Bolalardagi yolgʻizlik daholikdan darakmi?

Ammo, britaniyalik tadqiqotchi Devid Uaytbred koʻp hollarda yolgʻiz qoluvchi bolalar intelekti oʻzgalarnikiga nisbatan yaxshiroq rivojlanishi haqidagi fikrni ilgari surib, bu borada maʼlum izlanishlar olib bordi.

63% ota-onalar fikricha, bola bilan doimiy ravishda shugʻullanish uning intellektual layoqatini osonlik bilan rivojlanishiga olib keladi. Bu borada pedogokika fani boʻsh qolgan bola uchun turli-tuman qiziqarli mashgʻulotlar topishni qoʻllab-quvvatlaydi.

“Boʻlmagan gap”-deydi Uaytbred bunga javoban. Bolakay atrofdagi olamni mustaqil ravishda tushunib borishi lozim. Yolgʻizlikda bola kuchuklar mushuklarning ketidan quvishi, arilarning gullar atrofida parvona boʻlishini kuzatar ekan, dunyo haqida boshlangʻich fikrlarini hayoldan oʻtkazadi.

Doimiy va qatʼiy nazorat, tengdoshlari bilan oʻynashga toʻsqinlik qilish, uning olam haqidagi ilk fikrlariga putur yetkazishi ehtimoldan holi emas. Natijada bolalarning kattalar yoʻl-yoʻrigʻisiz biror ish qila omaydigan boʻlib ulgʻayishi hollari kuzatiladi.

Bolani hech boʻlmaganda bir necha soat yolgʻiz oʻynashiga qoʻyib bering - deydi Devid Uaytbred. – Bu vaqtda u oʻzi istagan narsa bilan shugʻullansin. Ammo, uning havfsizligi va yaqin atrofda ekanligini eʼtibordan chetda qoldirmang.

Bolalar kattalar ishtirokisiz bir-birlari bilan qizgʻin muloqotga kirishadilar, biroq ulardan havotir olgan ota-onalar uni yolgʻiz koʻchaga chiqishiga toʻsqinlik qiladi. Buning natijasida zerikkan bola soatlab kompyuter va televizor qarshisida qolib ketadi.

Volfgang Amadey Motsart 3 yoshidan musiqa yarata boshlagan.
7 yashar Ganesh Sitam koinotning eng aqlli bolalaridan biri boʻlib, dunyodagi eng yosh talaba hisoblanadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



