Qiziqarli

Nima uchun qirolicha Yelizaveta uyida ham sumkacha tutib yuradi?

Nima uchun qirolicha Yelizaveta uyida ham sumkacha tutib yuradi?

Shu kunga qadar taniqli suratkashlar tomonidan olingan qirolichaning har bir suratida uning qoʻllarida sumka borligini koʻrish mumkin. Albatta, ularning rangi, shakli vaqti-vaqti bilan oʻzgarib ham turadi. Lekin, Buyuk Britaniya qirolichasi oʻz sumkasini hech qachon biror yerda unutib qoldirmaydi.

Qirollik oilasining yoshi ulugʻ vakilasi klassik uslubda ishlangan sumkalarni juda yaxshi koʻradi. Sevimli rangli esa qora hisoblanadi. Qirolichaning aksariyat sumkalari " Launer" brendi tomonidan ishlangan. Ushbu kompaniya odatda kichik oʻlchamli hamda oʻta ogʻir boʻlmagan sumkachalar chiqarish bilan shugʻullanadi.

Nima uchun qirolicha Yelizaveta uyida ham sumkacha tutib yuradi?

Qirolicha ham barcha ayollar kabi lab boʻyogʻining hamisha yonida tayyor boʻlib turishi uchun sumkasidan aslo voz kechmaydi. Yelizaveta II ning sevimli lab boʻyoq turi - "Elizabeth Arden" hisoblanadi.

Qirolicha koʻp sonli insonlar bilan muloqot qilishini hisobga olsak, hamisha musaffo nafasga ega boʻlishi kerakligini muhim deb biladi. Shu sababli ham suhbatlar avvalida sumkasidan kichik konfet oladi-da uni isteʼmol qiladi.

Sumkaning ichidagi yana bir doimiy buyum - durbin hisoblanadi. Qirolicha aksariyat holatlarda atrofni ushbu buyum yordamida tomosha qiladi. 

Nima uchun qirolicha Yelizaveta uyida ham sumkacha tutib yuradi?

Qirolichaning oʻz sumkasidan hech qachon ayrilmasligi borasida yana bir qiziqarli tahmin ham mavjud. Oliynasab ayol uchun mazkur aksessuar oʻz xodimlariga signal berish vositasi sanaladi.

Misol uchun qirolicha biror inson bilan suhbatlashib turganda charchab qolishi mumkin, ana shu vaqtda u oʻz sumkachasini bir qoʻlidan ikkinchi qoʻliga oladi. Buni sergaklik bilan kuzatib turgan yordamchi esa suhbatdan zerikkan qirolichani tezkor bahona bilan suhbat majburiyatidan halos qiladi.

Agar qirolicha sumkasini polga qoʻyadigan boʻlsa, demak bu yerdagi suhbat mavzusi unga maʼqul kelmayapti. Qirolichalarga xos tarbiya suhbatni duch kelgan joydan boʻlish uchun imkon bermaydi, shu tariqa Yelizaveta II oʻz xodimlariga uni chalgʻitishlari kerakligi haqida signal beradi. 

Nima uchun qirolicha Yelizaveta uyida ham sumkacha tutib yuradi?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar