Qiziqarli

Bananlarni yetishtirish va terish jarayoni

Bananlarni yetishtirish va terish jarayoni
Bananlarni yetishtirish va terish jarayoni

Boshoqlarda meva tuguni paydo boʻlishi bilanoq ular biror narsa taʼsirida zararlanmasligi uchun polietilen gʻilof bilan oʻrab chiqiladilar.

Bananlarni yetishtirish va terish jarayoni

Shu gʻiloflar ichida bananlar oʻn bir hafta davomida oʻsadilar. Ular yetilmaslaridanoq terib olinadilar, chunki bananlar dunyoning turli burchaklariga eksport qiladilar, yoʻlda esa ular yetilish jarayonida ozgina kichrayadilar.

Bananlarni yetishtirish va terish jarayoni

Bananning terish jarayonida ham hech qanday sir yoʻq. Buning uchun ikki kishining oʻzi kifoya. Birinchisi uzun tayoqqa oʻrnatilgan pichogʻi bilan boshoqni kesib oladi, ikkinchisi esa uni ehtiyotkorlik bilan yelkasiga qoʻyadi.

Bananlarni yetishtirish va terish jarayoni

Banan terib olingandan keyin meva bergan oʻsimlik butunlay olib tashlanadi, chunki u boshqa meva bermaydi. Plantatorchilar bunga achinmaydilar: eski banan oʻrniga darhol yangisi oʻtkaziladi. U ham bir necha haftadan keyin meva beradi. Darvoqea, banan aslida daraxr emas, oʻt hisoblanar ekan.

Bananlarni yetishtirish va terish jarayoni

Terib olingan banan boshoqlari qadoqlash stantsiyasiga olib boruvchi kanat yoʻlakchasiga osiladilar.

Bananlarni yetishtirish va terish jarayoni

Qadoqlash stantsiyasida banan boshoqlari oqar suvli hovuzga 20-30 daqiqaga solinadi. Bu bilan boshoqning kesilgan yeridan meva sharbatining oqib chiqib ketishining oldi olinadi.

Bananlarni yetishtirish va terish jarayoni

Qadoqlash stantsiyasida bor-yoʻgʻi  5-6% meva sifat nazoratidan oʻtmaydi. Eksport uchun yaroqsiz banan mahalliy bozorda sotiladi. Bunday mevadan bolalar ozuqasi yoki maxsus banan uni tayyorlanadi.

Bananlarni yetishtirish va terish jarayoni

Banan yuvish bilan asosan ayollar shugʻullanadilar.

Bananlarni yetishtirish va terish jarayoni
Bananlarni yetishtirish va terish jarayoni

Bananlar hovuzda ishlov berib olingandan keyin quritiladi, polietilenga oʻralib, firma muhri tushirilgan maxsus yashiklarga joylanib, dengiz yoʻli orqali joʻnatiladi. Shu yoʻl arzonroq aylangani uchun koʻproq mahsulot joʻnatish mumkin.

Bananlarni yetishtirish va terish jarayoni
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar