Aqlli uzuk: 24 tilni biladigan eng kichik tarjimon

Texnologiyalar olamida yangilik - aqlli uzuk. Bu uzuk 24 tilda gaplasha oladigan eng kichik va ixcham tarjimon.

Bazida, agar hamma yagona bir tilde gapirganda sayyoramiz osoyishta va baxtliroq boʻladiganday tuyiladi. Lekin unda balki zerikarli ham boʻlardi. Biroq hozircha “Esperanto” loyihasi barbod boʻlib, odamlar ingliz tilini oʻrganishni xohlamagan bir paytda, barcha umidimiz elektron tarjimonlardan. Ular kun sayin “oʻqimishliroq" va xamyonbop boʻlib bormoqda. Shu kunlarda endi chet tilini tushunadigan uzuklarni ham yaratishibdi.

Koʻp sayohat qiladigan odamlar, ertami kechmi soʻzlashishda qiyinchilikka uchraydi. Tajriba shuni koʻrsatadiki, ingliz tili – bunday muammolarni hal qila olmaydi. Hamma tillarni esa oʻrganib ololmaysiz. Ana shunday vaziyatlarda elektron tarjimonlar yordamga keladi. Hozirda ularning soni koʻpayib bormoqda. Yaqinda esa ular qatoriga yana bir ixcham tarjimon – Echo nomli aqlli uzuk qoʻshiladi.

Echo – bir vaqtda bir necha qiyin vazifalarni bajara oladigan juda ixcham moslama. Eng birinchi va asosiysi – tarjima. Uzuk “aqlli” nomini oqlaydi va 24 ta tilni biladi. Unga oʻrnatilgan dinamik va intershovqinni yoʻqota oladigan MEMS mikrofonlari yordamida Echo soʻzlashuvni “eshitishi” va belgilangan tilga tarjima qilib berishi mumkin. Matni esa smartfoningizdagi maxsus ilova orqali ekranda chiqadi.

Oʻylaganingizdek, uzuk telefoningiz bilan Bluetooth orqali aloqa qiladi. Uzuk yordamida smartfonni ham boshqarish mumkin. Buning uchun ovozli boshqarish funksiyasini yoqsangiz bas, telefonni qoʻlingizga olmasdan unda ilova, musiqa ocha olasiz yoki Uber chaqira olasiz.

Aytgancha, Bluetooth orqali, Echo uyingizdagi boshqa istalgan texnikani boshqara oladi. Smartfonni esa xatto qoʻl silkitish bilan ham boshqarsa boʻladi. Haqiqiy aqlli uzuk.

Minimalistik dizaynli uzuk sinkli keramikadan ishlangan va atigi 16 gr ogʻirlikka ega. Agar 90-yillarning “muxrli” uzuklari bilan solishtirsangiz, koʻrinishi yomon emas. Unga oʻrnatilgan batareykalar, toʻliq ishlatilganda 2 sutkaga yetadi.



Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



