Asablarni tinch holatga keltirish usullari

Uyquga toʻymagan insonning asablari juda tez yemiriladi. Buning oldini olish uchun uyqu tartibini izga soling. Kuniga 7-8 soatdan uhlash barobarida bir vaqtda yotib bir vaqtda turishga oʻrganing. Ammo ovqatlanish yoki faol mehnat (aqliy va jismoniy) dan soʻng darrov yotib olish salomatlikka ziyon yetkazish mumkin.

Televizorga oʻrganib qolgan odamlarning aksariyati uning shovqiniga ortiqcha etibor bermaydi. Vaholanki, baʼzida oynai jahon orqali uzatiladigan maʼlumotlar asablarimizga orticha yuk boʻlib tushishi mumkin. Oʻzingizga maʼqul boʻlgan dasturlar tugashi bilan televizorni oʻchirib qoʻying. Qolgan vaqtlarda honangizda yoqimli musiqa (mumtoz musiqa boʻlsa, nur ustiga aʼlo nur) yangrab turgani maʼqul.

Aqliy mehnat bilan shugʻullanadiganlar uchun bu usul oʻta zarur. Axir miya yaxshi ishlashi uchun kislorod bilan taʼminlanishi kerak!

Asablarni mustahkamlash va uyqusizlikni bartaraf etishda tirnoqgul ( kalendula) damlamasi juda yaxshi yordam beradi.1 oshqoshiq tirnoqgulni 1 stakan qaynagan suvda damlab qoʻying. Suzib olingan yarim stakan damlamani uyqudan oldin ichish zarur. Bu borada pustirnik giyohi ham yaxshi foyda beradi: 15 gramm giyoh 1stakan qaynoq suvda 20 daqiqa dimlab qoʻyiladi. Asablarni tinchlantirishda doʻlana hamda valeriana tindirmalarining aralashmasi ham qoʻl keladi. Buning uchun ushbu aralashmaning 20 tomchisini yarim stakan suv bilan uyqudan oldin ichish zarur.

B guruhidagi vitaminlar asabiylikni yengish, xotirani mustaxkamlash va diqqatni jamlashga yordam beradi. Inson organizmida kalsiy yetishmasligi kuzatilsa u tajang va behalovat boʻlib qoladi. Ushbu muammodan halos boʻlishni istasangiz sut mahsulotlarini tanovul qiling.

Badan tarbiya hotirjamlikni taʼminlay olishi oʻz isbotini topgan. Shuningdek, mushaklar ishlayotgan paytda organizmda shodlik garmoni-endorofin hosil boʻlishi kuchayadi. Bu gormon stressga qarshi tabiiy vosita boʻlib hizmat qiladi.

Har bir ishni mulohaza bilan hal eting, turli muvaffaqiyatsizliklarga uchrasangiz koʻnglingizni choʻktirmang va hamisha ijobiy fikrlashga harakat qiling.

Yodda tuting: salbiy hislar asablarni yemirib tanani turli dardlarga duchor qiladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



