Foydali

Qoshlarni qalinlashtirish uchun nima qilish kerak? Uy sharoitidagi eng oson usullar!

Qoshlarni qalinlashtirish uchun nima qilish kerak? Uy sharoitidagi eng oson usullar!

TarkibidaA, Ye va V 12 vitamini boʻlgan mahsulotlar isteʼmol qiling. Ular sochlar oʻsishini ragʻbatlantirib, follikulalarni mustahkamlaydi. Bu kabi vitaminlarni baliq, bugʻdoy mahsulotlari, sut, yangi goʻsht, mango, olma, sabzi, kungaboqar va zaytun yogʻlari tarkibidan topishingiz mumkin. Dorixonadan Е va V vitaminlarini harid qilib, 1 ta kapsuladan kuniga 3 marta och qoringa ichishingiz ham mumkin. Bu tezkor natija uchun yaxshi usul. Bundan tashqari kapsulani oʻrtasidan boʻlib, moyni qoshlarga surtib qoʻysa ham boʻladi. 2-3 daqiqa oʻtgach esa qogʻoz salfetka bilan artib olaverasiz. 

Qoshlarni qalinlashtirish uchun nima qilish kerak? Uy sharoitidagi eng oson usullar!

Yuzdagi pardoz qoldiqlarini tozalash paytida qoshlar uchun maxsus vositadan foydalaning. Unga surtilgan qalam, suvga chidamli tush, mum asosli vositalar tolalarning toʻkilib ketishiga olib keladi. 

Qoshlarni qalinlashtirish uchun nima qilish kerak? Uy sharoitidagi eng oson usullar!

Qoshlarni qancha koʻp tarasangiz, shunchalik tez oʻsib, qalinroq ham boʻladi. Buning uchun maxsus taroq sotib olish ham yoddan chiqmasin. 

Qoshlarni qalinlashtirish uchun nima qilish kerak? Uy sharoitidagi eng oson usullar!

Agar qoshlaringizni notoʻgʻri koʻrinishda terib qoʻygan boʻlsangiz, tatuaj buni yashirish uchun yordam bera oladi. Ammo bunday muolaja paytida teriga maxsus boʻyoq surtiladi. Shishgan koʻrinish va koʻkish rang oradan 2-3 kun oʻtibgina yoʻqolishi mumkin. Boʻyoq bir necha oy davomida yoʻq boʻlib ketmaydi, ammo buning vaqtinchalik yechim ekanligini yodda tutish kerak.

Qoshlarni qalinlashtirish uchun nima qilish kerak? Uy sharoitidagi eng oson usullar!

Kosmetik vositalar orasida kipriklar va qoshlarni oʻstiruvchi tushlar ham bor. Ular tolalarga kerakli rangni beribgina qolmay, piyozchalarini ragʻbatlantirib, foydali moddalar bilan toʻyintiradi. Odatda ularning tarkibi fitogormonlar va namlantiruvchi vositalardan tashkil topadi. 

Qoshlarni qalinlashtirish uchun nima qilish kerak? Uy sharoitidagi eng oson usullar!

Uy  sharoitida, mutlaqo tabiiy vositalardan foydalangan holatda qoshlarni qalinlashtirmoqchi boʻlsangiz, oʻsma surting. Momolarimizdan qolgan ushbu odatning qanchalar foydali ekanligini sizga tushuntirishning keragi yoʻq. Bundan tashqari ularni chakamugʻ va kanakunjut moylari bilan uqalab turing. Ushbu moylar ularning tezroq oʻsib chiqishiga yordam beradi. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar