Sayohat

Avtostop bilan Shvetsiyadan Malayziyaga yetib olgan qiz

Avtostop bilan Shvetsiyadan Malayziyaga yetib olgan qiz

Bu qiz cho'ntagida atigi 200 dollar bilan Shvetsiyadan Malayziyaga avtostop bilan yetib oldi.

Avtostop bilan Shvetsiyadan Malayziyaga yetib olgan qiz

13 oy ichida Petrina Tong avtostop bilan Shvetsiyadan Malayziyaga sayohat qildi. 29 yoshli ayol 2015 yilning iyun oyida Stokgolmdan yonida 200 dollar bilan chiqib ketgan. U qanchalar uzoqqa keta olishini sinab koʻrmoqchi boʻlgan. Natijada esa, 22 davlatni oʻtib, 2016 yilning iyul oyida oʻzining ona shahri Kuala-Lumpurga yetib brogan.

Avtostop bilan Shvetsiyadan Malayziyaga yetib olgan qiz

Senarist-frilanser sarguzashtini oʻziga qoʻygan sinovi deb biladi. “ Oʻtgan yili Stokgolmga borganimda avtostop bilan sayohat qilish tajribasini sinab koʻrmoqchi edim, biroq men bunga qodir ekanligim xatto hayolimga ham kelmagan edi. Men urinib koʻrishim mumkinligi haqida oʻyladim, 200 dollarga men taxminan yoʻlda uchoydan olti oygacha yaxshay olaman deb rejalashtirgan edim. Men yoʻl chetida bosh barmogʻimni koʻtarib turdim, toʻxtagan mashina qayerga ketayotgan boʻlsa, oʻsha yerga yurdim. Faqatgina yetib kelganimda, qayerda ovqatlanishim va uxlashim haqida bosh qotirardim”, - deb eslaydi sayohatchi qiz.

Avtostop bilan Shvetsiyadan Malayziyaga yetib olgan qiz

“Ovqatlanish uchun men kafelar yonidagi axlatdan ovqat qidirardim va chala qolgan ovqatlarga tashlanardim, doʻkonlardan sotish mumkin boʻlmagan, ayniy boshlagan mevalarni soʻrardim. Kech tushganda esa men Palatka qoʻyish mumkin boʻlgan joy izlardim, bazida meni tasodifiy tanishlar tunashga taklif qilishardi”. Petrinaning aytishicha, koʻp odamlar avtostop bilan sayohat qilishga qoʻrqishadi, ayniqsa, yolgʻiz ayollar, lekin u juda koʻplab ajoyib va mehribon odamlarni uchratdi, ular unga yordam berishdan xursand boʻlishdi.

Avtostop bilan Shvetsiyadan Malayziyaga yetib olgan qiz

Biroq qoʻrqinchli voqealar ham sodir boʻldi. Petrina eron-pokiston chegarasini Belujiston orqali kesib oʻtish kerak edi. “Sayohatchilarni oʻgʻirlab ketish hodisalari koʻp boʻlgani uchun, meni yolgʻiz ketishimga ruxsat berishmadi. Eron chegarasida men politsya mashinasiga oʻtirib, yana ikkita qurollangan politsiya mototsikllar konvoyi kuzatuvida bordim. Birinchi tekshiruv postiga borganimizda, men boshqa politsiya yuk mashinasiga oʻtirdim. Yana keyingi tekshiruv punktiga yetb oldik. Juda uzoq kutishga toʻgʻri keldi. Keyin meni bir harbiyga topshirishdi, u men bilan avtostop bilan keying postgacha bordi. U yerdan yana uch marta harbiy yuk mashinalariga oʻtirishimga toʻgʻri keldi”, - deb hikoya qiladi qiz. Uning aytishicha, bu sayohat davomidagi eng qo'rqinchli tajriba boʻlgan. Unga xattoki ochiq hududda turishga ruxsat berishmagan, chegarani kesib o'tayotganda bir mashinadan boshqa mashinaga sakrab oʻtishga toʻgʻri kelgan.

Avtostop bilan Shvetsiyadan Malayziyaga yetib olgan qiz

Petrinaning soʻzlariga qaraganda, sayohatning eng yoqimli onlaridan biri bu Litva toʻgʻlarining birida “Kamalak” (Rainbow Gathering) xippilar festivalini uchratgani boʻlgan. Bu jamoa, oʻz asosini amerika Burning Man festivalidan olgan boʻlib, turli mamlakat odamlarini “utopiya” yaratish uchun bir necha haftaga birlashtiradi. “Pulning qadri yoʻq, ovqat hammaga teng boʻlinadi, hamma bir oila, - deb gapiradi sayohatchi qiz. – Hech qanday iyerarxiya yoʻq, hech qanday alkogol, narkotikka ruxsat yoʻq, faqatgina hayotdan zavq olinadi. Bu juda ildizlariga yaqin. Men bu gʻayritabiiy jamoani yoqtirib qoldim. Tashqi dunyo bilan hech qanday aloqaga kirishmay, har bir odam tabiat bilan hamnafas boʻladi va umuman tanimagan odamlari bilan munosabatga kirishadi. Umumiy gulhan atrofida oʻtirib isinishga harakat qiladi yoki shunchaki bir qator yomgʻirli kunlardan keyingi quyoshli kunga xursand boʻladi”.

Avtostop bilan Shvetsiyadan Malayziyaga yetib olgan qiz

Petrinanin gyoʻli Shvetsiyadan butun Yevropa boʻylab yotadi: Daniya, Germaniya, Polsha va Boltiq boʻyi mamlakatlari orqali. Keyin u Albaniya, Kosovo va Bolgariya orqaliTurkiyaga boradi. U yerdan Eronga borib, Pokiston, Hindiston, Tayland orqali ona vatani Malayziyaga yetb boradi. Yevropadan Yaqin Sharq mamlakatlariga borib qolganda, koʻpchilik odamlar u yolgʻiz sayohat qilayotganiga hayron qolishgan. “Mendan doim nega yolgʻizligimni, mening erim, akam, yigitim yoki ota-onam qayerdaligini soʻrayverishardi. Yolgʻiz qoldimmi yoʻqmi, qoʻrqmayapsanmi deb soʻrashardi.Osiyoda yolgʻiz sayohat qilish noodatiy hol, ayinqsa, ayollar uchun”.

Avtostop bilan Shvetsiyadan Malayziyaga yetib olgan qiz

Bazi qiyinchiliklarga qaramasdan, Petrina boshqa ayollarga ham avtostop bilan sayohat qilishni maslahat beradi. “Men bu sayohat juda qiyin boʻladi deb kutgan edim, lekin hozir ortga qarab, unchalik ham qoʻrqinchili emasligini tushundim. Albatta, bazan shunday paytlar boʻldiki, nega men bu ishni boshladim, nega oʻzimni bunchalik qiynayapman deb oʻylab qoldim, biroq hozir mening dunyoqarashim butunlay oʻzgardi. Dunyo va noaniqliklar umuman qoʻrqinchili emasligi menga katta dars boʻldi. Odamlar juda mehribon va har doim yordam berishga tayyor. Hozir men aniq bilaman, tilini bilmaydigan mamlakatda pulsiz yoʻqolib qolsam ham, hammasi yaxshi boʻladi”.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar