Budilniklar boʻlmagan paytlarda odamlarga uygʻonish uchun yordam bergan 7 usul

Uygʻotuvchi soatning ovozini xush koʻruvchi insonning topilishi qiyinligiga qaramay, hamma uni doimiy ravishda maʼlum vaqtda jiringlashi uchun oʻrnatib qoʻyadi. Uygʻotuvchi soatlar boʻlmagan paytda esa, uning oʻrnini cherkov bongidan tortib zavodning sirenasiga qadar turli narsalar toʻldirib bergan bergan. Xullas, hammasi toʻgʻrisida bir boshdan gapiramiz.


Avvallari agar tong otishdan oldin turish kerak boʻlsa odamlar uyquga ketishdan oldin bir litr suv ichganlar. Saharga yaqin toʻlib ketgan qovuq uyqudan barvaqt turishni kafolatlagan. Uyqudan oldin koʻp suyuqlik ichish uslubi hatto XX asrda ham asl amerikaliklar tomonidan qoʻllanilgan.

Suv mavzusini davom ettirsak, klepsidra yoki suv soatlari eng qadimiy si-vilizatsiyalar tomonidan ming yillar davomida ishlatib kelingan.
Ularning ishlash tartibi xuddi qum soatlariga oʻxshab ketgan. Faqatgina eramizdan avval 245-yilda Aleksandriyalik Ktesibiy dunyodagi ilk mexanik soatni yaratib Klepsidrani muvofiqlashtira oldi.
Suv yuzasida suzib yurgan dukkaklilar suv kamayganidan keyin maʼlum sathga yetib borganida jar solish signali ishga tushgan. Uning keyinroq chiqqan nusxalarida esa shesteryonkalar paydo boʻlgan.

Dastlabki xristianlik jamoalarining aksariyat qismida cherkovning jom qoʻngʻiroqlari saharda qavmlarni ibodatga uygʻotgan. Shuningdek, cherkovlarda bong urilgan jom qoʻngʻiroqlar kun davomida vaqtni aniqlash uchun ham xizmat qilgan. Islom dinida buning uchun soʻfilarning minoralardan turib azon chaqirishlaridan foydalanilgan.
Bomdod ("tong") kundalik ibodatlarning beshtasidan birinchisidir. Undan keyin yana toʻrtta ibodat joiz boʻlgan va shu ibodatlarga qarab odamlar kun davomidagi vaqtni aniqlay olganlar.

Tahminan 1555 yilga yaqin Taqayuddin Muxammad ibn Maruf ash-Shomiy al-Asadiy bir nechta mexanik turdagi uygʻotuvchi soatlarni, shu jumladan, istalgan paytda jiringlashga moslashtirilgan qurilmasni ham ixtiro qilgan. Bunga soatning yuza tomonidagi teshikchaga shtift oʻrnatish yoʻli orqali erishilgan. Taqayuddin Suriyada tugʻilgan va Qohirada taʼlim olgan. Xuddi shu kabi soatlar oʻsha paytning oʻzida Gʻarbiy Yevropada ham ishlab chiqilgan edi.

Knocker-Up (shuningdek "knocker-upper" ham deyiladi) yaʼni, taqillatuvchi — sanoat inqilobi davrida maʼlum boʻlgan hunar turlaridan biri. Bu hunar egasi uzun tayoq yoki hassasi bilan kerakli paytda uygʻotib qoʻyish zarur boʻlgan mijozlarin-ing eshiklari yoki oynalarini taqillatgan.
Haftasiga bir necha pens toʻlab qoʻyib, biror kishi oʻz Knocker-Upi mijozini tamoman uygʻotib qoʻymaguncha ketib qolmasligiga amin boʻlgan. Kattaroq zavod va fabrikalar ishchilarni ertalab uygʻotib qoʻyadigan shaxsiy Knocker-Uplaridan foydalanishgan.

Sanoat asrining boshlanishida ishchilar oʻzi ishlagan fabrikalarning yonida yashaganlar va zavod gudogining ovoziga uygʻonganlar. Poʻlat quyish zavodlari va toʻqimachilik fabrikalariga koʻp hollarda qishloq joylardan dehqonlar kelib, tongdagi quyosh nurlari yoki qushlarning chaq-chaqlashi oʻrniga baland tovushli chinqiroq gudok bilan uygʻonishga majbur boʻlishgan.

1787 yilda Amerikaning Konkord shahridan boʻlgan Levi Xatchens uygʻotuvchi soatning yana bir timsolini ixtiro qilgan. Oddiy qaragʻaydan tayyorlangan qutidagi qoʻngʻiroqcha jiringlab oʻz sohibini uygʻotgan. Shunga qaramay, uning uygʻotuvchi soatidagi qoʻngʻiroqcha faqatgina soat 4 da jiringlay olgan. Bu soat Levi Xatchens ishga borish uchun oʻrnidan turishi kerak boʻlgan paytga sozlangan edi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



