Qiziqarli

Brilliantlar oʻrniga hayriya: pulni sovurmaydigan yulduzlar

Brilliantlar oʻrniga hayriya: pulni sovurmaydigan yulduzlar

Baʼzi mashxur odamlar juda kamtarona va tejamkor yashaydilar, oʻzlaeining misli koʻrilmagan miqdordagi gonorarlarini esa, hayriya yoki qiziq loyihalarga sarflaydilar. Biz, ularni goʻzal hayot oʻziga rom etmaydigan, 15 ta mashxur odamlarni esga oldik.

Brilliantlar oʻrniga hayriya: pulni sovurmaydigan yulduzlar

Djennifer Lourens

Brilliantlar oʻrniga hayriya: pulni sovurmaydigan yulduzlar

"Och qolgan oʻyinlar" yulduzi, mashxur gollivud aktrisasi pullarni oqilona sarflaydi. U kamtarona Volkswagen Eos markali mashinada yuradi, kiyimlarni "rasprodajalar" da sotib oladi va chegirmalarni yaxshi koʻradi. Intervyusida Djennifer oddiy koʻngilhushliklarni yaxshi koʻrishi toʻgʻrisida gapirgan: mazali ovqat sotib olish va televizor koʻrish. Yulduz kasalligi - bu aniq u haqida emas. Oskar olgan aktrisa oʻz gonorarlarini hayriyaga sarf qiladi. Shunday qilib, yulduzning ona shahrida, u 2 million dollar hayriya qilgan, shifoxonaning kardiologiya boʻlimi bor.

Kianu Rivz

Brilliantlar oʻrniga hayriya: pulni sovurmaydigan yulduzlar

Akterga xashamatli saroylar va shaxsiy samolyotlar unchalik yoqmaydi. Hattoki, u mashxur boʻlib ketganida ham, u shaxsiy uy-joy sotib olmagan, balki, ijarada yashashda qoldi. Uning narsalari kam boʻlib, qoʻriqchilari yoʻq, mashina oʻrnida esa Kianu jamoat transportida yuradi. "Matrisa" filmidan gonorarini 90 foizini (bu 80 million dollar) akter grimyorlarga, maxsus effektlar ustalariga va boshqa, akterlardan koʻra oylik maoshi ancha kam boʻlgan, hamkasblariga berib yuborgan. Bundan tashqari, yana u 12 ta motosikllarni kaskaderlarga sovgʻa qilgan.

Kianu Rivz saraton kasalliklariga qarshi kurash fondining asoschisi. Bunga akterni shaxsiy fojeasi undagan - uning singlisi leykemiya bilan hastalangan. Shuhratparastlik Kianuga yot  - u tashkilotni oʻzining nomi bilan atashdan bosh tortadi. Bundan tashqari, u turli xil ekologik unisiativalarni qoʻllab quvvatlaydi va jonivorlar huquqlari uchun kurashadi. 

Sara Djessika Parker

Brilliantlar oʻrniga hayriya: pulni sovurmaydigan yulduzlar

Aktrisa Nyu-Yorkdagi kamtar kvartirada yashaydi va pullarga tejamkorona munosabatda. U oʻzining farzandlarini ham tejamkorlikkar oʻrgatadi. Sara bolalari uchun kiyimlarni oʻzi tikadi, second-hand larni yaxshi koʻradi, doʻkonlarda esa faqat yaxshi oyoq kiyim sotib oladi. Aktrisa auksionda Kerri Bredshouning (uning eng mashxur roli) tuflilarini sotib yubordi. Bu auksiondan tushgan hamma pullarni esa, musiqa va sanʼat oʻrta maktabiga hayriya qildi. Parker YUNISEFning ezgu niyat elchisidir, hamda, Gollivudning ayollar siyosiy komitetining aʼzosi.

Keyt Middlton

Brilliantlar oʻrniga hayriya: pulni sovurmaydigan yulduzlar

Gersoginya byudjetbop brendlarni yaxshi koʻradi va qirollik mablagʻlrini kutyurlardan kiyimlarga sarflamaydi. Kundalik hayotda u mass-marketni afzal koʻradi: Zara, Hobbs, H&M. Oʻzining mablagʻlarini Keyt hayriyaga sarf qiladi. Uning soʻnggi hayriya dasturi yoshlarni psixologik sogʻligining muammolari, veteranlar, boshpanasizlar va havfli zonaga kiruvchi boshqa guruh odamlarga bagishlangan edi. Keyt turli xil hayriya inisiativalarda turmush oʻrtogʻi bilan birga aktiv ishtirok etadi: boshpanasizlar bilan yugurishlar, volonterlik kechalari, pressada chiqishlar. Gersoginyani oʻrnak olish uchun namuna deb atash mumkin!

Kristian Beyl

Brilliantlar oʻrniga hayriya: pulni sovurmaydigan yulduzlar

"Betmen" dagi roli bilan mashxur boʻlib ketgan akter hashamatni yaxshi koʻrmaydi. Hattoki unga mashxurlik kelganidan keyin ham, u hashamatli saroylar sotib olishga shoshilmadi. Beyl uzoq vaqt oʻz oilasi bilan bir xonalik kvartirada yashagan va mobil telefondan foydalanmagan, hamda tansoqchisini yollamagan. 

"Boylik men uchun xech nimani anglatmaydi. Agarda oʻgʻri mening uyimga bostirib kirganida, u yigʻlab yuborgan boʻlardi" deb akter oʻzining intervyusida aytgandi. Oʻz gonorarlarini u aktiv ravishda hayriya maqsadlarida sarf qiladi. Shunday qilib, "Vaʼda" filmining prokatining hamma foydasini u zamonaviy dunyoda genosid muammolari bilan ishlovchi turli volonterlik tashkilotlariga berib yubordi. 

Beyl nafaqat ekranda qahramon. Yaqinda u toʻrt yoshlik leykemiya bilan hastalangan bolakayning orzusini roʻyobga chiqardi. Betmen kostyumida bolani shoxonada koʻrib keldi. 

Leonardo Di Kaprio

Brilliantlar oʻrniga hayriya: pulni sovurmaydigan yulduzlar

Bir vaqtlar, mashxur boʻlib boʻlgan akter, Leo oddiy klass moshinasi Toyota Prius da yurga va tijorat parvozlarini shaxsiy samolyotlardan koʻra afzal koʻrgan. Di Kaprio juda vohli yigʻilgan boylik  insanni baxtli qila olmasligini tushinib yetgan. 1998 yilning oʻzidayoq u Leonardo DiKaprio Foundation hayriya fondini tashkil etgan va 30 dan ortiq turli hayriya tashkilotlari hisob raqamlariga 15 million dollar oʻtkazib bergan.

Xozirda akter aktiv ekolog - yaqinda u BMT ning elchisi etib tayinlangan edi va hattoki, oʻzining iqlim oʻzgarishlari haqida dokumental filmini surʼatga oldi. Di Kaprio, siyosaychilarni ekologiyaga munosabatni qayta koʻrib chiqishga ishontira olishi kerak boʻlgan, taassurotli tekshirish oʻtkazdi. "Bizning sayyoramizning vayron boʻlishi davom etmoqda, va biz oʻzimizga befarq boʻlib turishga yoʻl qoʻyib bera olmaymiz. Biz bizning kelajak va sayyoramizning hayoti uchun masʼuldirmiz. Men bu muammolar ustida ish olib borayotgan tashkilotlarni qoʻllab quvvatlay olishimdan gʻururlanaman" deb taʼkidlagan akter.

Kira Naytli

Brilliantlar oʻrniga hayriya: pulni sovurmaydigan yulduzlar

Aktrisa pulni sovuradi deb atab boʻlmaydi. Kira oylik limitni oʻrnatgan: agarda, belgilangan meʼyordan ortiqcha biror nima sotib olmoqchi boʻlsa, u bu narsa haqiqatda qanchalar unga kerakligi haqida oʻylanib qoladi. Naytlining taʼkidlashicha, lyuks stilida hayot tarzini olib borish unga yoqmas ekan. "Siz boshqacha tarzda yashaydigan, oddiy odamlar bilan roztakamiga muloqot qila olmaysiz". Aynan shu sababli, aktrisa gonorarlarini koʻzkoʻz qilmaydi, u hayriya bilan shugʻullanishni afzal koʻradi. Masalan, u turli tadbirlarda ishtirok etganda kiygan koʻylaklarini auksionlarda sotadi va pullarni hayriyaga oʻtkazadi.

