Bolalarning harakatlanishi uchun moʻljallangan noyob transport vositalari

Kichkina bolalar ham inson va odamlarga xos boʻlgan xususiyatlar ularga yot emas. Ular oʻzlariga yarasha transport vositalariboʻlishini, hamma qatori tez va osongina manziliga yetib olishni yaxshi koʻradi hamda doʻstlarini oldida “gʻildirakli dastyorlariʼ bilan maqtanishni yoqtiradilar.Quyida bolalar hamda oʻsmirlar uchun maxsus tayyorlangan transport vositalarining xillari bilan tanishishingiz mumkin.

Gig Pack – ryukzakli (yuk xalta) samokat

Hamma ham maktab yaqinida yashashdek baxtga muyassar emas. Koʻpgina bolalar bilim olish uchun soatlab yoʻl bosishlariga toʻgʻri keladi. Gig Pack ryukzagi aynan shular uchun moʻljallangan boʻlib, osongina samokatga aylana oladi.

Gig Pack ning qattiq karkasli bandi boʻlib, gʻildirak va taglik bilan jihozlangan. Bu kabi qoʻshimchalar xaltaga ortiqcha ogʻirlik bergani bilan, lekin piyoda harakatlangandan koʻra tezroq samokatda yetib olishdek yengillik beradi.

Moov Street Kit – bolalar uchun moʻljallangan avtomobil-transformer

Agar farzandingiz bir vaqtning oʻzida samokat, avtomobil va velosiped sotib olib berishingizni soʻrasa, moliyaviy ahvolingiz bunga yoʻl qoʻymasligini bahona qilib, boladan bulardan birini tanlashini talab qilmang. Chunki bu uchala transportning oʻrnini bosa oladigan Moov Street Kit toʻplamini xarid qilishning oʻzi kifoya.

Moov Street Kit toʻplami 150 ta detal va 80 ta biriktiruvchi halqalardan iborat. Bularning yordamida pedalli avtomobil ham, samokat ham, velosiped ham, va hattoki chana ham yigʻib olish mumkin. Batafsil yoʻriqnoma hamda shaxsiy tasavvur yordamida bir transportni boshqa bir transport vositasiga aylantirish mumkin.

Audi Type C E-tron – bolalar elektromobili

Audi kompaniyasi hattoki bolalar uchun ishlab ichiqaruvchi mahsulotlarida ham bor mahoratlarini ishga soladi. Kompaniya aynan bolalar uchun moʻljallangan dunyodagi birinchi Audi Type C E-tron elektromobilini ishlab chiqardi.

Audi Type C E-tron – bu kichik yoshdagi bolalarning oʻyinchoq mashinasi emas. U masʼuliyatni his qiladigan va yoʻldagi xavfsizlik choralariga rioya qiladigan asosan 10-15 yoshdagi oʻsmirlar uchun moʻljallangan.

Audi Type C E-tron XX asr boshlaridagi poyga avtomobillarining tashqi koʻrinishiga ega. Bu noodatiy transport vositasining 1,5 ot kuchiga ega boʻlgan dvigatelga ega boʻlib, soatiga 30 km yoʻl bosishi mumkin.

Porshe Go-Kart – Porshe kompaniyasining bolalar avtomobili

Kattalar uchun mashina ishlab chiqaruvchi kompaniyadan yana bir bolalar avtomobili. Elektrli Audi Type C E-tron dan farqli oʻlaroq Porshe Go-Kart pedalli transport vositasi hisoblanadi. Avtomobilning yigʻilish darajasi brendga muvofiq holda amalga oshirilgan.

Pedalli Porshe Go-Kart avtomobili kichik profilli dam berib ishiriladigan shinalar, qoʻl tormozi va haydovchining boʻyiga qarab oʻzgartiriladigan oʻrindiq bilan jihozlangan. Bunday transport vositasining narxi – 900 AQSH dollariga teng

Heelys – rolikli krosovka

Heeolys kompaniyasining asoschisi amerikalik Rodjer Adams harakat qilish uchun alohida vositalarning keragi yoʻq deb hisoblaydi. Uning fikricha, gʻildiraklarni toʻppa-toʻgʻri oyoq kiyimiga oʻrnatish mumkin. Shunday qilib, rolikli krosovkalar paydo boʻldi.

