Biz faqat kinoda koʻrgan zamonaviy texnologiyalar

Ammo, shu bilan birga ommaviy OAVda kam yoritilgan va uncha ommmalashtirilmagan texnologiyalar ham borki, ular goʻyo Ayzek Azimovning fantastik asarlaridan olinganday. Bugungi kunda ular amalda ham mavjud.

Mashhur Lexus avtomobilsozining muxandislari va tadqiqotchilari xaqiqiy uchar taxtaning prototipini yaratdi. SLIDE magnitlar va suyuq oltin bilan sovitiladigan yuqori oʻtkazgichlar yordamida uchadi. Ular ham relslar ustidagi parvoz qilish uchun super sovitiluvchi oʻta baquvvat magnitlardan foydalanadigan “Maglev” poezdi kabi tahminan shu tartibda ishlaydi.
Bu oʻrinda Lexus Ispaniyaning Barselona shahrida yerning oʻziga oʻrnatilgan juda koʻp magnitlarga ega boʻlgan mislsiz qimmat skeyt-bogʻning barpo etdi. Afsuski,yaqin vaqtlarda shunday xoverbordda uchish imkoni paydo boʻla olmasligi aniq, chunki SLIDE taxtasi sotuvga chiqmaydi, maxsus skeyt-bogʻlarni yaratish esa hozircha haddan tashqari qimmatga tushadi.

Bell Boeing V-22 Osprey — amerika konvertoplani. U istalgan oddiy vertolyot kabi havoga koʻtariladi va qoʻnadi, ammo parvoz paytida u oʻz dvigatellarini oddiy aviatsion dvigatellar kabi ishlashi uchun old tarafga tushirib oladi.
Bu modelning oʻrtacha tezligi soatiga 446 kilometrni tashkil etadi (Chinook vertolyotining oddiy tezligi soatiga 240kilometr). Shuningdek Bell Boeing V-22 Osprey zamonaviy vertolyotgan nisbatan qoʻshimcha yoqilgʻi quymasdan uchish masofasi ancha uzoqroq - konvertoplan 32 nafargacha yoʻlovchini 722 kilometr masofagacha eltib qoʻyishi mumkin.

Sunʼiy qoʻl-oyoqlar bir necha asrlar davomida mavjud boʻlib kelgan: dengiz qaroqchilarining yogʻochli oyoqlaridan boshlab hayriya marafonida oʻz sunʼiy oyogʻini ishlatgan Terri Foksning besoʻnaqay protezigacha. Ular ogʻir va egiluvchanlik kabi xususiyatlarsiz edi. Lekin XXI asrda ular tez surʼatlarda takomillashtira boshlandi.
Bugungi kunda narhi tahminan 45000 AQSH dollarigacha boʻlgan uglerod tola va titandan tayyorlangan oʻta engil sunʼiyqoʻl-oyoqlar ishlab chiqarilgan, shuningdek... fikr kuchi bilan nazorat qilish mumkin boʻlgan bionik oyoqlar ham mavjud.

Gudmundur Olafsson erta bolalik paytidayoq bahtsiz hodisa tufayli uni yuk mashinasi urib yuborganida oʻz oyogʻini yoʻqotgan. Yaqindaesa u Islandiyaning Ossur kompaniyasi tomonida ishlab chiqarilgan robotlashgan oyoqqa ega boʻldi va mana bir yildan ortiq har kuni uni ishlatib faol va toʻlaqonli hayot kechirib kelmoqda.
Uning sunʼiyoyogʻi xaqiqiy oyoq kabi harakatlana oladi. Bunga erishish maqsadida Olafson oyogʻining kesigiga maxsus datchiklar implantatsiya usulida oʻrnatilgan.Olafson oyoq bilan harakat qila boshlaganida ular sondagi mushak toʻqimalariga bosh miyasidan yuborilayotgan impulslarni qabul qilib olib, protezni xaqiqiy oyoq kabi bukilishiga majbur qiladi.

Crysis seriyasidagi oʻyinlarda geymerlar, yaʼni oʻyinchilar koʻrinmaslik xususiyatiga ega boʻlgan kostyumdagi askar “tanasi”da oʻynaydi. Xaqiqiy hayotda esa Dallas Nano TechInstitute olimlari uglerodli nanonaychali varaqlardan foydalangan (mikroskopik naychalarga oʻralgan qalinligi 1 atomga teng uglerod varaqlari koʻrinishida namyon boʻladi). Yorugʻlik ulardan aks olmay ularni “aylanib oʻtadi” va oddiy odamning koʻziga “aylanib oʻtish” jarayoni umuman bilinmaydi.
Buning ixtirosida ishlatilgan texnikada sahroda holdan toygan sayyohlar qumliqning boʻsh hududini soʻlimgina voha qilib koʻrsatadigan sarob effektidan foydalanilgan. Bu yerda qum bilan havo haroratlari oʻrtasidagi farq asosiy oʻrinni tutadi. Shu tufayli yorugʻliknurlari yer yuzasidan aks etish oʻrniga bechora sayyohning koʻziga toʻgʻridan-toʻgʻri emas, oʻynab-tovlanib etib boradi. Shunday hodisa tufayli odamlar qumda osmonning aksini koʻradi va uni suv deb tushunadi.
Uglerodli nanonaychalar suvga tushirilib isitilgan (suv bilan birga). Natijada yorugʻlik varaqni “aylanib oʻtgan” va uning orqasidagi narsa borib urilgan. Harbiy nuqtai nazardan bu kostyumning foydasi yoʻq, chunki undan foylanish uchun suvga tushirilgan oʻta issiq kostyumni kiyib yurish kerak. Lekin shunday boʻlsa ham, hech boʻlmaganda “xaqiqiy koʻrinmas mato” iborasi quloqqa juda zoʻr eshitiladi.

