Avstraliyadagi temir yoʻllar chorrahasi

Ikkita temir yoʻl toʻgʻri burchak ostida kesishadigan yoʻlning bu qismini aynan shunday deb ataydilar. Bu oʻziga xos yagona temir yoʻllar kesishib oʻtadigan joy xisoblanadi.


Temir yoʻllardan biri mahalliy shakar zavodiga olib boradi. U yerdan poezd kelayotganda mashinist maxsus moslama yordamida relslarni tushiradi. Poezd oʻtib boʻlganidan keyin relslar avtomatlashgan tarzda yana koʻtariladi.

Boshqa temir yoʻl esa tezligi gohida soatiga 160kilometr koʻrsatgichidan baland boʻlgan tez yurar poezdlar uchun moʻljallangan.Ular “temir yoʻl chorrahasi”ni oddiy tarzda kesib oʻtadi.

Tez yurar poezd harakatlangan paytda relslarni tushirish moslamasi ishlamaydi, xatto ularni ishlatishga urinib koʻrilsa ham. Yaʼni, shakar zavodidan harakatlangan poezd semaforning qizil chirogʻiga qaramay harakatni davom ettirgan taqdirda ham, himoya mexanizming ishga tushirilishi tufayli u poezdni qiyalikka chiqarib yuboradi. Ammo, shu paytga qadar hali biror marta ham bunday jiddiy vaziyat yuzaga kelmagan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