Kventin Tarantino

Brilliantlar oʻrniga hayriya: pulni sovurmaydigan yulduzlar

Tarantino qimmatbaho mashinalar va brilliantlarni yaxshi koʻrmaydi. Mojaroviy rejisserning yagona ishtiyoqi bor - u kino rekvizitlarini kolleksiya qiladi. Shunday qilib, qizil Chevrolet Malibu (" Kriminal asar" filmida Travolta haydab yurgan) unga tegishli edi, lekin u Kventinni qiziqtirmagan, hamda akter undan qutulmoqchi boʻlgan. U: "Ha yoʻq albatta, u menga aslo kerak emas. Menga koʻproq Geo Metro yoqadi" der edi. Tarantino doimiy ravishda turli xil tabiy ofatlarda jabr koʻrganlarga yordam beradi. 

Djesika Alba

Brilliantlar oʻrniga hayriya: pulni sovurmaydigan yulduzlar

"Gunohlar shahri" yulduzi - tejamkor ona, ekologik tagliklar kompaniyasining asoschisi. U uning bolalari endilikda kiymaydigan narsalarni tashlab yubormaydi. Katta qizi kiyimlardan oʻsib katta boʻlib qolsa, ularni kichkina qiziga beradi. Aktrisa mass-market kiyimlarni kiyishdan va jamoat transportidan foydalanishdan uyalmaydi. Aytganday, Djessika Forbes fikrga koʻra, AQSH ning eng boy ayollar roʻyxatiga kiradi. Oʻzining pullarni aktrisa mustaqil ravishda ishlab topgan. Alba keng hayriya faoliyatini olib boradi - aktrisaning hisobida Afrika bolalariga yordam tashkilotida, SPID bilan kurashish, yoʻqolgan bolalarni qidirishlarda ishtirok etganlaridir.

Riz Uizerspun

Brilliantlar oʻrniga hayriya: pulni sovurmaydigan yulduzlar

Riz pullarni ehtiyotkorlik bilan sarf qiladi va zahiraga pul yigʻishga odatlangan. Aktrisa hashamatga qilingan xarajatlar oʻzini oqlamasligiga ishonadi. U oʻz farzandlarini erkalamaydi, uning oʻrniga ularni moliyaviy savodga oʻrgatadi. Qimmatbaho oʻyinchoqlar oʻrniga, aktrisa faqat eng kerak narsalarni olib beradi. Uizerspun AQSH va Kanadadagi nochor bolalar uchun narsalar yigʻish kompaniyasida aktiv ishtirok qiladi. Mettyu Makkonaxi bilan birga ular "Zveropoy" multfilmini namoishini taqdim etdilar, unda hayriya fondlari uchun 100 ming dollar yigʻishdi. Riz Uizerspun - Avon hayriya fondining faxriy raisi va koʻpdan beri kompaniyaning barcha inisiativalarini qoʻllaydi. U aktiv ravishda koʻkrak saratonini profilaktikasi uchun chiqadi. 

Rassel Krou

Brilliantlar oʻrniga hayriya: pulni sovurmaydigan yulduzlar

Nima desangiz ham, Rassel Krou, aniq oʻzi uchun shoxona hayotni taʼminlab berishi mumkin edi. Buning oʻrniga u tabiatga yaqinroq boʻlishga qaror qildi: oskarga ega akter Avstraliyaga koʻchib oʻtdi. U yerda oʻziga kichkina rancho va djip sotib oldi. Krouning taʼkidlashicha: u uzoq vaqt qidirgan - tinchlik va tabiatni - topgan. U doimiy ravishda katta summalarni turli fondlarga oʻtkazadi. Masalan, Monrealdagi, 2004 yildagi teraktdan talofot koʻrgan, yahudiy maktabni taʼmirlash uchun pullarni hayriya qilgan. U doimiy ravishda oʻzining muxlislariga yordam beradi: nochorlarga pullar va texnika sovgʻa qiladi.

Xeyden Kristensen

Brilliantlar oʻrniga hayriya: pulni sovurmaydigan yulduzlar

 "Yulduzlar jangi" dagi Enakin rolini ijro etgan yoqimli yigit gollivud shuhratparastlik yarmarkasidan charchadi. Akter fermaga koʻchib oʻtirishga qaror qildi. U yerda u yerga oʻzi ishlov beradi va shaxsiy traktorida yuradi. Ferma oddiy emas, balki ekologik. Quyosh energiyasida ishlaydi. Xozir ferma organik meva va sabzavotlar oʻstiradi va yaxshi daromad keltiradi. 

Sandra Ballok

Brilliantlar oʻrniga hayriya: pulni sovurmaydigan yulduzlar

Yulduzli aktrisa Gollivudni unchalik yoqtirmaydi. U Los-andjeles chegaralaridan tashqarida, Yangi Orleanda yashaydi. U aktiv ravishda hayriya bilan shugʻullanadi: Qizil Hochga toʻrt marotaba 1 million dollar hayriya qilgan. Yana Ballok ikki nafar asrab olingan bolalarni tarbiyalamoqda. 

Djennifer Garner

Brilliantlar oʻrniga hayriya: pulni sovurmaydigan yulduzlar

Garner gollivud yulduzi va oddiy uy bekasi statuslarini bir biri bilan moslashtiradi. Aktrisa lyuks supermarketlardan ovqatlar sotib olmay, tez tez oddiy bozorga oziq ovqat olishga boradi. Kiyimlar bilan ham shunday. Djennifer Save tha Children fondi bilan hamkorlik qiladi. U fond bolalar huquqlari va bolalar taʼlimi bilan shugʻullanadi. Tashkilot 10 yildan beri rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarga yordam berishda ixtisoslashadi. 

Andjelina Djoli 

Brilliantlar oʻrniga hayriya: pulni sovurmaydigan yulduzlar

Aktrisaning hayriyaga qiziqishi 2001 yili, "Lara Kroft - qabrlar oʻgʻrisi" filmining Kambodjida boʻlgan surʼatga olish jarayonida, uygʻongi.  U yerda Endji oʻz koʻzlari bilan mamlakat aholisi nochor ahvoldaligini koʻrib, amin boʻldi. U uchinchi olam mamlakatlari boʻylab gumanitar safarga chiqdi. Djolining faoliyati unga 2001 yili BMTning ezgu niyat elchisi boʻlish imkonini berdi. Aktrisa bir necha hayriya fondlari tashkil qildi, ular Kambodjadagi bolalarga yordam va texnik falokatlardan jabrlanganlarga yordam berish bilan shugʻullanadi. 2013 yili oʻzining yutuqlari uchun aktrisa gumanitar "Oskar" oldi. 

Konstantin Xabenskiy 

Brilliantlar oʻrniga hayriya: pulni sovurmaydigan yulduzlar

2008 yili 1 dekabrda akter Konstantin Xabenskiy rafiqasini yoʻqotdi, u saraton kasali qurboni boʻldi: Anastasiya bosh miya saratonidan vafot etdi. Bu voqea Konstantin Xabenskiy hayriya fondining joʻnash nuqtasi boʻldi. U bosh miyasi onkologik kasalliklari bor bolalarga yordam berish bilan shugʻullanadi. 2013 yili fond 130 nafar bolalar hayotini saqlab qolishga yordam berdi. Oʻshanda akter fondining tashkil qilinishini sharxlab oʻtdi:

- Men oʻsha koʻzlarni eslayman. Halihayotni koʻrmagani uchun oʻlimdan qoʻrqmayotgan bolaning koʻzlari emas. Onalarning koʻzlari esimda. Ayniqsa salbiylikdan toʻliq ijobiylikka oʻtish yuz bergandagi vaqtda. Bunday onlarda sen va sening hamkasblaringda bir narsa oʻtirib qoladi. Shunchalar muhin bir narsa paydo boʻladi va u sen bilan abadiy qoladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar