Butun dunyodagi koʻngilochar tematik parklar


Bugungi kunda Garri Potterning ikkita parki mavjud, va ularning ikkalasi ham Amerikaning Orlando (Florida) shahrida joylashgan.
Birinchi parkda Xogsmid qishlogʻi tasvirlangan.




Ikkinchi parkda qiyshiq torkoʻcha binolari va doʻkonlari hamda “Gringotts” banki joylashgan.




2014 yilning yozi mobaynida Universal Orlando Resort uchinchi parkning eshiklarini ochishga soʻz berdi, va u Kings-Kross vokzalining fentezi versiyasini va oʻsha 9 ¾ platformani koʻrsatadi.

Parkning qurilishida Djoan Roulingni oʻzi qatnashgan, shu uchun haqiqiy ertakka shoʻngʻib ketishingizga shubhalanmasangiz ham boʻladi.

Tolkin asarlarini sevadiganlarning har biri ushbu parkga kelib ketishni orzu qilsa kerak. Xobbitlarning sehrli olami “Uzuklar hukumdori” nomli filmni suratga olish uchun yaratilgan va u Yangi Zelandiyada joylashgan.


Shaharcha 1999 yilda qurilgan, oʻsha vaqtda Yangi Zelandiyadan samolyotda uchayotib, “Uzuklar Hukumdori” rejissyori bu joy ertakli qishloqcha uchun ideal darajada toʻgʻri kelishini aytdi.


Suratga olishlaridan soʻng, xobbit uychalarining uchdan bir qismi buzib tashlandi. Ammo 2011 yilda “Xobbit” filmini suratga olish uchun uychalarni qayta tiklashdi vaularning sonini bir necha marotaba koʻpaytirishdi. Bu filmni suratga olib boʻlganlaridan soʻng, Xobbitonni turistlar koʻngilochishlari uchun qoldirildi.

Shu vaqtning oʻzida, fransuzlar Sent-Ekzyuperi kitobidagi kichik personajga bagʻishlab butun bir park ochishdi.
Yerdan 150 metr balandlikda ikkita havo shar-aerostati biriktirilgan,va ular kitob syujetiga binoan Kichik shaxzoda borib kelgan sayyoralarni tasvirlab beradi. Sharlar ichidan tasrif buyuruvchilar park atrofini koʻzdan kechirishlari mumkin.



Parkning muhim jihatlaridan biri tirik tulkilar borligidir. Ular bilan oʻynash va ularni yedirish mumkin. Koʻngilocharliklar ichida shuningdek, - kompyuterda yaratilgan Sent-Eksyuperi personajlari bilan interaktiv suhbatlar va aviatsion mavzusidagi attraksionlar. Masalan, har bir mehmon biplanda uchib koʻrishi mumkin.

Legolend– bu butunlay lego toʻrtburchaklaridan qurilgan, dunyoning har bir burchakida mavjud bir qator parklar majmuidir. Eng birinchi va katta Legolend 1968 yilda Daniyada qurilgan.
Bugun dunyo boʻyicha oltita Legolend bor: Daniyada, Germaniyada, Angliyada, Malayziyada va AQSHda ikkita park.

Legolendda oddiy toʻrtburchaklardan gʻaroyib binolar qurishadi: akvapark yoki dinozavrlar oroli. Hatto 24 million toʻrtburchakdan yasalgan Las-Vegasning nusxasi ham bor.

Legolendning park maydoni tematik bloklarga ajratilgan, va ularning har biri belgilangan yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan.
Kattalarni ham qiziqtiradigan joylar shubhasiz topiladi.

“Tarixdan oldingi vodiy” parki Kubaning janubi-sharqida joylashgan. Uning maydonida haqiqiy kattaligi boʻyicha 200 danortiq dinozavr va boshqa qadimiy hayvonlarning figuralarini oʻrnatishgan.



Dinozarlar figuralari bor qiziqarli bu joy Myunxexagen, Germaniyada joylashgan.Bu tematik park Yevropadagi eng katta park hisoblanadi.

Haqiqiy kattalikdagi 220 dan ortiq dinozavrlar – taʼsirchan va nafaqat bolalarning, balki kattalarning ham tasavvur doirasini hayratda qoldiradigan manzara.


Efteling – bu haqiqiy sehrlar parki, va balkim, ushbu qatordagi barcha joylardan eng ajoyibi.

Efteling Feldxauzen (Gollandiya) shahri oldida joylashgan kinoparkdir. Bu joyda Warner Brothersdagi haqiqiy kinostudiyalar bor.




Boshida Efteling qadimiy evropa ertaklari va ularning personajlari mavzulariga bagʻishlangan edi. Lekin vaqt oʻtishi bilan u amerika tepaliklari singari haqiqiy attraksionli koʻngilochar parkga aylanib qoldi. Bunda parkning ertaklarga bagʻishlanganligi asos boʻlib qolgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



