Ayollar uchun roʻzgʻorda qoʻl keluvchi kichik ayyorliklar

1. Agar klyonkadan yasalgan dasturxoningizni biror joyini kesib qoʻysangiz, oʻsha joyiga rangsiz tirnoq boʻyogʻidan surting.
2. Gaz plitasi ustidagi zanglarni yoʻqotish uchun uni issiq oʻsimlik yogʻiga botirilgan mato bilan ishqalang.
3. Pishloqni maydalashdan oldin qirgʻich yuzasiga oʻsimlik yogʻi surting, shunda pishloq qirgʻichga yopishmaydi va tozalanishi ham oson boʻladi.

4. Sarimsoqpiyozni qirgʻichdan chiqarishda qoʻllaringizga shikast yetmasligi uchun qirgʻich atrofini paket bilan oʻrab qoʻying.
5. Yangi qirgʻich juda oʻtkir boʻladi va u qoʻllaringizga zarar yetkazishi mumkin, buni oldini olish uchun qirgʻichni najdak qogʻoz bilan ishqalang.
6. Usti yopiq non idishga biroz tuz solib qoʻying, bu usul nonlarni mogʻordan saqlaydi.

7. Uy sharoitida tez va oson yoʻl bilan mayonez tayyorlash uchun smetanaga koʻpirtirilgan tuxum oqi va bir choyqoshiq gorchitsa solib yaxshilab aralashtiring.
8. Oshxona pardalari yaxshi yuvilishi va rangi chiroyli boʻlishi uchun uzoq muddat tuzli iliq suvga ivitib qoʻyish kerak.

9. Erkaklar boʻyinbogʻini dazmollash shart emas. Agar boʻyinbogʻ juda gʻijim boʻlsa, uch litr bonkaga qaynoq suv quyib, boʻyinbogʻni unga aylantirib chiqish kerak.
10. Shimlarni tizzasi chiqib qolmasligi uchun dazmollash oldidan oʻsha joyga sirkali suv sepish kerak boʻladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



