosh bola turli sabablarga koʻra oʻzining ehtiyojlarini qondira olmaydi yoki ularni bayon qilishga hali qodir emas. Shuning uchun ham, kattalarga oʻz taʼsirini oʻtkazish uchun unda qolgan yagona chora – arazlashdir. Bunga javoban kattalar (eng koʻp hollarda bu ota-onalar) ijobiy "gʻamxoʻrlik" munosabatini bildiradilar.

Keyinchalik, bunday feʼl-atvor hayotiy muammolarga hissiy javobning odatiy shakliga aylanadi, va hatto bunday “gʻamxoʻrlik”ni biror kimdan olish imkoniyati boʻlmagan paytda ham yuzaga chiqadi.

Agar behosdan ranjituvchi siz boʻlib chiqsangiz va mojaroni hal qilishni istasangiz, sizdan nimani xohlashyotganini va bu nima uchun kerakligini soʻrang. Oʻzingiz tomondan hafagarchilikka yoʻl qoʻymaslikuchun oʻz istaklaringiz toʻgʻrisida gapirib bering. Odamlarning aksariyati  birovning fikrlarini oʻqiy olish qobiliyatiga ega emas. Ehtimol, siz murojaat qilayotgan kishi uni qondirishdan bagʻoyat xursand boʻladi. Hafagarchilik allaqachon sodir boʻlib oʻtgan boʻlsa, qanday ehtiyojlar qondirilmaganligini va ularni qanday qilib qondirilishi mumkinligini aniqlash kerak. Aynan shu odam sizga yordam bera olishi shart emas, xatto oʻzingiz mustaqil ravishda ehtiyojni qondirishga qurbingiz etmagan taqdirda ham. Vaziyatdan chiqish yoʻli, albatta topiladi, eng muhimi araz va hafagarchilikni qoʻyib yuborish, salbiy hissiyotlardan qutilish. Birinchi navbatda nima qilmoq kerak? Sizni hafa qilgan odamga maktub yozing. Yoʻq, maktubni adresatga taqdim qilish kerak emas. 

Arazlardan halos boʻlish usuli bormi? Oʻtmishni qanday qilib qoʻyib yuborish mumkin?

Bunday maktub vaziyatning chigalligini yaqqol aniqlab olib uni hal  qilish uchun toʻgʻri yoʻl topish maqsadida yoziladi. Maktubni quyidagi soʻzlar bilan boshlang: “Men hozir senga avval hech gapirmagan gaplarni gapiraman”.  Maktubning matni oʻz ichiga albatta toʻrtta bandni olishi kerak: Mana - menga nima nima qilganing; Mana – men nimani boshimdan kechirishimga toʻgʻri keldi; Mana - bu mening hayotimga qanday taʼsir qilgani; Mana – nimani hozirgi paytda sendan kutyapman.Oxirgi band sizga birinchi navbatda qanday ehtiyojni qondirish kerakligi toʻgʻrisida yashirin maʼlumotni ochib beradi. Siz oʻtmishdan voz kechib, araz va hafagarchilikdan qutulmaguningizcha, hozirgi hayotingizda toʻliq zavq bilan yashay olmaysiz. 

Agar kerak boʻlsa, yoʻqotishlarni boshdan kechirganingizni, qaygʻuga botganingizni,yoʻqotgan narsangizni unuting, yoʻqotishlar sababchisi boʻlgan kishini kechiring, oʻzingizni kechiring, bu achchiq tajribani ortda qoldirishga qaror qiling va oldga harakatlanishni davom eting. Oʻzingizning qaroringizdan voz kechmang, garchi u siz uchun oson boʻlmasa ham. Ishoning, boshingizdan oʻtkazgan tajriba kerak edi va oxir-oqibatda u sizning foydangizga ishlaydi, sizni yanada kuchli, dono va muvaffaqiyatli qiladi. Vaqt keladi va sizning baxtingiz oʻzingizga boʻlgan ishonch tufayli dastlabkisidan koʻra koʻproq boʻladi, chunki siz oʻzingiz uning yaratuvchisisiz.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar