Boʻyinbogʻ bogʻlash sanʼati

Erkaklar garderobining muhim qismi xisoblanmish boʻyinbogʻlarning ilk avlodi qadimgi Xitoy oʻlkalarida dunyoga kelgan boʻlsa ajab emas. 1974 yili arxeologlar tomonidan topilib, oʻrganilgan Xitoy imperatori Zin Shixuandi qabri 7500 ta askar xaykalchalari bilan olamga maʼlum va mashhur boʻlib ketdi. Haykallarning boʻynida esa kichik tasmalar qadimda askarlarni shamol va sovuqdan himoya qilish vazifasini oʻtagan degan tahminlar mavjud.

1 Boʻyinbogʻ uchlari enli tomoni yuqorida boʻlgan holda birlashtiriladi va ingichka tomon ostidan oʻtkaziladi.
2 Enli tomon ikkinchisining ustidan aylantiriladi.
3 Aylana harakat yana bir bor takrorlanadi.
4 Boʻyinbogʻ uchi xosil boʻlgan ilmoqdan oʻtkazilib pastga tortiladi.

1 Boʻyinbogʻning enli tomoni ingichka tomon ustidan joylashtiriladi.
2 Enli tomon ikkinchisi ostidan chapga yoʻnaltirilib, boʻyin ilmogʻidan ortga oʻtkaziladi.
3 Boʻyinbogʻ uchi oldinga oʻtkazib olingach ortga qaytariladi va hosil boʻlgan ilmoqdan oʻtkaziladi.

1 Boʻyinbogʻ enli tomoni ingichka tomonidan 30 sm uzunroq holda boʻyinga tashlanadi va enli tomoni ikkinchisining ustidan oʻtkaziladi.
2 Enli tomon hosil boʻlgan boʻyin ilmogʻining ichidan oʻtkazib olingach, pastga tushirib qoʻyiladi.
3 Enli tomon chap tomonga tortiladi va yana bir marta boʻyin ilmogʻidan oʻtkaziladi.
4 Boʻyinbogʻ uchi oʻng tomonga yoʻnaltirilgach, boʻyin ilmogʻidan uchinchi bor oʻtkaziladi va pastga tortiladi.
5 Boʻyinbogʻ tuguni ehtiyotkorlik bilan yuqoriga koʻtariladi.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



