Texnologiya

Sharf va uni oʻrash usullari

Sharf va uni oʻrash usullari

Haqiqatdan ham sharf tanlashdagi eng muhim omil – mato sifati. Masalan, ipak – silliq va yaltiroq koʻrinishga ega boʻlib, oʻzga matolardan ajralib turadi. Viskozadan tayyorlangan sharf va roʻmollarni aʼlo darajada bezatish mumkin. Mato tanlashda eng muhimi – u teriga zarar yetkazmasligi, chiroyli koʻrinishga ega boʻlishi va choʻzilib ketmasligi lozim.

Sharf va uni oʻrash usullari

Sharf tanlash borasida kashemir, ipak, shifon, krepdeshin, duxoba, sherst ( jun gazlama) va viskoza matolariga alohida eʼtibor qarating. Sintetik matodan tayyorlangan roʻmollarni ham koʻzdan kechiring. Bugungi kunda mashxur dizaynerlar tomonidan yaratilayotgan kolleksiyalarda sintetik matolar ahamiyati tobora ortib, zamonaviy texnologiyalar undan aʼlo darajadagi sharf tayyorlash imkonini bermoqda.

Sharf va uni oʻrash usullari

“Bizning zamonamizda sintetikadan voz kechish – kompyuterda ishlashni  istamaslik bilan barobar”. Donna Karan,modelyer.

Sharf va uni oʻrash usullari

Sharf tanlash jarayonida uni gorderobingizdagi biror kostyum bilan birga tasavvur qiling. Yengil matodan tayyorlangan liboslar xarir sharflarni talab qilsa, qalinroq ust-bosh oʻziga oʻxshash sharf bilan uygʻunlashadi. Yupqa shifon sharf sherst mato bilan mos tushmaydi, uzigʻir matosidan tayyorlangan yozgi liboslarga uygʻun.

Sharf va uni oʻrash usullari

Agar maʼlum bir libos uchun sharf sotib olmoqchi boʻlsangiz,  xaridga otlanayotganingizda aynan shu libosni kiyib chiqing. Sotib olish jarayonida sharfni turli usullar bilan oʻrab koʻring. Agar sharf juda  dagʻal va oʻta yumshoq boʻlsa, uni sotib oʻlishdan voz kechganingiz maʼqul.

Sharf va uni oʻrash usullari

Neytral rangli libos uchun yorqin rangli sharf tanlanishi lozim. Ammo unutmang, sharf teringiz rangiga mos boʻlishi kerak. Tantanalar uchun tilla yoki kumushrang ip va yaltiroq kukun bilan ishlov berilgan sharflar tanlagani yaxshi. Bunday sharf bilan oddiygina qora libos ham benuqson koʻrinadi. 

Sharf va uni oʻrash usullari

Sharfning eni juda katta ahamiyatga ega. Boʻyningiz uzun boʻlsa enli sharf, kalta boʻlsa ensiz sharf  taqishingiz lozim. Toʻladan kelgan honimlarga esa yupqa sharflar yarashadi.

“Zirak, bilaguzuk va sharf toʻgʻri tanlangan boʻlsa, koʻrinish benuqson boʻlishi aniq”. Vendi Vassershtayn, Dramaturg.

Sharf va uni oʻrash usullari

1.       Sharfni yelkalardan aylantirib  koʻkrak qarshisiga bogʻlanadi. Ushbu usul qoʻlning yuqori qismidagi kamchiliklarni berketishga yordam beradi.

2.       Endigi usul kapalak deya ataladi.sharf oʻrtasidan ikkiga buklanadi. Oʻrta qismida yengil tugun hosil qilinadi va tekislanadi. Sharf boʻyindan shunday oʻralishi lozimki , tugun engak qismda joylashishi kerak.  Soʻng esa sharf uchlarini  xoch xolatida boʻyin orqasidan aylantiriladi va oldinga qaytarilib, tugundan oʻtkazilishi lozim. Boʻyinda qanotlari sharf uchidan tashkil topgan kapalak paydo boʻladi. Agar sharf juda uzun boʻlsa, uni uchlarida kapalak qanotlarini xosil qilib boʻlmaydi. Bunda sharflarning uzun uchi koʻkrak qismiga tushib turadi.

Sharf va uni oʻrash usullari

3.       Sharfni pidjak ichidan bogʻlamasdan pidjak ichidan oʻrang. Ushbu variant boʻyingizni baland qilib koʻrsata oladi. Agar siz tanlagan bluza boʻyni V shaklida yoki yoqasiz boʻlsa, bu usul siz uchun ayni muddao.

4.       Agar yoqali bluza kiygan boʻsangiz, sharfni pijakning tashqarisidan qaytarma yoqa ostidan bogʻlangani maqul. Mazkur usul vertikal chiziq hosil qilibgina qolmay koʻkrak, bel va qorin qismidagi kamchiliklarni berkitib turadi. Nozik did bilan ishlangan taqinchoq ushbu usul orqali oʻralgan sharfni  toʻldirib turadi.

Sharf va uni oʻrash usullari

5.       Sharf uchlarini tugun qilib bogʻlab,uchinchi va toʻrtinchi variantdagi kabi boʻyinga oʻrang. Sharfni bunday oʻrash usuli boʻyingizni balandroq qilib koʻrsatadi. Ushbu xolatda sharfni yengil matodan tikilganiga eʼtibor qaratish lozim. Aks xolda u besunaqay koʻrinish berib qoʻyishi mumkin.

6.       Ushbu variantda esa tuguni biroz yengilroq turishi kerak. Sharf yarmidan buklanadi boʻyin atrofidan oʻtkaziladi va sharf uchlaridan yengil tugun hosil qilinadi.

Sharf va uni oʻrash usullari

7.       Keyingi variantda esa sharfning faqat bir uchini bogʻlaysiz va undan ikkinchi uchini oʻtkazib olasiz. Tugunni oʻzingiz istagan yerda bogʻlashingiz mumkin. Sharfni bogʻlashda taqinchoq , kamar va yoqa tuzilishini hisobga olishi lozim.

8.       Sharf uchlari orqaga aylantiriladi, hoch shaklida oʻrab, koʻkrak qismiga tashlab qoʻyiladi. Bunday oʻrash usuli dumaloq boʻyin oʻyindisi bilan ajoyib tarzda uygʻunlashadi.

Sharf va uni oʻrash usullari

9.       Sharf boʻyinga tashlanadi. Uchlari hochsimon tarzda ikki marta aylantirilib olinadi. Ammo qattiq tortib yuborish kerak emas. Sharf qancha uzun boʻlsa, old qismidagi shakl shuncha chiroyli chiqadi.

10.       Sharqona uslub. Sharfni  boʻyinga oʻrab, uzun uchlarini orqa tomonga  oʻtkazing. Ushbu variant yoqasiz ishlangan klassik uslubdagi kostyum bilan mos keladi.

Sharf va uni oʻrash usullari

11.       Sharf ikkiga buklangan holda boʻyinga oʻraladi va uning bir uchi uzunroq qilib tugun bogʻlanadi. Sharfning uzun uchi tugunni yopib turishi lozim. Sharfning  ikkita uchi ham jilet yoki bluzaning ichiga kiritib qoʻyiladi.

12.       Ushbu variant romantik va oddiy uslubda kiyinishni yoqtiruvchi honimlarga mos keladi. Sharf ikkiga buklanadi, yengil tugun hozil qilinadi. Tugundan sharfning birinchi uchi, soʻng ikkinchi uchi oʻtkazib olinadi.

13.       Keying variantda sharfning birinchi uchi ikkinchisidan uzunroq qilib oʻraladi. Sharf uchlari old tomondan xochsimon tarzda aylantirilib, sharfning uzun uchi boʻyindan yana bir bor aylantiriladi.  Sharfning ushbu uchi hosil qilingan ilmoqdan oʻtkaziladi. Uni bogʻlashda oldindan ham, orqadan ham qattiq tortmaslik lozim.

Sharf va uni oʻrash usullari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar