Qiziqarli

Bolaga xorijiy tillarni qanday oʻrgatish mumkin?

Bolaga xorijiy tillarni qanday oʻrgatish mumkin?

Ayrim ota-onalar esa oʻz farzandlariga bolalikdanoq bir necha xorijiy tillarni oʻrgatishga harakat qilishadi. Zero, til bilish kishi dunyoqarashini kengaytiradi, til oʻrganish asnosida kishida ushbu xalq tarihi, madaniyati va turmush tarziga boʻlgan qiziqish ortib, bilim olishga ishtiyoq yanada kuchayadi. Til oʻrganishning bunday muhim jihatlarini bolakayga qay yoʻl bilan tushuntirish mumkin? Uni horijiy tillarga qiziqtirish uchun nimalarga ahamiyat qaratish kerak?

Bolaga xorijiy tillarni qanday oʻrgatish mumkin?

Farzandingiz til oʻrganishdan bosh tortishi – uni oʻz holiga tashlab qoʻyish uchun yetarli sabab boʻla olmaydi. Bordi-yu bolada qoʻshimcha darslar va boshqa mashgʻulotlarga qiziqish sezilmasa, uni oʻzingiz qiziqtirishga urinib koʻring. Buning uchun bolangizga biror matndan qiziqarli parcha oʻqib bering yoki shu tilda biror oʻyin oʻynashni taklif eting. Oʻyin mobaynida uni xorijiy tildagi notanish soʻzlar bilan tanishtirib, farzandingizga shaxsiy namuna koʻrsating va bu soʻzlarni tez-tez takrorlab turing.

Bolaga xorijiy tillarni qanday oʻrgatish mumkin?

Koʻpchilik ota-onalar bolalarni oʻz tengdoshlari bilan solishtirishga harakat qilib, ularni oʻqishga undamoqchi boʻlishadi. Ammo, bunday sharoitda bolada ishtiyoq emas, faqatgina tushkunlik hissining paydo boʻlishiga olib keladi. Yodda tuting, sizning farzandingiz boshqalar kabi emas, u turfa qiziqishlar va oʻta keng boʻlmasa-da, rivojlanish ostonasidagi dunyoqarash sohibi. Har inson bir xil boʻlmaganidek, bir bola hech qachon ikkinchisi kabi boʻla olmaydi. Bu holatda sizning vazifangiz- uni jazolash emas, maqtash orqali ishtiyoqini oʻstirib borishdan iborat. 

Bolaga xorijiy tillarni qanday oʻrgatish mumkin?

Farzandingizning yoshi biroz kattaroq boʻlsa, unga til oʻrganishning foydali jihatlari haqida soʻzlab berish tavsiya etiladi. Uning eshitayotgan musiqalari yoki kompyuter oʻyinlari ham chet tilida ekanligi orqali uni til oʻrganish ishqiboziga aylantirib qoʻyish hech gap emas. Horijiy tillarda multfilmlar tomosha qilish ham farzandingizga yaxshi koʻmak berishi mumkin.

Bolaga xorijiy tillarni qanday oʻrgatish mumkin?

Bu borada pedagoglar, lingvistlar va ruhshunoslar fikri turlicha, shu bois, ularning har biri mashgʻulot, avvalo, bolaning oʻziga yoqishi kerak deya taʼkidlaydilar. Mashgʻulotlar davomida turli ertaklar, tez aytish va topishmoqlardan foydalansangiz nur usiga aʼlo nur.  

Bolaga xorijiy tillarni qanday oʻrgatish mumkin?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar