Isroil oʻqituvchilari giperaktivlik va diqqat yetishmovchiligi boʻlgan bolalarga oʻquv vazifalarini toʻliq bajarishda qanday yordam berish kerakligini aniqladilar.


Ammo agar giperaktivlik va diqqat yetishmovchiligi boʻlgan bolalar jismonan faol boʻlish imkoniyatiga ega boʻlsa, u holda ular diqqatni jamlab, qilinadigan vazifani toʻliq bajarishga qodir.
Maktab oʻqituvchilari barcha oʻquvchilarni baxtli va oʻzlaridan qoniqqan holda koʻrishni istaydilar, shuning uchun giperaktiv bolalarni darsni oʻzidayoq jismonan yuklash gʻoyasi paydo boʻldi. Buning uchun, ularning stullarini tagiga pedal oʻrnatildi.Dars davomida bolalar atrofdagilarni chalgʻitmasdan pedalni aylantirishadi.
Bunday sodda eksperiment natijalari nafaqat oʻqituvchilarni, balki oʻquvchilarni ham hayratda qoldirdi - oʻzlarining fikrlarini jamlay olmaydigan va hatto bir joyda yarim soat oʻtira olmaydigan bolalarda oʻqish koʻrsatkichlari sezilarli darajada yaxshilandi va oʻz-oʻzini hurmat qilish darajasi oʻsdi.
Hurmatli oʻquvchilar! Bizda ham shunday usul qoʻllanishini xohlarmidingiz?
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



