Amerikalik erkak oddiy maktab avtobusini gʻildirakli uyga aylantirdi

Texaslik erkak ham oʻzining azaliy orzusini amalga oshirish uchun eski maktab avtobusini gʻildirakli uyga aylantirdi. Uning ijod namunasi kreativ loyiha va detallar aniqligi bilan kishini hayron qilib qoʻyadi.
AQSHning Texas shtatidagi Ostin hududia yashovchi erkak koʻp yillardan beri shahar tashvishlaridan sokin holatda dam olish uchun yordam beradigan mittigina uyi boʻlishini orzu qilardi. Kunlarning birida auksionda eski maktab avtobusi sotilayotgani haqida eshitdi-yu, uning hayoliga ajoyib gʻoya kelib qoldi. U avtobusni haqiqiy uyga aylantirish uchun ishga kirishdi. Axir odatiy uyni qurish uchun juda koʻp vaqt va pul kerak boʻlardi, bundan tashqari uni gʻildirakli uy kabi hamisha yoningizda olib yurishga imkon ham boʻlmaydi.

"Oxir-oqibatda, uning devorlari, deraza va eshiklari bor. Bu esa uy barpo qilish uchun mukammal asos" dedi bizning qahramonimiz oʻz doʻstlariga qarata. Aslida gʻoya yangi emas, ammo uning eski avtobusga nisbatan qoʻllanilishi juda qiziqarli edi.

Erkak avtobusni 2200 dollar evaziga sotib oldi. Uy yaratish borasida tejamkorlik qilishni istab, uning barcha ishlarini oʻzi mustaqil ravishda amalga oshirdi.
Bu borada hech qanday tajribaga ega boʻlmasa ham juda aniqva toʻgʻri reja qildi, bu esa toʻlaqonli uy yaratish uchun asos vazifasini oʻtadi.
Jarayon ishlari avtobusning ichki qismini boʻshatish, qoplamalarni olib tashlash, deraza va shiftga ishlov berishdan boshlandi.

Foydali hudud yaratish uchun esa avtobusga ikkinchi qavat qoʻshildi, bu kiyim-kechaklarni saqlab qoʻyish uchun koʻmak berardi. Qurilmaning mustahkam boʻlishi uchun esa unga poʻlat biriktirildi, mashinaning ustki qismi maxsus mineral paxta va tabiiy yogʻoch bilan qoplab chiqildi.

Ishning ayrim bosqichlariga soha mutaxassislari taklif qilindi, ular elektr toki, oshxonaga kafel terish masalalarini hal qilib berdilar. Quruvchilar erkakning antiqa gʻoyasi va oʻta aniqlik bilan ishlangan loyihani olqishladilar. Ular uylaridagi oshxona ham ushbu avtobus ichidagi oshxonadan kichikroq ekanligini aytib oʻtdilar.
Erkak avtobus ichinibarcha qulayliklarga ega boʻlgan yotoqxona, mehmonxona, sanuzel va ish kabinetiga ajratdi.
Shift qismning biroz kztarilgani esa saqlash tizimini hosil qilishga yordam berdi. Shu tariqa barcha kerakli buyumlar mashinaning yuqori qismida saqlanadigan boʻldi.




Erkak oʻzining mitti uyini issiqlik va elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun unga quyosh batareyalarini oʻrnatdi. Bu esa uy sohibiga sivilizatsiyaning barcha imkoniyatlaridan unumli foydalanish - televizor koʻrish, internetda kerakli maʼlumotlar bilan tanishish, taom tayyorlash, dush qabul qilish yoki konditsioner yoqish imkoniyatlariga ega boʻldi.



Noodatiy uy ichiga kirib borar ekansiz, bu yerdagi betakror qulayliklar bilan tanishib, uning kichik avtobus ichida hosil qilinganiga ishongingiz kelmaydi. Boisi uy ichidagi sharoitlar juda qulaydir.



Bu oʻrinda uning koʻchib yurish imkoniyatini ham tilga olmay iloji yoʻq. Uning ichida nafaqat hayot kechirish, balkш istalgan joyga sayohat qilish ham mumkin.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