Albatta Hellys krosovkalaridan foydalanishdan avval ularda harakatlanishni yaxshilab oʻrganib olish lozim. Oʻzlashtirib olgandankeyin bolalar bunday noodatiy oyiq kiyimiga oʻrganib qolib, usiz yurgan davrini esdan ham chiqarib qoʻyadi.

Y-Fliker uch gʻildirakli samokati

Avvalgi samokatlar haqidagi tasavvuringizni oʻzgartirishingiz mumkin. Fliker kompaniyasi bu transport haqidagi tushunchamizni butkul oʻzgartirib yubordi. Bu kompaniya endi yerdan oyoqda itarishning keragi boʻlmagan uch gʻildirakli samokatni ishlab chiqardi.

Y-Fliker samokati alohida taglikda turgan ikkala oyoqning harakati tufayli yuradi. Buning hisobiga haydovchi bola yetarli darajadagi yuqori tezlikka erisha oladi, oʻz oʻqi atrifida aylanib turuvchi gʻildiraklar hamda chambarak ushbu samokatda haqiqiy ajoyib tryuklarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Jolly Jumper – uchishni oʻrgatuvchi etiklar
Jolly Jumper – bu ham noodatiy oyoq kiyimning bir turidir. Heelys krossovkalaridan farqli oʻlaroq, u yurish uchun emas, uchish uchun moʻljallangan. Bu prujinali konstruktsiya boʻlib, u tufayli bu transport vositasining harakatini tezlashtirish hamda 2,5 metrga sakrash imkoniyati mavjud.
Jolly Jumper ning ishqibozlari bu vositadan nafaqat harakatlanish, balki har xil tryuklarni bajarish uchun ham foydalanadilar. Ushbu prujinali oyoq kiyim asosida havo akrobatikasi nomli yangi sport turi ham paydo boʻldi.
Mega Man-Pram ulkan gʻildirakli bolalar aravachasi
Mega Man-Pram – bu noodatiy transport vositasi boʻlib, bolalardan koʻra ota-onalarga koʻproq asqatadi. Godakka qaysi aravachada yursa ham baribir, ota esa bogʻdagi sayrda boshqalarning oldida aravacha bilan ajralib turishni xohlaydi.
Mega Man-Pram aravachasi vnedorojnik uslubida ishlangan boʻlib, dizayni bilan ajralib turadi.
Little Landrover – bolalar vnedorojniki
Drover Cars kompaniyasi esa bolalar uchun haqiqiy vnedorojnik ishlab chiqardi. Gap Little Landrover oʻyinchoq avtomobili haqida boʻlib, u elektr dvigatel tufayli 14,5km/soat tezlikda harakatlana oladi. Ota-onalar xovliqma bolalar tez haydamasliklari uchun tezlikni 6,5 km/soat ga tushirishlari mumkin.
Little Landrover uch yoshdan katta bolalarga moʻljallangan. Xavfsizlik maqsadida bu avtomobil koʻp pogʻonali himoya tizimi bilan jihozlangan. Masalan, ota-onalar mashinaning nafaqat tezligini pasaytirishlari, balki bosib oʻtiladigan masofaga ham chegirma qoʻyishlari hamda masofadan boshqariladigan pult yordamida motorini ham oʻshirib qoʻyishlari mumkin.
FreeRider SkateCycle – yangi davr skeytbordi
FreeRider SkateCycle – yangi davr skeytbordi boʻlib, yaqin oʻrtada koʻchalarda paydo boʻladi. Bu ikki gʻildirakchali taxta emas, balki nisbatan yumshoq va egiluvchan trubka bilan birlashtirilgan ikki gʻildirakdir.
FreeRider SkateCycle da oyoqlar gʻildiraklarning ichiga tiqiladi. Konstruktsiya esa nafaqat tepaliklardan tushish, balki shu bilan birga ajoyib tryuklar qilish imkoniyatini ham beradi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



