Avto

Boy odamning kambagʻal odamdan ajralib turuvchi 9 ta sifati

Boy odamning kambagʻal odamdan ajralib turuvchi 9 ta sifati
Boy odamning kambagʻal odamdan ajralib turuvchi 9 ta sifati

Ushbu maqolamizda boy odamlar rioya qilib yashaydigan 9 ta qoida haqida gapirib oʻtamiz. Ehtimol, ular moliya dunyosida sizga koʻrsatma boʻlib xizmat qilishi mumkin.

Boy odamning kambagʻal odamdan ajralib turuvchi 9 ta sifati

Hayron boʻlishingiz mumkin, lekin bu haqiqatan ham shunday. Boy insonlar qimmatbaho narsalarni sotib olib, oʻzlarining obroʻlarini koʻtarishlari shart emas. Boy odamlar ishlatilgan narsalarni, jumladan mebel, avtomashinalarni sotib olishda hech qanday yomon narsani koʻrmaydilar. Agar mahsulot yangi koʻrinishga ega boʻlsa, ortiqcha toʻlovning nima keragi bor? Ular tejab qolingan har bir tiyinni muhimroq narsaga sarflashni afzal koʻradilar.

Boy odamning kambagʻal odamdan ajralib turuvchi 9 ta sifati

Boy odamlarning psixologiyasi shundan iboratki, ular imkoniyatlaridan kelib chiqib, qurbilari yetgan narsalarnigina xarid qiladilar. Topgan pullarini kredit foizini toʻlash uchun qarzga kirmaydilar. Ular uzoq muddatli “qullikka kirish” dan saqlanadilar, chunki bu narsa ularni hayot quvonchlaridan mahrum qiladi.

Boy odamning kambagʻal odamdan ajralib turuvchi 9 ta sifati

Arzon mahsulotlarni sotib olib, koʻpincha shu yoʻl bilan tejazab qolayapmiz, deb  oʻzimizni aldaymiz. Keling, bir misolni koʻrib chiqaylik: siz falon soʻmga poyabzal sotib olishga ehtiyojingiz bor, ammo huddi shunga oʻxshash, nisbatan arzonroq va sifat darajasi pastroq boʻlgan boshqa poyzfzalni koʻrasiz. Siz arzon poyafzal sotib olib, pulingizni tejashingizga ishonasiz. Biroq, u juda tez orada eskiradi va siz yana yangisini xarid qilishingizga toʻgʻri keladi. Bunda siz yutgan emas, yutqizgan boʻlib chiqasiz. Boy odamlar bunday soxta tejash aldoviga uchmaydilar.

Boy odamning kambagʻal odamdan ajralib turuvchi 9 ta sifati

Psixologlar qiziqarli sinov oʻtkazdilar, shulardan birini hozirda boylarning fikrini yaxshiroq tushunishingiz uchun misol keltiramiz.

Bir guruh odamlarga ikkita variant taklif qilindi: 1) ularga hozirning oʻzida 5 dollar yoki 2) maʼlum bir muddatdan keyin 10 dollar beriladi. Ajablanarlisi shundaki, koʻpchilik birinchi variantni afzal koʻrdi. Faqat bir necha kishi 10 dollarni kutishga rozi boʻldi. Shunday qilib, boy odamlar eng yaxshi takliflarni kutishga, pulni biror ishga sarmoya sifatida kiritib, vaqt oʻtishi bilan natijalarga erishishga tayyorlar. Bu narsa ularni bir lahzali foydadan koʻra koʻproq jalb qiladi.

Boy odamning kambagʻal odamdan ajralib turuvchi 9 ta sifati

Albatta, boy odamlar ham dam olishadi. Ular hatto nafaqa yoshiga yetmasdan ham ishlamay qoʻyishlai mumkin, moliyaviy ahvollari shunga imkon beradi. Ammo bunday odamlar nafaqa yoshiga yetganlarida ham ishlashdan toʻxtatmaydilar. Qolaversa, ishtiyoqmand odamning bexosdan ishsiz qolishi qiyin.

Boy odamning kambagʻal odamdan ajralib turuvchi 9 ta sifati

Har kuni marketologlar bizni sotib olishga "majbur qilishadi". Koʻpincha biz oʻzimiz xohlamagan holda rejalashtirmagan narsamizni xarid qilamiz va buni har doimgi reklama harakati natijasida sodir boʻlganini tushunib ham yetmaymiz. Boy odamlar marketologlarning hiyla-nayranglariga aldanmaydilar. Ular haqiqatan ham zarur boʻlgan narsalarni sotib oladilar va ortib qolgan manbalarni yanada qimmatliroq narsalarga tikadilar.

Boy odamning kambagʻal odamdan ajralib turuvchi 9 ta sifati

Boy odamlar aktsiyalar, chegirmalar va maxsus qulay takliflarni kuzatib borishdan  charchamaydilar. Axir, tejash imkoniyati boʻlsa, nega undan foydalanmaslik kerak.

Boy odamning kambagʻal odamdan ajralib turuvchi 9 ta sifati

Barcha boy odamlar oʻz moliyalarini rejalashtiradilar. Ular chiqimni, daraomadni, sarmoyadagi foizlarni, bonuslar, sovgʻalar – hamma-hammasini hisobga oladilar. Hullas, har bir tiyin hisobli. Bunda toʻgʻrilik muhim oʻrin tutadi, odam oʻzligini yoʻqotib qoʻymasligi hamda foyda-zarar, chiqim va harajatlarni doim nazorat qilib turishi kerak. Byudjetni kuzata turib, qaysi yoʻnalish yoki kategoriyada sarf-harajat koʻp boʻlayotganligini, yoki qaysi joyga pul tikmaslik kerakligini tushunib yetadilar.

Boy odamning kambagʻal odamdan ajralib turuvchi 9 ta sifati

Boy insonlar hammaga boyliklarini koʻz-koʻz qilishga zor emaslar. Ular oʻzlarining haqiqiy baholarini biladilar, shuninh uchun oddiy odamlardek koʻrinadilar. 

Va eng asosiysi boy odamlar yorqin va toʻla-toʻkis hayot kechirishlari uchun harakat qiladilar. Ular hech kimga hech narsani isbotlab oʻtirmaydilar, shunchaki hayotdan zavq olib yashaydilar.

Boy odamning kambagʻal odamdan ajralib turuvchi 9 ta sifati
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar