Bolalar emaklashni boshlaganida ota - onalarga foydali maslahatlar

Odatda, sogʻlom kichkintoylar etti oyligida mustaqil oʻtirishni oʻrganib, soʻng emaklashni boshlaydi. Emaklash bola organizmi uchun foydali va kerakli jarayon hisoblanadi. Biroq, ayrim bolalar emaklashga qiynalib, bir yoʻla yurib ketishadi.


Bola emaklamasligining asosiy sabablaridan biri raxit kasalligi boʻlishi mumkin. Mushaklar sustligi bolaning emaklay olmasligiga olib keladi.

Koʻpincha bolalar maydonchasi (manej) dan chiqmagan, qoʻlda koʻtarib yurishga oʻranib qolgan yoki chaqaloqligida maxkam yoʻrgaklangan bolalarning emaklashi ham qiyin boʻladi.


Semizroq, yoʻgʻon suyakli kichkintoylar emaklashga erinishadi, ammo ularning qoʻllaridan ushlab, sekin - astalik bilan oʻrgatishongiz mumkin.

Baʼzi bolalar emaklash nimaligini tushunmay, dangasalik qilishadi. Bu vaziyatda farzandingiz bilan yoshi teng yoki undan ikki uch oylik katta bolali dugonangiz boʻlsa, ularni mehmonga chaqiring. Dangasa bolakay oʻzi kabi doʻstining harakatchangligini koʻrib, unga ergashadi.


Bolaga harakatlanish uchun kengroq joy hozirlang. Ortiqcha narsa - buyumlarni olib qoʻying.


Kichkintoylar polni yalab koʻrishi, dahlizdagi oyoq kiyimlarni qiziqib ushlab koʻrinishi mumkinligini hisobga olind-da, uyni doim ozoda tuting.

Shuningdek, bola emaklashini boshlaganda xojatxona va vannaxonalarning eshigi doim yopiq turishiga ahamiyat bering. Birinchidan, bolaning u xonalarga emaklab kirishi gigienaga toʻgʻri kelmaydi, ikkinchidan, u yerdagi kimyoviy vositalarni qiziqib, ogʻziga solishi havfi bor.

Agarda polingiz sirgaluvchan laminat yoki parket bilan qoplangan boʻlsa, bola emaklaganda sirpanib yiqilmasligi uchun polga gilamlar toʻshab qoʻying.


Emaklashini boshlagan bolaga, tizzalariga qalin matodan tikilgan kiyimchalar yoki boʻlmasa tizzaga kiyiladigan maxsus tizzaband harid qilib, kiygizing. Shunda bolaning nozik tizzalari lat emaydi.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