Ehtimol, kompyuter otishmalarini oʻynagan yoki fantastik filmlarni koʻrganlar reylgan yoki elektromagnit relsotron nima ekanligini bilsa kerak. Bilmaganlar uchun, relsotron – asosan snaryad uchishini tezlashtirish uchun ishlatiladigan magnitlar uyumi. Amerika Qoʻshma Shtatlarining Harbiy-havo floti bir necha yil davom ettirgan tadqiqotlaridan soʻng nihoyat Science and Technology Expo koʻrgazmasida tovush tezligidan 7 barobar tezroquchadigan snaryadlar bilan ota oladigan va 180 kilometr masofadagi moʻljalni ura oladigan xaqiqiy real reylgan taqdimotini oʻtkazdi
Bundan tashqari SNS Trenton kemasiga sinov oʻtkazish uchun temir yoʻlli pulemyot oʻrnatilgan edi. Tahminlarga koʻra AQSH harbiy havo kuchlarining kemalarining keyingi avlodi uchun temir yoʻlli zambaraklarning qurilishi 2028 yilda boshlanadi.

Avvallari “Samoviy urushlar” filmidagi “Ajal Yulduzi”ning shiddat bilan vayron qiluvchi kuchiga teng keladigan hech narsa yoʻq edi. Ammo AQSHning harbiy- havo tadqiqotlari Boshqarmasida hozirgi paytda mavjud boʻlgan lazer quroli tizimi (LaWS) ishlab chiqarilgan va 2014 yildan boshlab USS Ponce jangovar kemaga oʻrnatilgan.
Kemaning ekipaji doimiy ravishda lazer quroli bilan moʻljallarni nobud qilib oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazib keladi. LaWS - bu quvvati 30 kilovattga teng yagona halokatli nur. U atigi 59 AQSH dollarini sarflab uchuvchisiz uchar apparatlarni va kemalarni bir zumda “qovurib tashlashi” mumkin. Bu bir marta ishlatiladiganva narhi 759000 AQSH dollariga teng boʻlgan raketaga nisbatan ancha arzonroqqa tushadi.
Bombardimon qilinishdan bombalarning moʻljalga etib kelishdan oldin yoqib yuborish yoʻli bilan himoya qiladigan Lockheed Martin (ADAM) qurilmasi, shuningdek, Boeing yer usti transport vositalari uchun 10 megagertsli mobil namoyish apparati kabiboshqa lazer qurilmalari ham mavjud.

“Samoviy urushlar” trilogiyasining asl nusxasida har yerda hoziru nozir TIE fighter qiruvchi samolyotlari ikki nafar ion dvigateli yordamida parvoz qiladi. Koʻpchilik ion dvigatellari nafaqat fantastik filmlarda, balki haqiqatda ham mavjud ekanligini eshitib hayron boʻlishi mumkin. Farqi shuki, ular filmda koʻrsatilganday oʻta serquvvat emas. Misol uchun “Dawn” avtomatlashgan sayyoralararo stansiyasi soatiga 100 kilometr tezlikka erishishi uchun 4 kun vaqt sarflangan.
NASA olimlari ion dvigatelining ishchi prototipini 1959 yilda yarata olgan va uni Deep Space1 va Dawn zondlariga oʻrnatgan. Deep Space 1 umumy hisobda 263 million kilometrni soniyaga 4,5 kilometr tezlikda uchib oʻtgan. NASA tomonidan ishlab chiqarilayotgan HIPEP yangi dvigateli esa nazariy jihatdan fazoviy kemani bir soniyada 90 kilometr tezlikka erishtira oladi.
Ion dvigatellari tezlashishga erishish uchun inert gazlarini asta sekin siqib chiqaryapti. Turtuvchi kuch juda pastligiga qaramay ion dvigatellariga ega boʻlgan kema juda yuqori tezliklarga erisha olishi mumkin, chunki ion dvigatellari tortuvchikuchni uzoq muddat davomida ishlab chiqaradi.

Olimlar 80yoshli britaniyalik Rey Flinni koʻrlikning eng keng tarqalgan shaklidan (qarilik makulyar degeneratsiya) Argus II implantanti yordamida davolay oldilar (toʻgʻrisi, uning narhi arzon emas - 150 000 AQSH dollariga teng).
Ajablanarlisi shundaki, Rey jarrohlik operatsiyasidan keiyn moslama ishga tushirilgan paytda koʻzini yumib odamlar va obyektlarning chizgilarini koʻra oldi. Uni operatsiya qilgan vrach doktor Paulo Stanga kelajakda bu faqat takomillashib borishini qatʼiyat bilan ishontirmoqda.
AQSHning Kaliforniya shtatidagi Second SightMedical Products kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Argus II implantanti koʻzoynakka oʻrnatilgan videokameradan kelayotgan video oqimini signallarga aylantirish yoʻli bilan koʻzning toʻr pardasidagi jarohatlanmagan hujayralarga oʻrnatilgan mitti elektrodlarga joʻnatiladi. Shundan keyin bu jarohatlanmagan hujayralar taʼsirlanadi va signallarni miyaga yuboradi.

Call of Duty kompyuter oʻyinidan farqli oʻlaroq real hayotda mergan moʻljaldagi nishonning uzoqligi, oʻqning uchish vaqti, oʻq kuchining pasayishi, gravitatsiya, shamol tezligi, namlik va xatto Yerning aylanishini puhta hisobga olishi kerak.
Kelajakda merganlar nishonga olgichni nishonga toʻgʻrilab tepkini bosishdan boshqa ishi qolmaydi, chunki AQSH Mudofaa Ministrligining Istiqbolli tadqiqot loyihalari Boshqarmasining (DARPA) daholari EXACTO (Extreme Accuracy Tasked Ordnance) - 50-chi kalibrli nishonga oʻzi aniq yeta oladigan oʻqni ishlab chiqdilar.
EXACTO qurilmasi 2000 metr masofadagi nishonga oʻzi toʻgʻrilanib olish bilan birga yaqin masofadagi jangda keskin burilishlarni hambajarishi mumkin. U xatto otishga oʻrgatilmagan kishi miltiqdan otgan taqdirda ham harakatlanayotgan nishonlarni aniq yoʻq qilishi mumkin. EXACTOda oʻqni chap berishiga taʼsir qiladigan ob-havo va boshqa omillarni hisobga oladigan qandaydir nishonga olish tizimi ishlatiladi (batafsil maʼlumotlar mahfiylashtirilgan).

Uzoq kelajakda organizmdagi qandaydir ichki aʼzoning ishlamay qolishidan xavotir boʻlmasa ham boʻladi. Shotlandiyadagi Edinburg universitetining tadqiqotchilari hayvonda, xususan sichqonda butun bir mukammal faoliyat koʻrsatadigan ichki aʼzoni oʻstira oldi.
Olimlar sichqon embrionini timusga, yaʼni immunitet tizimining bir qismi boʻlgan qismiga aylanishga majbur qilib “aldashni” uddaladi. Keyin bu hujayralarni laboratoriyadagi sichqonlarga kiritdilar, ularda esa bu hujayralar toʻlafaoliyat koʻrsatadigan timusga aylana qoldi.

Va nihoyat, termoyadroviy reaktorlar toʻgʻrisida ham aytib oʻtish kerak. Bularga Yevropaning JET Tokamak rekatori va ITER(International Thermonuclear Experimental Reactor – xalqaro termoyadroviy tajribareaktori) reaktori kiradi. Ular elektr quvvatini ishlab chiqarishi uchun Quyoshda sodir boʻlayotgan reaksiyalardan foydalanadi.
Bu koʻpchilik uchun ehtimoldan uzoq hodisadek tuyulishi mumkin. Quyoshda vodorod atomlari toʻqnashib, shundan keiyn geliynihosil qiladigan ogʻirroq atomga birlashadi va shu jarayonning oʻzida misli aql bovar qila olmaydigan miqdordagi quvvatni ishlab chiqaradi. Yerda elektr quvvatni hosil qilish uchun vodorod, deyteriy va tritiydagi ikki izotopning sintez reaksiyasidan foydalanilib kelmoqda.
Reaksiyani oʻtkazish uchun Quyoshning yadrosidagi haroratdan 10 barobar yuqoriroq harorat zarur. Bunday haroratlarda elektronlar yadrodan ajraydi va plazma deb nomlanadigan juda issiq elektr zaryadlangan gazni hosil qiladi. Plazma ulkan magnitlar yordamida ushlab qolinadi. Reaksiya paytida yaratilayotgan neytronlardan esa elektr quvvatini ishlab chiqaruvchi trubinalarni aylantirilishi uchun foydalaniladi.
Bu hozirda mavjud boʻlgan texnologiyalarga nisbatan ancha murakkab boʻlib koʻrinishi mumkin, ammo sintez reaktorlari geliy ajratadi hamda oddiy atom reaktorlaridan farqi shundaki, undan ajrab chiqadigan radioaktiv chiqindilarning miqdori juda kam va ularni 100 yildan keyin qayta ishlashga yoʻnaltirsa boʻladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



