Bolalarga berish mumkin boʻlmagan 9 "foydali" mahsulot

Aksariyat ota-onalar sigir sutini yogʻli mahsulot sifatida eʼtirof etadilar-da, yogʻsizlantirilgan, bodom yoki soya sutini foydaliroq sanab, aynan uni bolalarga beradilar. Bundan tashqari ayrim ota-onalar bolada laktozaga nisbatan allergiya boʻlishidan qoʻrqib yurishadi.
Olimlarning aytishlaricha, sut va sut mahsulotlari isteʼmolidan voz kechish bolalar salomatligiga jiddiy zarar yetkazadi. Yogʻsizlantirilgan su isteʼmol qiluvchi bolalarda D vitamini miqdori sigit sutini isteʼmol qilgan kichkintoylarga nisbatan ikkikarra kamroq boʻlarkan. Bundan tashqari koʻp hollarda ularning boʻylari ham yaxshi oʻsmaydi.

Yongʻoqlar miya faolliginini kuchaytirishi hamma uchun tanish yangilik. Ammo ular bolalarda allergiya keltirib chiqarishi ham mumkin. Kichkintoyda allergiya boʻlmagan holatda ham bu kabi mahsulot uning boʻgʻilib qolishiga olib keladi. Shu sababli mutaxassislar 4 yoshgacha boʻlgan bolalarga yongʻoqlarni butun holicha bermaslikni koʻp bor uqtiradilar. Mazkur yoshdan kichik boʻlgan bolajonlarga yongʻoqlarni maydalangan holatda yoki pyurelar ichiga qoʻshib berishingiz mumkin.

Ushbu mahsulotlar nafaqat bolalar, balki kattalar uchun ham xavfli sanaladi. Organizmi hali nimjon boʻlgan bolalar esa undan yanada koʻproq zarar koʻrishlari mumkin. Gap shundaki, mazkur mahsulotlar tarkibida koʻplab konservantlar, misol uchun nitratlar mavjud.
Ular inson salomatligi uchun katta xavf tugʻdiradi. Olimlarning aytishlaricha, konservantlarni haddan tashqari koʻp miqdorda isteʼmol qilish saraton kasalligi rivojlanishiga ham olib keladi. Shu sababli bunday yeguliklarni tovuq va kurka goʻshti bilan almashtirgan maʼqul.

Aslida konservalangan mevalarning yangi mevalardan zararliroq ekanligi haqiqatga yaqin emas. Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, konservalangan va muzlatilgan mevalar hamyangi mevalar kabi ozuqaviy xususiyatlarga ega. Ammo ularning bir qator kamchiliklari ham bor.
Koʻp hollarda bu kabi konservalarni shirin sirop bilan toʻldirishadi, uning tarkibidagi shakar miqdori esa kishini hayratga solib qoʻyadi. Aynan shu kabi mahsulotlarni bolalarga umuman bermaslik kerak. Tabiiy sharbat ichidagi mevalarni esa ularga berish mumkin.

Baliq hamda dengiz mahsulotlari tarkibida koʻplab ozuqaviy moddalar, bolajonlar uchun foydali qoʻshimchalar bor ekanligini rad etib boʻlmaydi. Ammo ushu mahsulotlarni4-5 yoshgacha boʻlgan bolalarga berish mumkin emasligini bilasizmi? Sababi ularning aksariyat qismi kichkintoylar salomatligiga katta zarar yetkazishi mumkin. Gap shundaki, ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarni ayrim paytlarda boshqa sanalar bilan sotuvga chiqarib yuborishadi. Shu bilan birga baʼzi dengiz mahsulotlari tarkibidagi simob kichkintoylar tanasini yaxshigina qiynab ham qoʻyadi. Shu sababli dengiz mahsulotlari tanlash paytida tarkibida simob boʻlmaganidan, misol uchun losos yoki qisqichbaqalar tanlang. Shunda ham bolalarga hom baliqni berish mumkin emas. Qolaversa kichkintoyga A geppatitidan himoyalovchi vaksina qildirish ham yodingizdan chiqmasin.

Aksariyat holatlarda kakao ichimligi bolalar uchun zararsiz boʻlishi mumkin. Ammo ushbu mahsulot tarkibida kofein ham bor, bu esa bola tanasidagi ogʻir alomatlar, asabiylik, uyqusizlik, yurak urishining tezlashishi kabi muammolarga sababboʻladi. Aynan shu kabi kamchiliklar qahva ichimligi sababli ham yuzaga kelishini bilsangiz kerak. Agar bolalar uchun tayyorlangan kakao ichiga shakar qoʻshib qaynatiladigan boʻlsa, uning zarari ikki barobar ortadi. Mittovoylar uchun kakaoni faqatgina tong payti va oz miqdorda bergan maʼqul. Bundan tashqari uning tarkibidagi shakarni ham nazorat qilib turing. Qahva esa bolalar taomnomasidan mutlaqo olib tashlanishi kerak.

Avvalo zefir bolalarda boʻgʻilishni keltirib chiqargani uchun ham zararli sanaladi. Bu kichik oʻlchamli zefirlarga ham birday tegishli! Agar bolakay taomlanish paytida kuladigan boʻlsa tamom - eriyotgan zefir nafas olish yoʻllariga tushib qoladi. Zefirning ikkinchi zararli jihati uning tarkibidagi shakar miqdori bilan bogʻliq. Shu sababli doʻkonlarda sotiluvchi zefirlardan voz keching-da,u ni uy sharoitida oʻz qoʻllaringiz bilan tayyorlab bering. Bu kabi jarayon paytida unig tarkibidagi shakarni nazorat qilish va shirinlikni tabiiy mahsulotlar yordamida pishirishingiz mumkin boʻladi.

Yovvoyi qoʻziqorinlarning qanchalar xavfli ekanligini har bir inson bilsa kerak. Shu sababli notanish yerlardan terib kelingan qoʻziqorinlar bilan bolani mehmon qilish uchun shoshilmang. Bundan tashqari bolalarning oʻziga ham qoʻziqorinlarning ayrim turlari zaharli boʻlishi, koʻchada oʻynay turib, ularni behosdan isteʼmol qilib qoʻyish mumkin emasligini uqtirish kerak.
Qoʻziqorinlar bolalarda boʻgʻilishni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari tarkibidagi kletchatka yaxshi xazm boʻlmaydi. Aynan shu sababli ham 5-6 yoshga toʻlmagan bolalarga qoʻziqorin berish umuman mumkin emas.

Aslida ushbu mahsulotlar zararli emas, ammo ular ovqat xazm qilish tizimi yaxshi rivojlanib ulgurmagan bolalarga taʼqiqlanadi. Mazkur yeguliklar bolajonlarda qorin dam boʻlishiga olib keladi, natijada qorin sohasi qattiq ogʻrishni boshlaydi. Shu sababli ushbu mahsulotlarni 1-1,5 yoshga toʻlmagan bolajonlarga bermang. Bundan tashqari joʻxori koʻp hollarda allergiya keltirib chiqarishi ham mumkin.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



