Qiziqarli

Bekajonlar uchun eng sara maslahatlar toʻplami

Bekajonlar uchun eng sara maslahatlar toʻplami
Bekajonlar uchun eng sara maslahatlar toʻplami

Isitiladigan palovning guruchi ezilib ketmasligi uchun qozonga ozgina qora choy qoʻshib yuboring.

Bekajonlar uchun eng sara maslahatlar toʻplami

Sabzavotlarni bugʻda dimlab pishirsangiz, undagi vitaminlar va kerakli moddalar yahshi saqlanib qoladi.

Bekajonlar uchun eng sara maslahatlar toʻplami

Olma, bexi,limon va apelsin kabi mevalarni dasturhonga tortishdan avval qaynoq suv bilan chayib yuborsangiz , hushboʻy hida gurkirab ketadi.

Bekajonlar uchun eng sara maslahatlar toʻplami

Jazirima issiq kunlarda muzlatgich ishdan chiqsa, sifati tez buziladigan mahsulotlar-pishloq bilan yogʻni darhol shisha yoki chinni idishlarga solib, qopqogʻini mahkam yopish zarur.Soʻng suv quyilgan togʻoralar ichiga solib,bankalarning yuqori tomonini hoʻl sochiqlar bilan oʻrab qoʻyish kerak.

Bekajonlar uchun eng sara maslahatlar toʻplami

Jun ipdan toʻqiligan kiyimni issiq suv bilan emas, sezilar-sezilmas iliq suv bilan yuviladi.Oldin biron hil kir yuvish uchun kukun koʻpirtirib olinadi.Buyumni shu suvga botirib qattiq ishqamay yuviladi.Sovuq suvda 2-3 qayta chaygandan soʻng, jindakkina kukun koʻpirtirilgan toza suvga botorob olinsa, yumshoq va sertuk chiqadi.Suvini sochiq yoki toza choyshabga shimdirib olib, tekis joyga toza choyshab toʻshab, quritishni unutmang.

Bekajonlar uchun eng sara maslahatlar toʻplami

Tukli sochiqni yuvib, chayib boʻlgandan keyin, bir oz tuz qoʻshilgan suvga solib qoʻying, yaxshilab siqib, qoqilgandan soʻng yoyilsa tuklari pahmayib, yumshoq chiqadi.

Bekajonlar uchun eng sara maslahatlar toʻplami

Rangi chiqadigan engil-bosh, yostiq jildlari kabi buyunlarni, juda kir boʻlib ketgan deraza pardalarini bir necha daqiqa tuzli suvga ivitib qoʻyib, soʻng yuvsangiz aynamaydi, yahshi ochiladi.Tuz bir chelak suvga bir osh qoshiq miqdorida solinadi.

Bekajonlar uchun eng sara maslahatlar toʻplami

Kir sovunda ishqor va har hil kislotalar koʻp boʻladi.Uni ishlatganda, ayniqsa kir yuvganda qoʻllar dagʻallashib, teri yorilishi mumkin.Shuning uchun bu sovunda kir yuvib boʻlgach, qoʻlga biron hil krem yoki vazelin surting.

Bekajonlar uchun eng sara maslahatlar toʻplami

Qoʻl kirmaydigan chinni va shisha buyumlar ichiga qaynoq suv quyib,gʻijimlangan qogʻoz soling va yahshilab chayqating. Buyumingiz toza emas top-toza boʻladi.

Bekajonlar uchun eng sara maslahatlar toʻplami

Mabodo dazmol qilayotganda ipli gazmol koʻylagingizni , dasturhon, sochiq kabi buyumlarni kuydirib qoʻygan boʻlsangiz, suv qoʻshilgan qatiqqa bir stakan suv miqdorida oʻsh yerning oʻzini tuni bilan ivitib qoʻying. Chayib tashlasangiz dogʻdan asar qolmaydi.

Bekajonlar uchun eng sara maslahatlar toʻplami

Kiyimga tekkan qizil yoki sariq dogʻlarni limon kislotasi yoki oksalat kislotasi bilan oson ketkazsa boʻladi.

Bekajonlar uchun eng sara maslahatlar toʻplami

Benzin va moyli boʻyoq ishlatganingizda qoʻlingizdan uni hidini yoʻqotish ancha qiyin. Sovun bilan yuvish ham hidni yoʻqotmaydi.Lekin qoʻlingizni yuvadigan suvga ozgina quruq hantaldan qoʻshsangiz teringizda hech qanday dogʻ ham hid ham qolmaydi.

Bekajonlar uchun eng sara maslahatlar toʻplami
Bekajonlar uchun eng sara maslahatlar toʻplami

Sirli idishda ovqat pishirayotganda tagiga olsa, idish isteʼmol sodasi solingan (ikki litr suvga bir choy qoshiq miqdorida) suv bilan qaynatilsa oson ketadi.Agar isteʼmol sodangiz boʻlmasa uning oʻrniga 2-3 dona bosh piyoz ishlatishingiz ham mumkin.

Bekajonlar uchun eng sara maslahatlar toʻplami

Dazmol bosishdan qolgan sariq dogʻlar vodorod peroksidi bilan (yarim stakan suvga bir choy qoshiq solinadi), rangdor ipak va jun gazlamalardagi dogʻlar denaturant spirti bilan artiladi.Yoki piyozning oʻrtasidan kesib , undan chiqqan suvni matoning sargʻaygan joyiga tomizing va sovuq suvda chayib tashlang.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar