Bu sirlarni hech qachon hech kimga aytmang!

1. Kelajak uchun rejalashtirgan ishlaringiz haqida hech kimga aytmang. Ushbu rejalarni amalga oshirmaguningizga qadar ular haqida birov bilmagani maʼqul. Sababi har qanday gʻoyaning kamchiliklari ham boʻladi, bordi-yu amalga oshira olmasangiz boshqalarning koʻziga omadsiz insondek koʻrinib qolasiz.

2. Hayriya ishlaringiz haqida ham boshqalarga doston qilib yurishingiz shart emas. Ezgu ishlarni amalga oshirganingiz, kimgadir yordam qoʻlini choʻzganingiz haqida odamlar eshitmasin.“Yaxshilik qil - daryoga ot” degan ibora hamisha yodingizda boʻlsin.

3. Shaxsiy hayotingiz, taomlanishdagi chegaralar, parhezlaringiz, turmush oʻrtogʻingiz bilan oʻrtangizdagi munosabatlarni boshqalarga oshkor qilmang.

4. Qanchalar jasur ekanligingiz va qahramonliklaringiz haqida ham sukut saqlash tavsiya qilinadi. Hayotda ayrim insonlar tashqi, ayrim insonlar esa ichki sinovlar bilan toʻqnash keladilar. Hayotingizdagi sinovlar, ichki azoblaringiz atrofdagilarga oshkor boʻlgani holda dushmanlaringizning quvonchiga sabab boʻlmasin.

7. Uyingizga kirib kelgan payt koʻchada, ishda yoki doʻstlar orasida eshitgan yomon gaplaringiz haqida oila aʼzolaringizga soʻzlamang. Koʻcha va uy muammolari bir-biriga qorishib ketmasligi lozim.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



