Burger: dunyoni zabt etgan taom tarixi

27 iyul gamburgerning tugʻilgan kuni hisoblanadi. Oʻzining nomini bu taom Gamburgliklar tomonidan olgan. Amerikaning va dunyoning fast foodlar qiroliga aylanish uchun nemis bifshteksi yoʻlda yeyishga qulay boʻlishi kerak edi.

Hozir ishonish qiyindir, biroq yuz yilcha oldin hech kim ikkita non oʻrtasiga qoʻyilgan qovurilgan kotlet mazali boʻlishi haqida oʻylab ham koʻrmagan. Oʻzining oddiyligi va taʼmi bilan ushbu taom bir zumda butun dunyo aholisining istalgan qatlamida mashxurlik orttirdi. Taomning har kuni ortib borayotgan mashxurligi, uning yaratilishiga hamma qatnashishni istab qolishiga sababchi boʻldi. Taomning avtorligi uchun kurashda koʻplab amerikaliklar ushbu taom yaratilishiga va dunyoga tarqalishiga sababchi boʻlganligini taʼkidladi. Ammo bunday tortishuvlar oxiri qiyin bir tarixli jumboq bilan yakun topdi. Biz tarixiy arxivlarni koʻrib chiqdik va gamburger “otasi” kim ekanligini aniqlashga harakat qildk.

1. Gamburger soʻzining oʻzi Germaniyadagi ikkinchi katta shahar Gamburg nomidan kelib chiqqan. Taxminlarga koʻra nemis immigrantlari orqali retsept Amerikaga kelib qolgan. U paytda non ustiga qoʻyilgan qovurilgan choʻchqa goʻshti gamburger deyilardi.

2. Boshqa versiyaga koʻra gamburger Nyu-York shtatidagi Gamburg shahri nomiga qoʻyilgan. 1885 yilda aka-uka Charlz va Frenk Menchislar Gamburgda oʻtkazilgan yarmarkada odamlarga qovurilgan mol goʻshtili kotletni ikkita bulochka orasiga qoʻyib, tanovvul qilishga taklif etgan. Aytishlaricha ularda choʻchqa goʻshti tugab qolgan va ular bor narsaga almashtirishgan.

3. 1885 yilning oʻzida Seymurdagi yarmarkada Charli Nargin ikki boʻlak non oʻrtasiga qoʻyilgan frikadelkalarni sotgan. Uning fikricha bunday taom ushbu bazmga aynan mos boʻlgan, chunki uni yurib yesa boʻlardi. Oʻzining ijod maxsulini u “Charli Gamburgeri” deb atagan.

4. Nyu_York restoranlarida gamburger termini 1834 yilda paydo boʻlgan. Vatani Germaniya boʻlgan Gamburg steyki haqidagi birichi yozuv 1884 yil “Kechki Boston” jurnalida ishlatilgan.

5. Talsalik Oskar Veber Bilbi oilasi taʼkidlashicha, birinchi gamburgerni ularning ajdodi tayyorlagan. Bu 1891 yilda sodir boʻldi. Oskarning bobosi kotlet tayyorlab ularni bulochkaga slogan. 1995 yili gubernator Frank Kiting Talsa shahrini “gamburgerning haqiqiy vatani” deb nomlagan.

6. Gamburgerning tugʻilishiga sababchi deb yana bir oshpaz, Otto Kuasava hisoblanadi. 1891 yilda u kotlet tayyorlagan va ustiga qovurilgan tuxum qoʻygan. Uning kafesiga tashrif buyurgan dengizchilar oxir oqibat tuxumni olib tashlab, kotletni oʻzini qoldirishgan.

7. Gamburgerning ixtirochisiman deb Texas shtatidagi Afina shahridan Fletcher Devis hisoblagan, 1880 yilda u qovurilgan kotletni piyoz va gorchitsa bilan ikkita non boʻlagi oʻrtasiga qoʻygan. 1904 yilda Sent Luisdagi yarmarkada Fletcher va uning ayoli oʻzlarining burgerlarini sotishgan.

8. 1900 yili oʻzining ona shahri Nyu-Heyvenda Lyu Lessing oʻzining birinchi gamburgerini tayoorladi. Mijoz tez va issiq nimadir tayyorlab berishini iltimos qilgan. Qiyma tayyorlayotgan Lui kotleta yasab uni grillda qovurdi. Goʻshtni u ikkita tost oʻrtasida berdi. 2000 yilda AQSh kongressi kutubxonasi Lessingni birinchi amerikancha gamburger ixtirochisi deb nomladi.

9. 1904 yilda gamburgerlar Sent Luisdagi yarmarkada mashxur boʻldi, biroq gastronomic belgiga burger 30 yildan soʻng, Kanzas shtati, Uitchit shahrilik Uolter Anderson White Castle Hamburger taomxonasini ochganda ega boʻldi. Asosiy taom gamburger edi.
10. Burgerning zamonaviy shaklida turli xillari bor. Burgerning turlarini xatto mishlen restoranlari ham taklif qiladi. Oddiy taomgoxlar va restorandagi burgerlarning oʻxshash tomoni faqat nomida.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



